55
Bunday shart-sharoitlar, shubhasiz, zamonaviy jamiyatda ta’limga ham o’z ta’sirini
o’tkazadi.
Bugungi kunda Internet kengliklari boylab nafaqat kompyuter, balki uyali
telefonlar yordamida ham harakatlanish oddiy holga aylanib bormoqda. Kundan kunga
takomillashtirilgan vosita va kashfiyotlar ham sinovdan o’tkazilmoqda.
Butunjahon
tarmog’i bugungi kungacha ma’lum bo’lgan barcha axborot manbalaridan
(televideniye, radio, matbuot nashrlari) farqli o’laroq, o’z iste’molchilariga har qanday
ma’lumotni istalgan shaklda, foydalanuvchilarning qiziqish va xohishlariga qarab,
individual ravishda uzatish va olish uchun qulay imkoniyat yaratib beradi. Buning
ahamiyatli
tomoni shundaki, innovatsion texnologiyalardan foydalanish Internet
tarmog’ida yuzaga keluvchi muammolarni hal qilish va axborotga nisbatan ortib
borayotgan talabni qondirishga yordam beradi. Shu o’rinda axborotlarning
individuallashtirilishi yuqori pog’onaga ko’tariladi. Bularning barchasi Internet
vazifalarining yanada kengayishiga imkoniyat yaratadi.
Vaholanki, dastlab uning
funksiyasi faqat ma’lumot yuborish va qabul qilish bilan cheklangan
9
.
Internet-resurslar va Internet texnologiyalari zamonaviy jamiyat hayotiga
mustahkam kirib keldi. O’quv maqsadlari uchun ulardan foydalanish borasida ham
tajribalar to’planmoqda.
Zamonaviy sifat jihatdan yangi bosqich nafaqat Internet texnologiyalari
rivojlanishi
bilan tavsiflanadi, balki yangi o’quv maqsadlariga erishish uchun yangi
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining didaktik imkoniyatlari bilan ham
xarakterlidir.
Web 2.0 saytlari turlicha bo’lib, ularda:
▪
birgalikda axborot qidirish imkoniyati mavjud;
▪
birgalikda zakladkalarni, mediafayllarni saqlab qoyishni amalga oshirish
mumkin;
▪
foydalanuvchilar har xil formatdagi
hujjatlarni yaratish, tahrirlashlari
mumkin;
▪
jamoaviy/guruhli loyihalar ustida ishlash mumkin;
▪
bunday saytlar bloglar, viki-viki, podkastlarni o’z ichiga oladi;
▪
bog’lanishlar diagrammalari – mindmaps yaratish imkoniyati mavjud;
Shuningdek, barcha ijtimoiy tarmoqlar Web 2.0ga tegishli; meshap (aralash
xizmatlar) – yangiliklar sindikatsiyasi Web 2.0 saytlariga xos xizmatlardir. Bunday
saytlarda 3D formatda muloqotni amalga oshirish mumkin.
Web 2.0 saytlaridan ta’limda foydalanishning eng muhim xususiyati biri
resurslarni hamkorlikda yaratish va ulardan birgalikda foydalanish hisoblanadi. Bu
9
Н.С. ҚОСИМОВА ИНТЕРНЕТ ЖУРНАЛИСТИКАНИНГ
ТЕХНОЛОГИК АСОСЛАРИ, Олий ўқув
юртларининг журналистика факультетлари ва оммавий ахборот воситалари таҳририятлари ва уларнинг қошида
фаолият юритаётган «Маҳорат мактаблари» учун қўлланма, Тошкент-2012, 6-бет
56
xususiyat Web 2.0 texnologiyalaridan foydalanishning didaktik tamoyillari
o’zgarishiga ko’p jihatdan ta’sir qildi. Internet va Internet texnologiyalari Internetning
ikkinchi avlodi paydo bo’lgunga qadar kommunikatsiyalarning guruhli shakllari
mavjud bo’lishiga qaramay, asosan, individual ishlashga mo’ljallangan edi. Web 2.0
texnologiyalaridan birgalikda yaratib, foydalanish natijasida guruhli ishlash, aniqrog’i,
ijtimoiy birlashmalarda ishlash orqali ijodning yoki faoliyatning jamoaviy shakllari
vujudga keldi.
Web 2.0 xizmatlaridan ba’zilari oliy ta’limda foydalanish uchun istiqbolli
sanaladi.
Bular bloglar, viki-viki texnologiyasi, zakladkalarning ijtimoiy xizmatlari,
polimedia fayllarining (masalan, YouTube ) saqlanishi, idrok xaritalari,
loyihaviy
faoliyat uchun dasturiy ta’minot taklif qiluvchi saytlar, podkastlar va b.
Web-blog ingliz tilida internet-kundalik ma’nosini anglatadi va u blog deb ataladi.
Blog bu Web-sahifa bo’lib, uning mazmuni doimiy ravishdayangilanib, matn, rasm va
videoma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Blog jamoaga mo’ljallangan qisqa yangilik, fikr
va mulohazalardan iborat bo’ladi. Blogda muallif kabi foydalanuvchilar ham o’z fikr
va munosabatlarini yozishi mumkin, ya’ni blog tarmoqda muloqot muhitini yaratadi.
Blog muallifi blogger deb ataladi
10
.
Birinchi blog 1992 yili yangiliklarni yoritish uchun yaratilgan. 1999 yilda esa
bloglar haqidagi sayt
Do'stlaringiz bilan baham: