Mavzu: umumta’lim maktablarida foydalaniladigan kartalar va atlaslar reja


Umumta’lim maktablari atlaslarining tahlili



Download 28,16 Kb.
bet2/3
Sana15.09.2021
Hajmi28,16 Kb.
#174917
1   2   3
Bog'liq
Умумтаълим мактаблари фойдаланиладиган карта ва атласлар

2. Umumta’lim maktablari atlaslarining tahlili
Respublikamizda umumta’lim maktablarida geografiya fanini o‘qitishda nazariy bilimlar berish bilan birga, amaliy mash­g‘u­lotlar ham tasdiqlangan dastur asosida olib borilishi lo­zimligi belgilangan. Dastur asosida har bir sinfda boblar bo‘yicha ama­liy mashg‘ulotlar olib boriladi. Bunda geog­­rafiya fanlarida sinflarga mo’ljallangan alohida devoriy va yozuvsiz kartalardan, geog­rafik atlaslardan keng foydalaniladi. Ta’lim beruvchi o‘qituvchi to­mo­nidan fanning nazariy jihatlarini amaliyot bilan bog‘lab olib bo­rilishi o‘quv­chi­larning geografiya faniga qiziqishini oshirishi bilan bir­galikda, atlaslardan foydalanish darajasi va ko‘nikmasini shakllan­tiradi.

Quyida umumta’lim maktablarida foydalaniladigan geografik atlaslarning tahlili berilgan.

4-sinflar uchun - “Tabiatshunoslik” faniga mo‘ljallangan atlas­lar bo‘lib, geografiya to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar tasvirlan­gan. Unda shartli belgi, plan, karta, atlas to‘g‘risida tushunchalar berilgan.

5-sinf atlasi “Tabiiy geografiyaning boshlang‘ich kursi”ga ba­g‘ishlangan bo‘lib, unda geografiyaning asosi bo‘lgan umumgeog­rafik manbalar, kartada mahsus belgi modellar yordamida tasvir­langan. Unda insonlarning Yer shakli va uning yuza qismi haqidagi tasavvurlarning o‘zgarishi, buyuk geografik kashfiyotlar, yarimshar­lar kartalari, buyuk geografik kashfiyotlar kartalari, yerning shar shaklini isbotlovchi tasvirlar, gorizontning kengayishi, oy tutilishi, quyosh sistemasi, joy plani va qisqa plan olishni bajarish, shartli belgilar, kartada masshtabning o‘zgarishi, yerning kosmik suratlar­dagi tasviri, joyda kompas, yulduzlar, quyosh va soatlarga qarab mo‘ljal olish, joy planini tuzish, yer yuzasining geografik kartada tasvirlanishi, yerning o‘lchamlariga oid tasvirlar, geografik globus va kartalardagi xatoliklar, meridian va parallellar, ularning globus va kartalarda tasvirlanishi, globus va kartaning farqlari, joy­ning kartadagi ko‘rinishi haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, litosferaning umumiy tuzilishi, uning tarkibida yer qobig‘ining harakati va tuzilishi, gidrosfera qismida dunyo suv zaxiralari to‘g‘­ri­sida, suvning tabiatda aylanishi, daryo vodiysi, okean tubi va rel­yefi, atmosfera qismida atmosferaning tuzilishi, havo tarkibi, bulut­larning hosil bo‘lishi va turlari haqidagi ma’lumotlar berilgan. Yer­ning quyosh atrofidagi harakati va quyosh nuri bilan yoritilishi, O‘zbekistonning tabiiy kartasi, okeanlar tabiiy kartasi, dunyoning siyosiy-ma’muriy kartasi, dunyo irqlari, tabiat zonalari, o‘simliklar, hayvonot dunyosi kartalari hamda geografiya faniga oid eng muhim ma’lumotlar geografik tasvirlar orqali keltirilgan.

6-sinfda “Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” faniga mo‘ljallangan atlasda Yer sharini bir butun shaklda va ularni mate­riklar va okeanlarga bo‘lib o‘rganish mumkinligini va ularning relyefi, geologiyasi, tuproq, o‘simliklari, iqlimi, hayvonot dunyosi va aholisi to‘g‘risida ko‘rgazmali shaklda ma’lumot beradi. Atlasda kartalar quyidagi tartibda keltirilgan: yer po‘stining tuzilishi va litosfera plitalari, dunyoning tabiiy, iqlim, iqlim mintaqalari va o‘lkalari, tabiat zonalari, siyosiy, xalqlar va aholi zichligi kabi kar­talar berilgan. Materiklarning tabiiy, iqlim, tabiat zonalari va komp­leks kartalari hamda okeanlarning tabiiy kartalari keltirilgan.

7-sinf atlasida “O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning tabiiy geografiya­si”ni o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda O‘rta Osiyo va O‘zbe­kistonning siyosiy, tabiiy, geologik, tektonik, iqlim, ichki suvlari, tuprog’i, o‘simlik, zoologik va tabiiy geografik rayonlashtirish karta­lari berilgan. Shuningdek bu atlasda O‘zbekistonning tabiatni muho­faza qilish, qo‘riqlanadigan hududlar, landshaft va tabiiy geografik rayonlashtirish kartalari alohida tasvirlangan.

8-sinf uchun mo‘ljallangan “O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy atlasi”da O‘zbekistonning tabiiy, siyosiy-ma’muriy, aholi va mehnat resurslari, yoqilg‘i, elektroenergetika, qora va rangli metal­lurgiya, kimyo, mikrobiologiya, mashinasozlik va metalni qay­ta ishlash, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, yengil sanoat, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, donli ekinlar, paxtachilik, uzumchilik, meva-rezavor ekinlar, sabzavot poliz va oziq-ovqat ekinlari, kar­tosh­ka yem-hashak ekinlari, chorvachilik, irrigatsiya va meliorat­siya, tashqi iqtisodiy aloqalar, umumta’lim maktablari, litsey, kollej, oliy o‘quv yurtlari, sog‘liqni saqlash, kutubxonalar, turistik va xalq hunarmandchiligi, transport, iqtisodiy kartalar to‘liq ravishda keng ma’lumotlar asosida berilgan. Shuningdek, bu atlasda respublika­mizdagi viloyatlarning iqtisodiy kartalari alohida berilgan.

9-sinf uchun mo‘ljallangan “Dunyoning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” atlasida dunyoning tabiiy, siyosiy, yer resurslari, suv re­surslari, o‘rmon resurslari, ekologik, aholi, til oilalari va xalqlar, dinlar, irqlar, urbanizatsiya, yashash hayot darajasi, mineral xom-ash­yo resurslari, yoqilg‘i, elektr-energiya, qayta ishlovchi, qora-rangli metalurgiya, kimyo, mashinasozlik, to‘qimachilik sanoati, ag­roiqlim resurslari, qishloq xo‘jaligi, donli ekinlar, texnik ekinlar, chor­vachilik, transport va mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoj­la­nish darajasi, rivojlangan davlatlar va regionlarning kartalari berilgan.

Bulardan tashqari 1963 yilda O‘zbekiston tabiiy atlasi, 1980 yilda O‘zbekiston o‘quv o‘lkashunoslik atlasi, 1983-1985 yillarda 2 jildli atlasi, 2000 yilda Toshkent geografik atlasi yaratilgan. Musta­qillikka erishilgandan so‘ng 1999 yilda “O‘zbekiston geografik atlasi” chop etilgan. Unda 56 ta karta bo‘lib lanlshaftlar, atrof mu­hitni muhofaza qilish, Orol dengizi, mehnat resurslari, yoqilg‘i ener­getika va neft-kimyo sanoat kartalari, g‘allachilik, tashqi iqtisodiy aloqalar va boshqa kartalar mavjud. Shu bilan birgalikda 8 ta tabiiy-geografik va 8 ta iqtisodiy rayonlar kartalar berilgan. Ochiq joy­la­ri­da karta mazmunini boyituvchi tabiiy manzaralar va iqtisodiyotiga tegishli suratlar bilan boyitilgan.



Download 28,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish