Mavzu. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Xiva xonligining davlat tuzumi va ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli


Quyidagi rasmda kim tasvirlangan? Muhammad Rahimxon II



Download 3,28 Mb.
bet3/9
Sana30.12.2021
Hajmi3,28 Mb.
#191331
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9 O'zbek savol javob 35-38

57. Quyidagi rasmda kim tasvirlangan? Muhammad Rahimxon II.

38-mavzu. Ta’lim tizimi. Matbuot

  1. Qachon Turkiston o‘lkasida uzoq tarixiy davr mobaynida shakllanib rivojlangan ta’lim tizimi davom etgan? XIX asrning 2-yarmi va XX asrning boshlarida.

  2. Rossiya imperiyasinig istilochilik yurishlari qachon boshlangan? XIX asrning o‘rtalarida.



  1. Turkistonda boshqa sohalari singari ta’lim tizimida ham mustamlakachi hukumatning manfaatlarini aks ettiruvchi siyosat yuritilganligini qaysi jarayonda ko‘rishimiz mumkin? Rus-tuzem maktablarining ochilishi va ular sonining jadal sur’atlarda ko‘paytirib borilganligida.

  2. Rus-tuzem maktablari qanday maqsadda ochilgan? Mahalliy aholini ruslashtirish maqsadida.

  3. Mustamlaka davrigacha Turkistondagi maktab va madrasalarda qanday fanlar o‘qilgan? Diniy ta’lim va dunyoviy fanlar.

  4. Turkistonda boshlang‘ich ta’lim maktablarda necha yil davom etgan? 5-6 yil.

  5. Turkistonda ta’lim tizimida o‘qitilgan fanlar ketma-ketligi qanday? Boshlang‘ich ta’limda arab alifbosi, harflarning o‘qilishi, talaffuzi o‘rgatilgan. Keyingi bosqichda Qur’on suralari va oyatlaridan iborat bo‘lgan «Haftiyak» (ya’ni Qur’oni Karimning yettidan biri) kitobi o‘qitilgan. So‘ng «Chor kitob» (to‘rt kitob), undan keyin So‘fi Olloyorning «Risolai aziza», «Sabot ul-ojizin» kitoblari o‘qitilgan.

  6. Kimning asari she’riy tarzda yozilgan bo‘lib, unda avliyolar, payg‘ambarlar hayoti haqidagi ma’lumotlar aks etgan? So‘fi Olloyor.

  7. «Xo‘ja Hofiz» devonining muallifi kim? Fors shoiri Hofiz.

  8. Turkiston o‘lkasida madrasalarda bitiruvchilardan nimalar talab qilingan? Islom qoidalari, Qur’oni Karim oyatlari va suralarning sharhlarini to‘liq o‘zlashtirish.

  9. Qur’oni Karim qayerda yod olingan? Qorixonalarda.

  10. Ayollarga qaysi sohalar bo‘yicha ta’lim berilgan? Qur’oni Karim, oila masalalari, odob-axloq va tarbiya.

  11. Ayollarga kimlar ta’lim bergan? Otinlar.

  12. Qanday qilib ma’muriyat vakillari bilan mahalliy aholi o‘rtasida vositachilik qiladigan tarjimonlarni tayyorlash ko‘zda tutilgan? Rossiya imperiyasining turli gubernalaridan Turkistonga ko‘chirib keltirilganlarning bolalariga ta’lim berish orqali.

  13. G.Rozenbax nechanchi yillarda Turkiston general-gubernatori bo‘lgan? 1884–1889.

  14. G.Rozenbax qaysi vazifani bajarishga astoydil kirishgan? Tub joy aholisi o‘rtasida rus madaniyatini keng yoyishga xizmat qiladigan ta’lim tizimini yaratishga.

  15. G.Rozenbax qanday loyiha ishlab chiqqan? Boshlang‘ich maktablar, rus-tuzem maktablari tarmog‘ini yaratish loyihasini.

  16. Birinchi rus-tuzem maktabi qachon ochilgan? 1884-yili.

  17. Birinchi rus-tuzem maktabi qaysi shaharda ochilgan? Toshkentda.

  18. Birinchi rus-tuzem maktabi kimning uyida ochilgan? Saidg‘ani Saidazimboy.

  19. Dastlab rus-tuzem maktablariga aholining qaysi qatlam vakillari o‘z farzandlarini o‘qishga bergan? Mahalliy savdogar va ishbilarmonlar.

  20. Rus-tuzem maktablari soni qachon 89 ga yetgan? 1911-yili.

  21. Rus-tuzem maktablarida o‘quv kuni necha qismdan iborat bo‘lgan va ular qanday? Ikki qismdan iborat bo‘lib, dastlab rus o‘qituvchisi (o‘quv, yozuv, hisob), ikkinchi qismida esa mashg‘ulotlarni mahalliy o‘qituvchi olib borgan.

  22. Qachon Toshkentda birinchi gimnaziya ochilib, unda zamonaviy fanlar va kundalik turmushda zarur bo‘ladigan bilimlar o‘qitilgan? 1896-yili.

  23. Milliy madaniyat, diniy e’tiqod, mahalliy an’analar asosidagi yangi maktablari kimlar tomonidan ochilgan? Mahalliy ziyolilar, jadidchilik harakatining namoyandalari.

  24. Yangi usuldagi jadid maktablarida qanday fanlar o‘qitilgan? Tarix, matematika, geografiya, ona tili.

  25. Yangi usul maktablarining diniy maktab va madrasalardan farqi qanday? Nafaqat islom dini va tarixi, balki mahalliy – turkiy xalqlar tarixi bo‘yicha ham ta’lim berilgan.

  26. Turkistondagi dastlabki jadid maktablari qaysi shaharlarda ochilgan? Buxoro, Toshkent, Qo‘qon, Andijon, Xiva.

  27. Yangi usul maktablari nimaga xizmat qilgan? Jadidchilik harakati, uning namoyandalari faoliyatlari va shu bilan birga mahalliy aholining umummilliy g‘oyalari, o‘zbek xalqining milliy-ma’naviy birligini mustahkamlashga.

  28. Jadid maktablarining ta’lim tizimida o‘quvchilarga qanday g‘oyalar singdirilgan? Vatanga muhabbat, milliy davlatchilik, milliy madaniyat, xalq birligi oldida mas’uliyatini his qilish, yurt ravnaqi uchun mehnat qilishga va kurashishga chorlovchi g‘oyalar.

  29. Jadidlarning yangi usul maktablarida yetishib chiqqan shoir akademik kim? G‘afur G‘ulom.

  30. Jadidlarning yangi usul maktablarida yetishib chiqqan shoir va dramaturglar kim? Uyg‘un, Oybek.

  31. Dastlab jadid maktablarida qaysi tildagi adabiyotlardan foydanlanish taqiqlab qo‘iylgan? Turk va fors.

  32. Mustamlakachi hukumatning jadidlarga qarshi kurashiga kimlar ko‘maklashgan? Mahalliy mutaassib dindor-ruhoniylar. Bundan tashqari yangi usul maktablariga ma’muriyat vakillari va ayrim din peshvolari qarshi turgan.

  33. 1911-yili qancha jadid maktabi yopib qo‘yilgan? 50 ga yaqin.

  34. Qachon Buxoro amirligida barcha jadid maktablari yopilgan? 1913-yili.

  35. Qachondan boshlab Turkiston general-gubernatorligining rasmiy nashri – «Tуркестанские ведомости» va uning o‘zbek tilidagi ilovasi «Turkiston viloyatining gazeti» muntazam chiqib turgan? 1870-yildan.

  36. «Turkiston viloyatining gazeti» kimning muharrirligida chiqqan? Mustamlakachilik tuzumining targ‘ibotchisi N.Ostroumov.

  37. Ilk o‘zbek milliy gazetasi qaysi? «Taraqqiy».

  38. Ilk o‘zbek milliy gazetasining muharriri kim? Ismoil Obidov.

  39. Ilk o‘zbek milliy gazetasi qachon nashr etilgan? 1906-yili.

  40. «Taraqqiy» gazetasining birinchi soni qaysi sanada chiqqan? 27-iyun.

  41. Qaysi sana hozirda O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni sifatida nishonlanadi? 27-iyun.

  42. «Xurshid» gazetasi kimning muharrirligida chiqqan? Munavvarqori.

  43. «Xurshid» gazetasi qachon chiqqan? 1906-yili.

  44. «Shuhrat» va «Osiyo» gazetalari qachon chiqqan? 1907-1908-yillarda.

  45. «Shuhrat» gazetasi kimning muharrirligida chiqqan? Abdulla Avloniy.

  46. «Osiyo» gazetasi kimning muharrirligida chiqqan? Ahmadjon Bektemirov.

  47. 1913-1915-yillarda qanday gazetalar chiqqan? «Samarqand», «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg‘ona», «El bayrog‘i», «Kengash», «Ulug‘ Turkiston», «Turon».

  48. «Oyna» jurnali qachon paydo bo‘lgan? 1913-1915-yillarda.

  49. Qachon «Hurriyat», «Farg‘ona sahifasi» kabi ommaviy axborot vositalari ham paydo bo‘lgan? 1917-yili.

  50. Qaysi gazetalarning milliy o‘zlikni anglashdagi xizmatlari katta bo‘lgan? «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg‘ona».

  51. «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg‘ona» gazetalari necha yil faoliyat olib borgan? 2 yil – 1914-1915-yillar.

  52. Qaysi gazetalarda milliy ziyolilarning vatanparvar qatlamlari tomonidan millat ozodligi va ravnaqini tarannum etuvchi, xurofot kabi eski aqidaparastlikni qoralovchi ko‘plab maqolalar e’lon qilingan? «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg‘ona».

  53. Tuzem nima? Yerli xalq, mahalliy aholining mustamlakachilar tomonidan atalishi.

  54. Matbuot so‘zining ma’nosi qanday? Arabcha – bosma asarlar, nashrlar.

  55. Ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan va ular bo‘yicha chuqur ta’lim beradigan o‘quv muassasasi nima deb ataladi? Gimnaziya.

  56. Gazeta, jurnal va kitoblar majmuyi nima deb ataladi? Matbuot.


Download 3,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish