Mavzu: Ta'lim jarayonida aqsh davlatining tajribasi reja: Kirish


Rivojlangan xorijiy davlatlar va mustaqil O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimidagi o’zaro



Download 93,82 Kb.
bet3/4
Sana01.03.2022
Hajmi93,82 Kb.
#475764
1   2   3   4
Bog'liq
kurs ishi (7)

Rivojlangan xorijiy davlatlar va mustaqil O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimidagi o’zaro uygunlik masalalari.

Rivojlangan xorijiy davlatlardagi ta’lim – tarbiya va maktab haqida yuqorida bayon qilingan eng yaxshi tajribalarni o’z ta’lim tizimimizda joriy qilish Respublikamiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgandan keyin boshlandi.


Bu sohda bizga YuNISEF, YuNESKO kabi Xalqaro tashkilotlar, xorikiy davlatlarning O’zbekisgondagi elchixonalari amaliy yordam bermoqdalar. Respublikamizdagi ta’lim muassasalari ta’limni takomillashtirish bo’yicha xorijiy davlatlar bilan hamkorlikning barcha shakllaridan foydalanayotirlar.
Respublikamiz Oliy majlisining 1 - chakiriq 1X-sesiyasida - ta’limga oid ikki muhim xujjat — «Ta’lim to’g‘risida»gi Qonun «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»nyang qabul qilinishi mmamlakat ta’limini jahon andozalariga, rivojlangan xorijiy davlatlardagi ta’lim-tarbiya va maktab saviyasiga olib chiqishda ulkan vokea bo’ldi.7
Bizning maktabimiz jaxonda eng ilgor maktablar bo’lib qolishiga Respublika rahbariyati va hukumati tomonidan hamma shart sharoit yaratilmoqda. Bizning ta’lim tizimlarimiz ham jaxonda e’tirof etilgan ta’lim tizimlaridan biridir. Shu tufayli ham AQSh, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi rivojlangan mamlakatlar ta’limining ustalari bilan o’tkazilgan uchrashuvlar va mulokotlarda Respublikamiz ta’limi tizimiga yukori baxo berildi.
Shuni ta’kidlash lozimki, Respublikamiz xalq ta’limi xodimlari oldida hozirgi kunda eng muhim vazifa - mustakil O’zbekistonning xozirgi ta’lim tizimlarini istiqlol ruhi bilan takomillashtirish, uni o’zimizning mumtoz pedagogika an’analari bilan boyitish, chet el pedagogikasidagi ilғr jixatlarni o’zlashtirish, yangi - yangi samarali o’quv predmetlarini ta’lim tarkibiga kiritish bilan jahon davlat standartlari darajasiga olib chikishdir. Buning uchun esa bizning iqtisodiy rivojlangan xorijiy davlatlardagi quyidagi ilғor tajribalarni ta’lim tizimimizda qo’llay bilishimiz maqsadga muvofiqdir. Chunonchi :
Agar biz AQSh pedagogikasidagi:
a) bolani o’z kuchi imkoniyatiga ishonch ruhida tarbiyalash;
b) o’quvchining eng kichik shaxsiy imkoniyatlarini ro’yobga chikarish uchun kurash;
v) bolani kamsitmaslik, insoniy kadriyatlarni va ғururini yerga urmaslik;
g) o’quvchining ilk davridanoq kasb-korga yo’naltirish;
d) Vataniga faxr va iftixor ruxida tarbiyalash va x.k
Yaponiya ta’limidagi:
a) bolyani maktabga puxta tayyorlash
b) kichkintoylar ta’lim va tarbiyasiga ota-onalar masuliyatini kuchaytirish;
v) o’quvchilarni nafosat, jismoniy kamolatiga berilayotgan e’tibor;
g) o’qituvchi kadrlarga yuksak talabchanlik;
d) yosh talant sohiblari bilan olib borilayotgan izchil ishlar.
Germaniya ta’limidagi:
a) tabaqalashtirib o’kitishga berilayotgan jiddiy e’tibor;
b) o’quvchilarning mehnat, ta’limini mustahkamlash;
v) kasbga yo’naltirish.
Fransiya ta’limidagi:
a) maktabgacha tarbiyadanoq o’quvni predmetlashtirib tashkil etish;
b) boshlanғich ta’limni uch boskichda puxta amalga oshirish;
v) o’quvni didaktik vositalar bilan ta’minlashga berilayottan katta e’tibor;
g) o’quv muassasalarining turli firmalar, konsernlar, korxonalar mustahkam aloqalari va boshqa ibratli jihatlar bizning ta’limga ham ko’chsa, bizning pedagogakamiz olga qarab dadil qadam bosgan bo’lar edi.
Albatta, ta’limga xar qanday yangilik, o’zgartirish jiddiy tahlillar, tajribalar asosida kirib keladi. «Zo’rlab tiqishtirish» bizning uslubiyot emas. Ayni paytda ta’limni bir saviyada qotib kolishiga ham yo’l qo’yib bo’lmaydi. Shu sababli ham, har bir pedagog, har bir tadkshkotchi maorifimiz uchun jon kuydiradigan, elim deb, yurtim deb kuyib yonadigan bo’lmasa, «o’z shaxsiy manfaatlarim uchun davlat menga nima berdi emas, balki mei davlat ravnaqi uchun nima qildim» degan mulohazalar yuritadigan iqtidorli kadrlarni tayyorlashimiz kerak.
Anbar otin (1870-1915) o’zbek shoirasi va ma’rifatparvari, o’zbek va tojik tillarida she’rlar yozgan. U 1870 yil Qo’qonda farmonqul degan ilғor kishi oilasida tuғilgan. Ma’lumotni Dilshod otin (Barno)dan oladi. U maktabda tarix, adabiyotni o’rganadi, she’rlar yozadi. So’ng o’zi xam darslar beradi. U qizlarga odob qoidalari, she’r tuzilishi, yuksak axloqiy malakalar hosil kilish qoidalarini o’rgatadi. Uning butun hayoti sheriyat bilan boғliq. Ularda ma’rifiy ғoyalar ilgari suriladi. Anbar otin ma’rifatgina shaxs erkinligini shakllantirishini biladi. Uning Furqatga yozgan she’riy maktubida yangi usul maktablarini ochish haqidagi takliflari bayon etilgan. Anbar otin devon xam tuzgan. Anbar otinning dunyoqarashini, falsafiy tafakkurini o’zida mujassamlashtirgan asari - «Qarolar falsafasi»dir. Asar kirish va 4 qismdan iborat. Har bir faslda shoira o’zining ijtimoiy-qarashlarini bayon qiladi, ayollar taqdiri haqida yozadi.
Maxmudxo’ja Behbudiy (1875-1919) yozuvchi, jurnalist, jamoat arbobi, ma’rifatparvar. U maktabni bitirgach, madrasada o’kiydi. Lekin bitirmasdan mehnat faoliyatini boshlaydi. Arabiston, Misr, Turkiya, Rossiyaga sayoxat kiladi. 1903-1904 yillari o’zbek va tojik tillarida «Muntaxabi jo’g‘rofiya» («Qisqacha umumiy geografiya») asarini, yangi usul maktablari uchun «Kitob ul-atfol» («Bolalar uchun kitob»), «Muxtasari tarixi islom»(«Islomning qisqacha tarixi»), «Amaliyoti islom», «Aholi jo’g‘rofiyasiga kirish», «Rossiyaning qisqacha geografiyasi»ni yozadi. Shakuriyning qishloғidagi yangi usul maktabini 1908 yil Samarqandga-o’z hovlisiga ko’chirib keladi. «Bexbudiy nashriyoti»ni tashkil etib, darsliklar, «Turkiston, Buxoro, Xiva xaritasi»ni bosib chiqaradi. «Samarqand» gazetasi, «Oyina» jurnalini nashr etadi.
U xalqni ilm — ma’rifatni egallashga chakiradi, ayollarning ilm olish kerakligini ilgari suradi, yangi usul maktabini ochish dunyoviy fanlarni o’qitishni targ‘ib qiladi.
Bexbudiy 1918 yil «Musulmon ishchi va dehqon sho’rosi»ning maorif komissari qilib tayinlanadi. Shundan so’ng o’quv rejalari tuzish, yangi darsliklar yaratish, o’qituvchnlar kurslarini ochish ishlariga katnashadi, o’zi «Yangi xisob» darsligini tuzib nashr etadi.
1918 yil Toshkentga kelib, Turkistonda davlat tili haqidagi Dekret, milliy ishlar xalq komissarligining Nizomi loyixhalarini tayyorlovchi komissiyalar ishida qatnashadi. 1919 yil Buxoro amiri amaldorlari tomonidan Shaxrisabzda qamoqqa olinib qarshi shahrida qatl kilinadi.
Mustaqil O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy taraqqiyotning demokratik – huquqiy, fuqarolik jamiyatini qurish yo’lidagi ishlar boskichma-bosqich amalga oshirilmoqda. “... barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi, ... fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma‘naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, eng muhim vazifalardan biri bo’lib qoladi”. (Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent, “SHarq”, 1998. 3-b). Shu boisdan ilk qadamlardanoq milliy ta‘lim-tarbiya tizimini jahon andozalari darajasiga chiqarish maqsad qilib qo’yildi. Bunday ulug’vor vazifalarni amalga oshirishni mamlakatdagi mavjud uzluksiz ta‘lim tizimini isloh qilmasdan ta‘minlab bo’lmas edi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997) xuddi shu maqsadga qaratilgan tarixiy davlat hujjatidir. Unda uzluksiz ta‘limga shunday ta‘rif beriladi: “Uzluksiz ta‘lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta‘minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir.
“Uzluksizlik” – to’xtovsiz, muntazam davom etuvchi jarayon tushunchasini anglatadi. “Uzluksiz ta‘lim”, tushunchasi yuqoridagi fikrga monand – komil shaxs ta‘lim – tarbiyasini uzluksiz yo’lga qo’yishni anglatadi.
Muhammadi Rasululohning muborak xadislarida: “Beshikdan qabrgacha ilm izla!”, - deyilgan. Demak, buyuk ajdodlarimiz ham barkamol avlod ta‘lim-tarbiyasi uzluksiz bo’lishi lozim deb hisoblashgan.
Faqat uzluksiz davom etuvchi pedagogik jarayonlardagina barkamol shaxs shakllanishi mumkin. Shaxsni shakllantirmasdan, rivojlantirmasdan turib, davlatni ham, jamiyatni ham, rivojlantirish mumkin emas. Uzluksiz ta‘lim shaxs kamoloti jarayoniga jadal ta‘sir ko’rsatuvchi eng muhim omildir.
Kadrlar tayyorlashning milliy modeli: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz, ta‘lim, fan, ishlab chiqarishdan iborat yaxlit jarayon komponentlarini o’z ichiga oladi. Binobarin, shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub‘ekti va ob‘ekti, ta‘lim xizmatlarining iste‘molchisi va muallifi; davlat va jamiyat – ta‘lim va kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi, qabul qiluvchi ijtimoiy hodisa, kafolatchilar; uzluksiz ta‘lim - raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi, ta‘lim turlari va standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimini o’z ichiga oladi; fan – yuksak soviyali pedagogik texnologiyalarni ishlab chiquvchi kuch; ishlab chiqarish - kadrlar tayyorlashga, ularning sifatiga qo’yiladigan talablar buyurtmachisidir.


XULOSA
Albatta, ta’limga xar qanday yangilik, o‘zgartirish jiddiy tahlillar, tajribalar asosida kirib keladi. «Zo‘rlab tiqishtirish» bizning uslubiyot emas. 
Ayni paytda ta’limni bir saviyada qotib kolishiga ham yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
SHu sababli ham, har bir pedagog, har bir tadkshkotchi maorifimiz uchun jon kuydiradigan, elim deb, yurtim deb kuyib yonadigan bo‘lmasa, «o‘z shaxsiy manfaatlarim uchun davlat menga nima berdi emas, balki mei davlat ravnaqi uchun nima qildim» degan mulohazalar yuritadigan iqtidorli kadrlarni 
tayyorlashimiz kerak. Bir qator muammolarga qaramay, AQShdagi ta'lim tizimi o'zini dunyodagi eng yaxshilaridan biri sifatida ko'rsatdi. Har yili o'n minglab odamlar Amerika Qo'shma Shtatlariga turli mamlakatlardan bitta maqsad - universitetlarda o'qish uchun tashrif buyurishadi. AQShda boshqa shtatlarga qaraganda ko'proq oliy o'quv yurtlari mavjud. Garvard, Stenford, Kembrij, Prinston kabi universitetlar uzoq vaqtdan beri dunyodagi eng yuqori darajadagi ta'lim bilan sinonimga aylanib kelmoqdalar. Ularni bitirgan odamlar kelajakda muvaffaqiyatli martaba uchun barcha imkoniyatlarga ega.
Ssenariynavis va yozuvchi Liliya Kim Kaliforniyada o'smir qizi bilan yashaydi va o'z tajribasidan kelib chiqib, Amerika ta'lim tizimiga kiradi. CTD iltimosiga binoan u turli xil ta'lim darajalari qanday tartibga solinganligini, ushbu tizim biznikidan qanday farq qilishini, qaerda o'qish yaxshiroq va nima uchun ekanligini tushuntiradi.
Boshqa o'lchov tizimiga (milya, funt, untsiya), boshqa rozetkalarga va ulardagi boshqa kuchlanishlarga, aqldan ozgan tibbiy sug'urta tizimi, Amerikaga ko'chib o'tgandan so'ng, qizim bilan men mutlaqo boshqa ta'lim tizimiga moslashishga majbur bo'ldik.


Download 93,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish