Мавзу: “Касбий билимлар асосида кўникмаларни шакллантиришнинг психологик жихатлари



Download 200,75 Kb.
bet7/24
Sana11.03.2022
Hajmi200,75 Kb.
#490484
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
psixologiya

Birinchi bob bo‘yicha xulosa.
Mustaqil O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-ahloqiy negizlari, ahloq, kasb etikasining shakllanishi va rivojlanishi, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, insonparvarlik haqidagi bilim, ko‘nikma va malakalar rivojlanadi.
Albatta bu ishlarni amalga oshirishda uzluksiz ta’lim turlari, ayniqsa o’rta maxsus, kasbhunar ta’limi tizimi hamda oliy ta’lim muassasalarining ahamiyati beqiyosdir. Chunki ushbu maskanda ta’lim olayotgan har bir yosh yigit-qiz faqatgina u yoki bu soha mutaxassisligiga ega bo‘libgina qolmay, jismoniy va ma’naviy jihatdan kamol topadi, jamiyatimiz hayotida faol ishtirok etadi. O‘zining bilimi, ma’naviyati, madaniyati bilan O‘zbekiston taraqqiyotining bosh yo‘li bo‘lgan ozod va obod Vatan uchun mehnat qiladi. Albatta bunday ulkan vazifalarni amalga oshirishda ta’lim tizimida o‘qitiladigan “Kasbiy mahorat” fanining ahamiyati kattadir. Chunki, “Kasbiy mahorat” talaba shaxsini ma’naviy shakllantirishda, milliy istiqlol g‘oyasiga sadoqat ruhida tarbiyalashda, ularning madaniyatini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Shu o‘rinda olib borilgan nazariy tahlillar kasbiy bilimlarning shaxs faoliyatida muhim ahamiyatga ega ekanligi va uni kasbiy layoqatlar asosida kasb tanlash ishlarini rivojlantirish imkoniyatini oshirishda alohida o‘ringa egaligini ta’kidlash joizdir.
Xulosa qilib aytganda har bir pedagog xodim o‘z o‘quv fanidan navbatdagi mavzuga tayyorlanayotgan paytdayoq ushbu mavzuga qanday kasb-hunarlarni bog‘lash, misol keltirish mumkinligini, kasb-hunarlar tasvirlangan turli ko‘rgazmali vositalardan foydalanish mumkinligini aniq tasavvur qilmog‘i, oldindan tayyorgarlik ko‘rgan holda darsiga kirsa bu bolaning kelgusidagi kasbiy qaror qabul qilish jarayonini o‘z qiziqishi, qobiliyati, imkoniyatlari doirasida to‘g‘ri, ongli ravishda amalga oshirishiga xizmat qiladi.
II BOB. Kasbiy bilimlar asosida ko‘nikmalarni shakllantirishning psixologik jihatlari.
2.1. Kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish asoslari
Prezidentimiz Islom Karimovning ta’kidlashicha, "Ma’naviyat turli xalqlar va mamlakatlar kishilarini qon-qarindosh qiladi. Ularning taqdirini o‘zaro hurmat asosida yaqinlashtiradi. Bizning ma’naviyatimiz asrlar davomida million-million kishilar taqdiri bilan shakllangan. Uni o‘lchab ham, poyoniga yetib ham bo‘lmaydi. U inson uchun butun bir olam".
Aqliy kamolotga erishish irodaviy xatti-harakatlar, uzluksiz faollik, fidoiylik, bilimga chanqoqlik kabilarning bosqichma-bosqich, asta-sekinlik bilan amalga oshadigan jarayondir.
Mustaqil fikrlash bu faxmlash, anglash, fikr yuritishdan boshlanadi. Anglash biror-bir g‘oyani tub mazmuniga tushunib yetish. Mushohada – shu g‘oyani mantiqan talqin qilish.
Tafakkur – inson ongidagi mavjud ilmiy va hayotiy bilimlar majmualaridan keragini saralab olish va amaliyotda qo‘llash.
Yuqorida sanab o‘tilgan yo‘nalishlar asosida talaba yoshlarning hulq madaniyatini shakllantirish muhimdir. Chunki, talaba ana shu ma’naviy muhitda o‘z faoliyatini amalga oshiradi, o‘zligini anglaydi. Ma’naviy bilimi bilan muloqotga kirishadi. Shuning uchun talaba yoshlarning hulq madaniyatini shakllantirish samaradorligini ta’minlash ma’naviy muhitga bog‘liqdir.
Talaba yoshlarning hulq madaniyati, ma’naviy harakatlarining samarasi o‘qituvchi (rahbar) va talabaning o‘z faoliyatlariga bo‘lgan munosabatlari bilan belgilanadi. Shuning uchun ham o‘qituvchi yoki rahbar ma’naviy merosning tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o‘rganishi, amaliy faoliyatda ularga tayanishi shaxsning hulq madaniyatini shakllantirishda beqiyosdir. Bunday yondashuv ta’lim-tarbiya jarayonining ishtirokchilaridan o‘qituvchi-talabalardan ijodkorlikni talab qiladi.
Talabalarning ma’naviy sifatlarini shakllantirishda ularga o‘tmish, adabiyot, tarix, milliy urf-odatlar, an’analar haqida bilim berish o‘qituvchidan doimo faollik bilan munosabatda bo‘lishni talab qiladi. Talabaning ma’naviy ehtiyojini qondirish, qiziqishini o‘stirish mustaqil ishlar, har xil ijodiy ishlar (insho, referat va boshqa) orqali amalga oshiriladi. Mustaqil ishlar o‘qituvchi va talaba faoliyatining uzviy bog‘langan tamonlaridir. Mustaqil va ijodiy ishlarda talaba o‘z ustida mehnat qiladi, ijodiy izlanadi, o‘z nuqtai nazari, qarashlarini shakllantirish bilan birga dunyoqarashi va ma’naviy saviyasini namoyon etadi. Mustaqil ishlash ko‘proq darslik ustida ishlash, manbalarning mazmunini tahlil etish, ma’ruza, referat, konspekt tayyorlash, ijodiy insho yozish (chet tilida ham) kartochkalarga yozma javob berish, turli jadvallar, diagrammalar sxemalar tuzishni taqozo etadi. Bularning bari izlanuvchanlikni talab qiladi. Mustaqil ishlar, seminarlarni tashkil etishda 4 xil manbaalarga asoslanadi.

  1. Darslik materiallariga.

  2. Ma’naviy meros, hisoblangan xalq og‘zaki ijodi diniy manbalar, mumtoz adabiyot va boshqalar.

  3. Ommaviy axborot vositalari materiallariga (jurnal, gazetalar, radio, eshittirishlar, oynai jahon ko‘rsatuvlari);

  4. Hayotiy misollarga (oilaviy-maishiy an’analar, urf-odatlar, rasm-rusmlar, ma’naviy qadriyatlar va h.k).

Og‘zaki mustaqil ish turlari va o‘rganilayotgan mavzuning mohiyatini talabalar amaliy faoliyatida mustahkamlashtirishga yo‘naltirilgan ba’zi bir yozma shakldagi mustaqil ishlar (insho, savollarga yozma javob topish, jadval, diagramma, kartochkalarni to‘ldirish)dan aralash dars shaklida keng foydalanish yaxshi natija beradi. Chet-tili, adabiyot darslarida, o‘yin holatlaridan foydalanish samarali foyda beradi. Masalan, adabiyot darslarida "Allomalar mehmonimiz", "Temuriy ijodkorlar", "Bugungi davr – allomalar ko‘zi bilan" kabi munozaralar, bahslarni tashkil etish mumkin. Metodika darslarida esa "Sharq allomalarining tarbiya haqidagi fikrlari va ularning ma’naviy merosi haqida talabalarning o‘zaro fikr almashishlarni tashkil etish juda foydali.

Download 200,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish