Foydalanuvchining muloqat vositalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
videomonitor (videoterminal, displey) – ShKga kiritilayotgan va chiqarilayotgan axborotlarni ekranda aks ettiruvchi qurilma;
nutqli kiritish-chiqarish qurilmalari – tez rivojlanib bora yotgan multimedia vositalari.
Kiritish qurilmalariga quyidagilar kiradi:
klaviatura – ShKga sonli, matnli va boshqaruv axborotlarni qo‘lda (tugmalar yordamida) kiritish qurilmasi;
grafik planshetlar (digitayzerlar) – planshet yuzasida maxsus ko‘rsatgichni (qalam) harakatlantirish yo‘li bilan grafik axborotni qo‘lda kiritish qurilmasi;
skanerlar (o‘qish avtomatlari) – qog‘ozli va plonkali tashuvchilardan avtomatik tarzda o‘qish uchun va mashina yozuvidagi matnlarni, tasvirlarni, rasmlarni, chizmalarni ShKga kirituvchi qurilma;
sensorli ekranlar – ShK ga displey ekranidagi tasvirning alohida elementlari, dasturlarni yoki buyruqlarni kiritishga mo‘ljallangan qurilma.
Do'stlaringiz bilan baham: |