85
Mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish tizimi
(Customer
Relationship management, CRM)
– korxonaning mijozlarga xizmat ko‘rsatish
jarayonini avtomatlashtirish tizimi. Ushbu tizim mijozlar bilan o‘zaro
munosabatlarni boshqaradi. Korxona miqyosidagi axborot tizimlari sinfini
shakllantiradi va ularning asosiy vazifasi: mijozlar bilan o‘zaro aloqada ishlashni
rejalashtirish va
nazorat qilish, shu jumladan Internet orqali.
Turistik biznes sohasida CRM-tizimlarda bevosita turistik firmaning o‘z
mijozlari, hamkorlari bilan bo‘lgan barcha biznes munosabatlari tarixi saqlanib
qoldi. Bu esa hamkorlar bilan ishlash jarayonini boshqarish samaradorligini
oshiradi, menejerlarni ish faoliyatining sifati oshadi. Bu sohada yaratilgan quyidagi
ilovalar mavjud: amoCRM, ASoft CRM, Marketing Analytic, Data Analyzer,
EasyABC Plus, OROS Enterprise va boshqalar.
Elektron hujjat aylanmasi tizimi
– elektron hujjat aylanishi elektron
hujjatlarni axborot tizimi orqali jo‘natish va qabul qilib olish jarayonlari
yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Elektron hujjat aylanishidan bitimlar tuzish (shu
jumladan shartnomalar tuzish), hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni
amalga oshirish hamda boshqa axborotni o‘tkazishda foydalanish mumkin.
Tizim turli kompaniyalarning avtomatlashtirilgan tizimlari orasida standart-
lashtirilgan shakldagi hujjatlari(sotib olishga buyurtma, hisob raqamlari va sh.k.)ni
elektron almashinuvini ta’minlaydi.
Bu sohada yaratilgan quyidagi ilovalar mavjud: E-hujjat, Directum,
DocsVision, GlobusProfessional va boshqalar.
Elektron biznes tizimi
( e-business) – qo‘shimcha qiymatning birlashtirilgan
zanjirini yaratish va hamkorlarning optimal o‘zaro ishlashini ta’minlash uchun
axborot texnologiyalaridan foydadanishga asoslangan Internet – biznes. Bu
elektron savdo tushunchasiga nisbatan kengroq tushuncha hisoblanadi. Elektron
biznes quyidagilarni o‘z ichiga oladi: sotuvlar, marketing, moliyaviy tahlil,
to‘lovlar, xodimlarni izlash, foydalanuvchilarni qo‘llash va hamkorlik
munosabatlarini qo‘llash.
87
1-rasm. Ofisni avtomatlashtirishning asosiy tashkil etuvchilari.
Ayni paytda ofisni avtomatlashtiruvchi texnologiyani ta’minlovchi ko‘p
dasturiy mahsulotlar mavjud: matn protsessori, jadval protsessori, elektron pochta,
elektron kalendar, audiopochta, kompyuterli telekonferensiya, videomatn,
tasvirlarni saqlash va h.k. Bundan tashqari, hujjatlarning boshqaruv faoliyati uchun
maxsus dasturlar ham mavjud.
Axborot-qidiruv tizimlari
(ingl.: information retrieval system) – ma’lumotlar
bazasi va jami axborot resurslarida axborot izlash uchun mo‘ljallangan tizim.
Multimediali tizimlari
– ( multimedia inglizchadan olingan: multi – ko‘p va
media – tashuvchi, muhit ma’nosini anglatadi) - axborotni turli shakldagi
tashuvchilari bo‘lmish tovush, tasvir va matnlar birikmasi.
Multimediada vizual va audio effektlar o‘zaro muloqotli dasturiy ta’minot
boshqaruvida birgalikda namoyon bo‘ladi. Odatda, bu matn, tovush va
grafikaning, so‘nggi vaqtlarda esa – animatsiya va videoning ham birlashishini
bildiradi.
Videotasvir va tovush bilan ishlash uchun apparatli va dasturiy vositalar
majmui ham multimedia sohasiga taaluqli. Multimediaga ega kompyuterlar odatda
Kompyuteriy
ofis
texnologiyalari
Matniy protsessor
Elektron
pochta
Audiopochta
Jadval protsessori
Elektron
kalendar
Kompyuteriy
konferensiyalar
Telekonferensiyalar
Tasvirlarni saqlash
Videomatn
Boshqaruv dasturlari
Do'stlaringiz bilan baham: