Mavzular Jami


Tarbiyachi mahoratining mohiyati. Faoliyatni tashkil etishni oldindan tashxislash mahorati



Download 1,7 Mb.
bet29/66
Sana17.08.2022
Hajmi1,7 Mb.
#847166
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   66
Bog'liq
Педагогик махоратДокумент Microsoft Word

1.Tarbiyachi mahoratining mohiyati. Faoliyatni tashkil etishni oldindan tashxislash mahorati
Tarbiyachi mahоratining mохiyati. Faоliyatni tashkil etishni оldindan tashхislash mahоrati. O`quvchilarni o`rganish diagnоstikasi. Jamоani o`rganishning asоsiy mеzоnlari. Tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda o`qituvchining o`z-o`zini tеkshirishga yunaltirilgan diagnоstikasining o`rni va ahamiyati.
Mamlakatimizda xalk ta’limi sohasida o’rtaga qo’yiladigan vazifalarni bajarish ko’p jihatdan o’qituvchi – tarbiyachilarga bog’lik. Tadbik etilayotgan yangi ta’lim tizimini to’lakonli amalga oshirish, o’kuvchilarning xilma –xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odob- axlokli, mehnatkash, talabchan va umuman komil inson bo’lib yetishishlarida, hozirgi zamon talabidagi bilimlarni berish mohir tarbiyachi - o’qituvchilarning zimmasiga yuklatilgan.
Tarbiya bola tug’ilganidan boshlab umrining oxirigacha davom etadigan jarayondir. Bolalarga tarbiya berish tarbiyachining burchidir. Mana shu vazifani bajarish uchun o’qituvchilar pedagogik jihatdan mahoratli bo’lishlari lozimdir.
Pedagogik mahorat – tarbiyachi ish faoliyatining muvaffakiyatli bo’lishi ko’p jihatdan uning pedagogik tayyorgarligi hamda mahoratiga bog’lik. Pedagogik mahorat tarbiyachilarning o’z pedagogik malakalarini oshirish, siyosiy hamda madaniy dunyokarashlarini kengaytirish orkali muntazam tarzda ish olib borishlari natijasida vujudga keladi. Tarbiyachi mahorati ko’p kirralidir. Mahorat kasbiy tayyorgarlikdan, nazariy bilim va ish tajribasini doimo oshirib borishdan, bolalarga bo’lgan muhabbatidan kelib chikadi. Tarbiyachi mahorati – bu yosh avlodga ta’lim – tarbiya berishni yuksak darajada va doimiy ravishda takomillashtirib borish san’atidir.
Tarbiyachi mahoratini ayrim pedagoglargina egallamaydilar, balki, bu san’atga intilgan har bir pedagog egallashi mumkin.
Har bir tarbiyachi pedagogik texnika va texnologiyalarni, kobiliyatlarni rivojlantirib, yangi bilimlar bilan boyitib borsalargina pedagogik mahoratni muvaffakiyatli egallashga yordam beradi. Tarbiyachi mahoratini o’stirish va takomillashtirishda tarbiyaviy ish tajribasi hamda shaxsiy pedagogik tajriba muhim rol o’ynaydi. Tarbiyachi mahorati pedagogning o’z predmetini mutlako yaxshi bilishini, tarbiya va ta’limning konuniyligini tushuntirishni, unda zaruriy pedagogik malaka va ko’nikmalar mavjudligini ko’zda tutadi. har kanday pedagogik ishning ustasi bo’lgan pedagog, bolalar bilan, ularning ota - onalari bilan, o’z hamkasblar bilan hakikiy axlokiy, chuqur insoniy munosabatlar o’rnata biladigan kishigina o’kuvchilar uchun namuna bo’ladi.
O’kuvchilarga pedagogik ta’sir ko’rsatish samaradorligi ko’p jihatdan sinf bilan to’g’ri munosabat o’rnata bilish juda kiyin, deyarli muhim bo’lmaydigan holdir. Buning uchun vakt kerak bo’ladi.
Pedagogik iyexnologiyani egallash mahoratli tarbiyachi uchun o’z fanini zamonaviy fanlar darajasida yaxshi bilishi va pedagogning uslubiy kurollanganligini, pedagogik tabiatini shakllantirishni va unda tarbiyalanuvchilar bilan mulokatda zarur bo’ladigan hulk - atvor va malakalarining egallashini nazarda tutadi.
Pedagoglik mahoratini shakllantirishga bolalar bog’chasi va maktab pedagoglar jamoasi, kadrlar tayyorlashni maqsadga muvofik oshirsa, pedagoglar jamoasida yosh hamkasbga talabchan bo’lishadi. o’z bilim va faoliyatini tankidiy baholaydi. Muvaffakiyat va xatolarini ko’ra olishiga hamda o’z xatolarini bartaraf etishga o’rgatiladi.
Mohir tarbiyachi bolalar bilan ishlash mazmunini yetarlicha egallaydilar. Bu anglash o’qituvchilarning o’qish bilan doimiy shug’ullanganlaridan yuzaga keladi. Tarbiyachining jamoa bilan kirishib ketishi o’z ishidagi kuchli va zaif tomonlarini bilishi: bilimlarni doimo to’ldirib borish tarbiyaining mahorat yo’lidan muvaffakiyatli olg’a siljishini ta’minlaydi.
Mohir tarbiyachi ta’lim – tarbiya ishlarini yaxshi usullaridan foydalanadi va yangi usullarni izlaydi. Bu vaktda u o’z o’rtok, hamkasblarining, buyuk ma’rifatparvarlarning ulkan tajribalariga va ularni baholash usullariga tayanadi. Har doim tarbiyachi va o’qituvchining e’tibori o’zi bayon qilayotgan narsalarning mazmuniga emas, balki materialni kanday o’zlashtirayotganligiga yoxud o’zlashtirganliklariga, kiyinchilik va bolalarning xatolari nimalardan kelib chikishiga karatiladi.
Har bir mohir tarbiyachi quyidagi pedagog shaxs xususiyatlarini o’zida mujassamlashtiradi:
-mahoratni egallashga jon – dildan intilish;
-o’z mehnat natijalari, bolaga o’z ta’siri uchun mas’uliyat, o’z ishiga sodiklik;
-mustaqil ijodiy intilishga kizikish;
-manmanlik, bamaylixotirlikning yo’kligi;
-xayrixohlik va ishda o’rtoklarcha yordam berishga hozirlik. Bu pedagogning o’z muassasasi, shahri va uslubiy ishlarda faol katnashishida namoyon bo’ladi.
So’z mohir tarbiyachi ustida borar ekan, uning tashki ko’rinishi hakida gapirib o’tishimiz lozimdir:
Avvalambor, tarbiyachining tashki ko’rinishi estetik talablarga javob berishi kerak. O’z ko’rinishi bilan bolalarning har birini o’ziga jalb qila olishi lozim, shuningdek, haddan tashkari o’ziga oro berish yarashmaydi.
O’qituvchi – tarbiyachining sochlari, pardozli, kiyim – kechagiyu undagi bezaklar pedagogik maqsadni yechishga bo’ysungan holda o’kuvchi va tarbiyalanuvchi shaxsiyatining shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatish kerak. SHuningdek, tarbiyachi tashki ko’rinishining go’zalligi uning yurish – turishidagi chiroyli xatti - harakatlari va tuzilishidagi muloyimligi, shirinso’zligi, xarakteridagi o’ta bosiklik bilan ifodalanadi.
Tarbiyachilarning bolalar oldiga kirishi, ularga karashi, salomlashishi, stul (kursi)ga o’tirishi, sinfxona bo’ylab yurishi bu kabi ikir – chikirlarning hamma - hammasi bolaga nisbatan ta’sir kuchi hisoblanadi.
Imom Buxoriyning «Al – jomi’ as –sahih» (Ishonarli to’plam) hadislar to’plamining «Ilm kitobi» bobida ilm egallash fazilati va xosiyatlari, ilm o’rganish va o’rgatish odobi to’g’risida ma’lumotlar berilgan. Ushbu bobda payg’ambrimiz Muhammad (S.A.V)ning ilm o’rgatish va o’rganishga doir hadislari keltirilgan. Ularning tahlili, ilm o’rgatuvchiga nisbatan quyidagi didaktik talablar pedagogik - axlokiy g’oyalarni ifodalashga imkon beradi:
Masalan: - ilm beruvchi tinglovchilarga berayotgan ilmini ravon, tinik va o’z iste’dodini namoyon etgan holda notiklik san’atiyla yetkaza olishi kerak;
-biror ta’limiy yoki tarbiyaviy masalani o’rtaga tashlab, muhokama, munozara yo’li bilan o’rgatish;
ilmni fahmlab, teran tushunib, anglab o’rganish, esda mustahkam saklash kabi pand – nasihatlar bayon etilgan.

Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish