Model tashqi ko`rinishiga tasnif
Taklif model-3
Navbatdagi tavsiya etadigan libosimiz shoyi matosidan nozik did vakillari uchun maxsus individual ravishda tikilgan.
Yaratilgan to`plamlar orasida o`zbek xalqining qadimgi o`ziga xos ayollar tashqi kiyimlaridan biri – mursakdan ilhomlangan holda yaratilgan, yangi zamonaviy ko`rinishdagi libosni ko`rishingiz mumkin. Mursak, munisak deb atalgan boshqa xududlar singari, Shaxrisabzda ham keng tarqalgan bo`lib, yenglari keng tikilgan, yon chokining, yengining ostiga mayda burmalar yig'ilgan, yoniga ulangan klinlar xisobiga, kaltachaning etagi kengaygan va shuning uchun xuddi choponlardagi kabi oldi etagi bir - birining ustiga chiqib turgan.32
Bu kostyum kofta, ustki kiyim hamda shimdan iborat bo`lib, libosimizning rangi oxra, terrakot va qora ranglardan tashkil topgan.
2022 yilda serburma liboslar juda aktual darajada ekanini xisobga olib, mursakning bel qismi qirqilib burmaga yig`ilgan. Uzunligi to`piqqacha va etaklari keng bichilgan. Lifning oldi bo`lagining markaziga qora charmdan alohida detal bichilib shoyi matosiga ulab tikilgan. Bu detalga ham milliy naqshlardan trafaret kesib olinib mato uchun akril bo`yog`ida qo`lda gul bosilgan.
Libosning shim qismi beldan pastga qarab kengaygan shaklga ega. Shimning yon qismiga molniya taqilmasi o`rnatilgan va shimning beliga poyas bilan ishlov berilgan.
Eksklyuziv liboslar sarasiga kiruvchi ushbu libos har qanday yosh ayolning nozik didliga mos kelishi shubhasizdir.
Model tashqi ko`rinishiga tasnif
Taklif model-4
Baxor - yoz mavsumiga mo`ljallangan. Navbatdagi tavsiya etadigan libosimiz shoyi matosidan nozik did vakillari uchun maxsus individual ravishda tikilgan. Libosimizning rangi yashil va qora ranglardan tashkil topgan.
4 - modelimiz ham zamonaviy ko`rinishdagi liboslardan: ko`ylak va nimchadan tashkil topgan. Ko`ylakning uzunligi to`piqqacha va etaklari keng bichilgan bo`lib, bu modelimizning bichilishi ham tunikasimon bichimda bichilgan, yelka chizig`i odatdagidan pastda joylashgan, biroq yengning pastki qismiga alohida detal bichib olinib, burmalarga yig`ilgan yengning uzunligi tirsakkacha. Yengning pastki qismi ham rezinka yordamida burmalarga yig`ilgan. Lifning bel chizig`idan pasti burmalarga yig`ilib kiyimga nafislik baxsh etgan. Serburma liboslar juda aktual darajada ekanini xisobga olib, bu modelimizning yeng qismida va bel shiziqlari qirqilib burmaga yig`ilgan.
Libosimizdagi ikkinchi detal bu nimcha xisoblanib, qora charmdan bo`ksagacha uzunlikda tikilgan. Nimchaning bichimi klassik uslubda bichilgan bo`lib, bunda eng ko`zga tashlanadigan joyi va eksklyuziv nuqtasi bu dekorativ naqshlarni bostma yo`li orqali qo`lda bajarilgan bezagi xisoblanganligi sababli bunday dekorativ qism nimchaga berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |