Mavzular ro`yxati


Permanganatometriya, yodometriya, bromatometriya, nitritometriya usullari



Download 175,31 Kb.
bet36/51
Sana06.02.2022
Hajmi175,31 Kb.
#432350
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   51
Bog'liq
O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi

2. Permanganatometriya, yodometriya, bromatometriya, nitritometriya usullari.
Permanganatometriya usuli deb ishchi eritma sifatida KMnO4 eritmasi ishlatiladigan hajmiy analiz usuliga aytiladi. KMnO4 ayniqsa kislotali muhitda kuchli oksidlovchi hisoblanadi. Sharoitga qarab KMnO4 qaytarilganda turli xil oxirgi mahsulotlar hosil bo`ladi.


Bu usulda kislotali muhit hosil qilish uchun faqat H2SO4 ishlatiladi. ionlari KMnO4 eritmalariga malina rang beradi, titrlash jarayonida eritma rangsizlanadi. Eritmada qaytaruvchi qolmagan vaqtda qo`shilgan 1 tomchi KMnO4 dan titrlanayotgan aralashma pushti rangga kiradi. Shunday qilib, ekvivalent nuqta ishchi eritmaning o`zi bilan aniqlanadi va bu usulda indikator ishlatilmaydi. KMnO4 ning titrini aniqlash uchun boshlang`ich modda sifatida H2C2O4∙2H2O eritmasi ishlatiladi. Titrlash jarayonida quyidagi reaksiya amalga oshadi:
2KMnO4 + 3H2SO4 + 5H2C2O4 = 2MnSO4 + K2SO4 + 10CO2↑ + 8H2O
Yodometriya usuli deb asosida va reaksiyalari yotuvchi hajmiy analiz usuliga aytiladi. Yodometriya usuli bilan oksidlovchilarni (ular J ni J2 gacha oksidlaydi) va qaytaruvchilarni (ular J2 ni J gacha qaytaradi) aniqlash mumkin.
Bu usulda Na2S2O3∙5H2O eritmasi ishchi eritma, K2Cr2O7 eritmasi boshlang`ich modda sifatida ishlatiladi. Masalan:
K2Cr2O7 + 6KJ + 7H2SO4 = Cr2(SO4)3 + K2SO4 + 3J2 + 7H2O
Na2S2O3 + J2 = 2NaJ + Na2S4O6
Bu usulda J2 eritmasi ishchi eritma, As2O3 eritmasi boshlang`ich modda sifatida ishlatiladi. Titrlash kuchsiz ishqoriy muhitda (pH<8,0) olib boriladi. Bunday muhit neytral yoki kuchsiz kislotali eritmaga NaHCO3 eritmasi qo`shib hosil qilinadi. Kraxmal eritmasi indikator sifatida ishlatiladi.
Bromatometriya usuli deb ishchi eritma sifatida KBrO3 eritmasi ishlatiladigan hajmiy analiz usuliga aytiladi. Bu usul kislotali muhitda ionining qaytaruvchi moddalar bilan reaksiyaga kirishib ionigacha qaytarilishiga asoslangan, masalan:

Bromatometriya usulida titrlash KBr ishtirokida kislotali muhitda amalga oshiriladi. Bromatometriyaning bevosita titrlash ususli metiloranj, metil qizili, qizil kongo kabi azobo`yoq turidagi indikatorlar ishtirokida amalga oshiriladi. Titrlash jarayoni suyuqlik rangsizlangunga qadar olib boriladi. Reaksiyaning ekvivalent nuqtasida eritmaga qo`shilgan KBrO3 indikatorni oksidlaydi, natijada eritma rangsizlanishi sodir bo`ladi.
Bromatometriyaning teskari, ya`ni ishchi eritmaning ortiqchasi bo`yicha qayta titrlash usuli ham keng qo`llaniladi. Bu usulda reaksiyaning oxirgi bosqichi yodometrik usul bilan yakunlanadi.
Nitritometriya usuli deb ishchi eritma sifatida NaNO2 eritmasi ishlatiladigan hajmiy analiz usuliga aytiladi. Bu usulda titrlash kislotali muhitda olib boriladi. Reaksiyaning borishini tezlashtirish va uning aniqligini oshirish maqsadida eritmaga katalizator sifatida KBr qo`shiladi, uni shisha tayoqcha bilan aralashtirib turgan holda asta–sekin titrlanadi.
Nitritometriya usulida reaksiyaning ekvivalent nuqtasini aniqlash uchun potensiometrik usul yoki tashqi va ichki indikatorlar ishlatiladi. Potensiometrik titrlashda indikator sifatida platina elektrodi, solishtirma elektrod sifatida esa kalamelning to`yingan eritmasi ishlatiladi.
Nitritometriya usulida tashqi indikator sifatida yodkraxmal qog`ozi keng qo`llaniladi. Bunday qog`oz oddiy filtr qog`oziga KJ va kraxmal eritmalaridan shimdirilib, so`ngra uni quritib va tasmacha shaklida qirqib olish yo`li bilan tayyorlanadi. Titrlashning ekvivalent nuqtasiga erishilib, shisha tayoqcha yordamida titrlanuvchi suyuqlikdan yodkraxmal qog`oziga tomizilganda, u ko`k rangga bo`yaladi. Bunda quyudagi jarayon sodir bo`ladi:
2NaNO2 + 2KJ + 4HCl → J2 + 2NaCl + 2KCl + 2NO↑ + 2H2O
Nitritometriya usulida ichki indikator sifatida ko`pincha tropeolin 00 ning 2 % li metil spirtdagi eritmasi (4 tomchi), tropeolin 00 eritmasi bilan metil ko`ki aralashmasi (4 tomchi tropeolin 00 eritmasi va 2 tomchi metil ko`ki eritmasi) yoki neytral qizil eritmasi (2 tomchi titrlash boshida, 2 tomchi titrlash oxirida) ishlatiladi. Titrlash jarayoni tropeolin 00 indikatori ishtirokida suyuqlik qizil rangdan sariq rangga o`tgunga qadar, tropeolin 00 va metil ko`ki aralashmasi indikatori ishtirokida qizil–binafsha rangdan havo rangga o`tgunga qadar, neytral qizil eritmasi ishtirokida esa suyuqlik pushti rangdan ko`k rangga o`tgunga qadar olib boriladi.



Download 175,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish