Ishlab chiqarish zahiralari – korxonadagi hali ishlab chiqirishga jarayonlariga jalb etilmagan va ish o`rniga yetib kelmagan aylanma vositalarining bir qismi: Ishlab chiqarish zahiralari xom ashyo, asosiy va qo`shimcha materiallar, yoqilg`i, sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar, detallar, ehtiyot qismlar, asboblar va boshqalar ishlab chiqarish vositalaridan iborat bo`ladi.
Ishlab chiqarish munosabatlari – keng ma’noda ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida kishilar o`rtasida bajaradigan vazifalariga bog`liq holda shakllanadigan munosabatlar (mulkdorlar, tadbirkorlar, boshqaruvchilar, xizmatchilar, yollanma xodimlar, dehqonlar va b.); tor ma’noda kishilar o`rtasida moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot va iste’mol jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar. Ishlab chiqarish munosabatlari kishilar o`rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning barcha shakllarini qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |