Chuchmoma:
Men ham bahor elchisi, Vitaminga boydirman. Kimki menga do'st bo'lsa, Sog' bo'l, ko'p yasha deyman.
Yalpiz:
Yalpiz somsa, chuchvara, Mendan rozi, minnatdor. Yalpizsevar insonlar, Menga intiq har bahor.
VI. Dam olish lahzasi (o'yin).
VII. O'quvchilar uch guruhga bo'Iinib, har bir guruhga savollar beriladi:
Siz nimjongina maysasiz, deylik. Nimalar
haqida orzu qilardingiz?
Himoyasiz palaponsiz (qushning bolasi). Orzuingiz?
Tip-tiniq suvsiz. Maqsadingiz?
Guruhlar savollarga javob beradilar. Javoblar o'qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
VIII. Darslik bilan ishlash.
Darslikning 17—22-betlarida berilgan «Bolalik — beg'uborlik» matni, «Orzu» hikoyasi, Q. Muham-madiyning «Bola boshidan, o'g'lon yoshidan» she'ri, shuningdek savol va topshiriqlar ustida ishlanadi.
IX. Umumlashtirish va xulosalash.
X. Uyga vazifa: «Istiqlolim farzandiman» mavzusida ijodiy ish yozish.
Do'stlaringiz bilan baham: |