Mavzu: Gaustoriylarning paydo bo’lishi , uning salbiy va ijobiy oqibatlari. Bazal endospermning pastki xalaza tamonidagi kamera ko’pincha gaustoriya vazifasini bajaradi.Yadroli eyedospermlarda xam gaustoriyalar xosil bo’ladi.
Biroq, gaustoriyalar yoki shunga o’xshash o’simtalar sellyulyar endospermda kuproq shakllanadi.
Bu gaustoriyalar murtak xaltachasining xamma qismida ya’ni mikropile, xalaza va xatto uning yon tamonlarida xosil bo’ladi. Bu gaustoriyalar o’simlik murtagining o’sishi va rivojlanishi davrida modda almashinish jarayonlari jadallashtiriladi va ona o’simlikdan murtakka oziqa moddalarining olib kelishini osonlashtiradi.Naychalashlar (Tubiflorae) tartibidagi barcha o’simliklarda endosperm gaustoriyalari xosil bo’ladi.Bu jixatdan eng yaxshi o’rganilganligi bu sigir quyruqdoshlar oilasi vakillari xisoblanadi. Bu oila vakillarida bir – biridan yadro miqdori, differensiyasiyalanish darajasi, yon shoxlarning bo’lishi yoki bo’lmasligi xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiluvchi to’rt xil endospermli gaustoriyalar rivojlanadi . Gaustoriyalarxillari o’simliklarning sistematik xolatini aniqlashda muxim axamiyatga ega.Shmid (1906) ning aytishicha murakkab tuzilishga ega bo’lgan endosperm gaustoriyalari, nisbatan oddiy tuzilishga ega bo’lgan
Endosperm gaustoriyalaridan kelib chiqqan uning fikricha sigir quyruqdoshlar oilasi vakillaridagi gaustoriyalar ------ oilasi vakillaridagi gaustoriyalarga juda o’xshash bo’ladi.Shuning uchun deydi Shmid bu oilalar bir-biriga fenologik jixatdan juda yaqindir.
Gaustoriyalar xillari o’simlikning boshqa belgilari bilan birgalikda ularning qarindoshlik munosabatlarini aniqlashda muxim axamiyatga egadir.
Ba’zi olimlar (Shyurgof,1926) xujayraviy endosperm dastlab xosil bo’lgan bo’lib keyinchalik undan yadroli endosperm kelib chiqqan desa, ikkinchi gurux olimlari fikricha (Shnorf,1929) uning aksi, yan’iy yadroli endosperm bu primitiv, oddiy tuzilishga ega bulgan xujayrali endosperm shakllanadi.Shu sababli nuklear endosperm gulli o’simliklarning primitiv vakillari bo’lmish kupmevalilar (Policarpiceae)vakillariga ko’proq xos.Xuddi shunday tushinchani Dalgren (1939)tasdiklaydi.
Shunday qilib shuni ta’kidlash lozimki ba’zi gurux, o’simliklarida nuklear endospermdan xujayrali endospermlar xosil bulsa ikkinchi bir gurux o’simliklarida esa,uning aksi endospermdan nuklear endosperm shakllanishini kuramiz.
Qaysi endosperm ko’proq progressiv va ыaysi primitiv bo’linishdan qatiy nazar, bu belgilar o’simliklarning boshqa morfologik va embriologik xususiyatlari bilan birgalikda ularning qarindoshlik bog’liqligini aniqlashda ya’ni sistematikada mkxim axamiyatga ega. Bir pallali o’simliklarda yadroli va ba’zan endosperm ko’p uchragan holda, ikki pallalilarda esa xar uchala xil endosperm xam topiladi.