Ishlab chiqarish vaqti - kapital (korxona vositalari)ning ishlab chiqarish jarayonida bo`lish muddati. Ishlab chiqarish vositalarining korxonaga tushgandan boshlab, tayyor mahsulot ishlab chiqarilguncha ketgan vaqtni o`z ichiga oladi.
Ishlab chiqarish vositalari – kishilarning ishlab chiqarish, mehnat faoliyatida qo`llaniladigan qurollar va vositalar. Moddiy ne’matlar tayyorlashda odamlar foydalanadigan asosiy vositalar (ishlab chiqarish binolari, inshootlar, mashinalar, jihozlar, asbob-uskunalar) va aylanma vositalar (xom ashyo, materiallar, energiya, narxi arzon inventar va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |