1)
oʻquv materialini ajratib koʻrsatish;
2)
oʻquv materialini oʻrganishning koʻp variantliligi;
3)
ma’lumotlarning turli xilda qoʻrinishi.
1.1. Oʻquv materialini ajratib koʻrsatish
. Bu talab ta’limning koʻrgazmalilik
tamoyili bilan bog‘liq boʻlib, uni pedagogik jihatdan, oʻquv materiali matnida asosiy
g‘oyalar (ta’rif, yangi tushuncha, koida, izoh va boshqalar) ajratib qoʻrsatishdir
Shuningdek, texnik jihatdan, ekranda tasvirlanayotgan matnda asosiy tushunchalar.
tushunchaning xususiyatlari kabilarni boshqa rang, shrift, oʻlchamda koʻrsatish bilan
amalga oshirish imkoniyat mavjud. Mazkur talabning
pedagogik jihatini amalga
oshirishga oʻquv materialiga pedagogik ishlov berishni takomillashtirish orqali.
texnik jihatdan esa oʻquv materialini tahrirlash orqali erishiladi va bunda matn
muxarrirlari, grafik muxarrirlari kabi amaliy dasturlar foydalaniladi.
1.2.
Oʻquv materialini oʻrganishning koʻp variantliligi.
Didaktik ta’minot
materiallarning har xilligini ta’minlash asosida variantlilikni shakllantirish, ya’ni
parametrli oʻquv materiallarni hosil qilish. Bu xususiyatdan
PDTlarni tuzishda
unumli foydalanish maqsadga muvofiq boʻladi.
1.3.
Ma’lumotlarni turli xilda qoʻrinishi.
Ma’lumotlarni ekranda tasvirlashda
koʻpoynali holat’ ham amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlar jarayonini samarali
tashkil etish uchun katta imkoniyatlar yaratib beradi.
2.
Psixofiziologik talablar.
PDTlarni yaratishda ekrandagi tasvirlar. ularni
uzatish
usullari, ekrandagi belgilarning tushunarli boʻlishi hamda joylashishi,
oʻquvchi bilan kompyuter orasidagi muloqot usullari tushuniladi. Bunday hatti-
harakat qulayliklarini yaratish uchun ergonomika
yutuqlariga tayaniladi va
ergonomik talablardan kelib chiqib: oʻquvchining ishga qiziqish bilan kirishib,
belgilangan faoliyatni oʻz xohishi bilan bajarishi; mazmuniy
qiyinchiliklarni yengib
oʻtishi hamda ularni yengganligidan qoniqishi; oʻquvchi tomonidan texnik
koʻrinishdagi qiyinchiliklarga sarflanadigan hatti-harakatlarni
kamaytirish kabi
baholanadi. Koʻplab tadqiqot ishlarida didaktik vositalarga qoʻyiladigan ergonomik
talablar koʻrsatilgan. Ularni umumlashtirgan holda PDTga qoʻyiladigan quyidagi
psixofiziologik talablarni quyidagicha ifodalash mumkin:
1)
tasvirlarning rangiga;
2)
ma’lumotlarning tuzilishiga;
3)
ob’ektlarning koʻrinishiga;
4)
foydalanuvchi oynasining qulayligiga qoʻyiladigan talablar.
2.1.
Do'stlaringiz bilan baham: