Sabolardan ayon bo’lgay,
Takallumi chaman bergan
Sadolardan ayon bo’lgay.
Bu baytdagi «sabo», «sado», «takallum» so’zlari mahorat bilan ishlatilgan arxaik so’zlardir.
Arxaizmlar asarga tantanavorlik, dabdabali tus berishi yoki kesatiq, masxara qilish kabi maqsadlarda ham ishlatiladi.
2. Neologizm (yunon. neos+1ogos – yangi so’z) – hayot yangiliklarini ifodalovchi yangi so’zlar, xalq yoki yozuvchi tomonidan yangidan yasalgan so’zlar.
Jamiyat taraqqiy etgan sari yangi tushunchalar paydo bo’ladi va ularni yangi so’zlar orqali ifoda qilish ehtiyoji tug’iladi. Natijada yangi so’zlar yuzaga keladi. Chunonchi, futbol, voleybol, xokkey, elektr, traktor, raketa, sun’iy yo’ldosh kabi juda ko’p so’zlar o’zbek tiliga keyinchalik kirib kelgan so’zlardir.
Masalan, G’.G’ulom she’rining bir bandini olib ko’raylik:
Do'stlaringiz bilan baham: |