mavzu: investitsiya faoliyatida kapital qurilish – mavzu: Kapital qurilish va kapital qo‘yilmalar. Reja


 – MAVZU: INVESTITSIYA RISKLARI VA ULARNI PASAYTIRISH



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/148
Sana09.07.2021
Hajmi3,81 Mb.
#113868
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   148
Bog'liq
9.1-мавзу

21 – MAVZU: INVESTITSIYA RISKLARI VA ULARNI PASAYTIRISH 
YO‘LLARI 
 
REJA: 
         1.  “Investitsiya risklari” tushunchasi, mazmun-mohiyati va xususiyatlari 
         2.  Investitsiya faoliyati bilan bog‘liq risklar va ularning tasniflanishi.  
 
1. “Investitsiya risklari” tushunchasi, mazmun-mohiyati va xususiyatlari 
 
Investitsion faoliyatda risk – bu investitsiyalarni qisman yoki to‘liq yo‘qotish, 
kutilgan daromaddan kamroq foyda olish va loyihada ko‘zlangan maqsadlarga erisha 
olmaslik xataridir. Loyihadan qanchalik ko‘p miqdorda daromad olish taxmin qilinsa, 
shu  qadar  yuqori  riskli  deb  e’tirof  etiladi.  Hozirgi  kunda  loyiha  risklari  deganda 
loyihani  amalga  oshirish  natijasida  ko‘zlangan  daromadlarning  pasayishiga  sabab 
bo‘ladigan vaziyatlar majmuasi tushuniladi. Shu bilan birga loyiha riski investitsion 
loyihani  amalga  oshirishga  halaqit  beradigan  yoki  loyiha  samaradorligini 
pasaytiradigan  risklarning  yig‘indisini  ham  anglatadi.  Riskni  ma’lum  bir  qarorni 
qabul qilish natijasida zaxiralarni yo‘qotish imkoniyati, daromadlarni ololmaslik yoki 
qo‘shimcha harajatlar zarurati sifatida belgilash mumkin. 
Amaliyotda investorlar har doim rejalashtirilgan natijalarga erisha olmaydilar. 
Buning  asosiy  sabablaridan  biri  –  risklarning  mavjudligidir.  Shunday  holatlar 
bo‘lganda  tadbirkor  investitsiyalarni  jalb  etish,  undan  samarali  foydalanish  orqali 
foyda (daromad) olganligini his etadi. Bunday his tuyg‘ular tarkibida yana bir hohish 
yuzaga  keladi,  ya’ni  agar  men  ushbu  ishni  xayotga  tadbiq  etishda  professional 
yondashganda ko‘zlangan foyda 10-15 foiz ko‘p bo‘lgan bo‘lar edi deb faraz qiladi. 
Unda savol tug‘iladi. Tadbirkor investitsiyani jalb etib ko‘zlangan foyda (daromad)ni 
qo‘lga  kiritgan  bo‘lsa  yana  qanday  foyda  (daromad)  ustida  gap  borishi  mumkin? 
Darhaqiqat,  har  bir  moliyaviy  munosabatlarni  oqilona  tashkil  etishda  to‘siqlar 
bo‘ladi, ko‘pincha ularni e’tiborga olib bo‘lmaydi, bir to‘siqni oldini olsak, ikkinchi 
omil yuzaga  kelib harajatlarni oshiradi, foydani  esa  kamaytiradi. Shu  sababli qo‘lga 
kiritilgan  har  qanday  moliyaviy  natija  bu  riskli  faoliyat  yuritish  natijasidir,  risksiz 
faoliyat bo‘lmaydi.  
Investitsion faoliyatda risk – bu investitsiyalarni qisman yoki to‘liq yo‘qotish, 



 
kutilgan daromaddan kamroq foyda olish va loyihada ko‘zlangan maqsadlarga erisha 
olmaslik xataridir. Loyihadan qanchalik ko‘p miqdorda daromad kutilsa, u shunchalik 
yuqori riskli hisoblanadi.  
Risk  atamasiga  turlicha  ma’no  berib  kelinmoqda.  “Risk”  so‘zi  Yevropaning 
ko‘p  tillarida  mavjud.  Misol  uchun  greklarda  ridsikon  so‘zi  mavjud  bo‘lib,  u  qoya, 
cho‘qqi ma’nosini bildiradi.  
Italiyaliklar  tilida  risiko  so‘zi  xatar,  tahdid  ma’nosini,  risicare  so‘zi  qoyadan 
mohirona  o‘tish  ma’nosini  bildiradi.  Fransuzlardagi  risdoe  so‘zi  taxdid,  qoyani 
aylanib  o‘tmoq  ma’nosini  beradi.  Vobster  lug‘atida  risk  –  xavf-xatar,  zarar  va 
yo‘qotish  ehtimoli  deb  ta’riflangan.  Ojegova  lug‘atida  risk  -  xavf  ehtimoli  yoki 
muvaffaqiyat  umidida  xavf  tomon  borish  ma’nosida  kelishi  ko‘rsatilgan.  Iqtisodchi 
Ye.S.Stoyanovaning  “Moliyaviy  menejment”  kitobida  “risk  -  bu  zararning  paydo 
bo‘lishi  yoki  prognozlashtirilganidek  daromad  ololmaslik  xavfi  ehtimoli”  deb  ta’rif 
beradi.  Graboviy  P.G.,  Petrova  S.N.larning  “Zamonaviy  biznesda  risk”  kitobida 
ta’riflanishicha,  “Risk  deganda  ma’lum  bir  ishlab  chiqarish  va  moliyaviy  faoliyat 
natijasida  korxona  tomonidan  o‘z  resurslarini  ma’lum  qismidan  ayrilish,  foyda 
ololmaslik  yoki  qo‘shimcha  harajatlar  qilish  ehtimoli”dir.  Iqtisodchi  Chaliy-
Prilutskiy  V.A.ning  “Bozor  va  risk”  kitobida  keltirilishicha:  “Risk  -  bu  tanlov 
sharoitida  bajarilgan  shunday  faoliyatki,  qachonki  muvaffaqiyatsizlik  sharoitida 
tanlov oldidagiga nisbatan og‘irroq sharoitga tushib qolish ehtimoli mavjud bo‘ladi”
1
.  
Risk  –  bu  bashorat  qilinayotgan  loyihani  amalga  oshirishda  xaqiqiy 
sharoitlardan ozgina chekinilganda daromadlarni ololmaslik yoki zararlarning yuzaga 
kelish  ehtimolidir.  Risk  kutilishi  mumkin  bo‘lgan  xatar  bo‘lib,  investitsiyadan 
mo‘ljallangan  foydani  olish  jarayoniga  xos  bo‘lgan  noumidsizlikdir.  Risklarning 
paydo  bo‘lish  sabablari  turlichadir.  Masalan,  ma’lumotlarning  tanqisligi  yoki  to‘liq 
bo‘lmasligi,  tashqi  va  ichki  muhitdagi  harakatlar  (raqobatchilar,  ishchilar  holati, 
xukumat  va  boshqalarning  harakatlari)  va  h.k.  “Risk”  tushunchasiga  juda  yaqin 
bo‘lgan  “noaniqlik”  tushunchasi  riskning  aniq  turlarini  tasniflash  uchun  sinonim 
sifatida  qo‘llaniladi.  Noaniqlik  –  bu  investitsion  loyihani  amalga  oshirish  shart-
 
1
 Морозов Д.С.Проектное финансирование:управленение рисками. Учебное пособие. – М: Анкил, 1999, 26 с.  



 
sharoitlari  xaqidagi  ma’lumotlarning  to‘liq  yoki  aniq  yemasligidir.  Masalan, 
inflyatsiya  xaqidagi,  texnika-texnologiyalardagi  o‘zgarishlar  haqidagi,  loyiha 
quvvatining,  ob’ektning  qurilish  va  foydalanishga  topshirish  muddatlari,  harajat  va 
natijalarning  notug‘ri  hisob-kitob  qilinishi  kabi  ma’lumotlarning  to‘liq  yoki  aniq 
emasligi natijasida noaniqlik yuzaga keladi.  
Riskni  tushunishda  ikki  xil  qarash  mavjud.  Birinchidan,  risk  –  bu  ob’ektiv, 
ya’ni xavf-xatar, muvaffaqiyatsizlik va uning natijasida moliyaviy resurslarining bir 
qismidan yoki butunlay ajralish, rejalashtirilgan daromadni ololmaslik, zarar ko‘rish 
deb  qarash.  Ikkinchidan,  risk  –  bu  sub’ektning  xavf-xatar,  muvaffaqiyatsizlik,  zarar 
ko‘rish  ehtimolini  bila  turib,  yaxshi  natijaga  erishish  umidida  faoliyatni  amalga 
oshirish deb  qarash.  Demak,  ikkinchi xil  qarashda  risk  faoliyatdir, faoliyat  boshlash 
yoki boshlamaslikning sharti.  
 
 Ammo  shu  o‘rinda  aytish  joizki,  investitsiya  loyihasini  amalga  oshirish 
jarayonida  yuzaga  kelish  imkoniyati  bilan  bog‘liq  salbiy  holatlar  va  oqibatlar  risk 
tushunchasi  bilan  izohlanadi.  Risk  bilan  noaniqlikning  farqi  shundaki,  natijalar 
ehtimolligi  joriy  davr  ma’lumotlari  asosida  baholanayotgan  vaqtda  risk  e’tiborga 
olinadi.  Noaniqlik  esa  bunday  ehtimollik  o‘tgan  va  kelasi  davr  ma’lumotlari 
yetishmasligi  yoki  to‘liq  emasligi  sababli  sub’ektiv  aniqlangan  vaqtda  e’tiborga 
olinadi.  Har  qanday  holda  ham  kelgusi  iqtisodiy  holatlar  istiqbolini  belgilash 
(inflyatsiya, foiz stavkasi, talab va taklif, ishlab chiqarish, sotish hajmi va boshqalar) 
kelajakning  ma’lum  emasligi  sababli  faqat  taxminiy  va  noaniq  natijalar  bo‘lishi 
mumkin.  
 
Risklarning  har  ikkalasi  ham  loyihadagi  yo‘qotish  va  zararlarga  bog‘liq 
bo‘lganligi  uchun  ularning  bir-biri  bilan  uzviy  aloqadorlikda  ifodalash  maqsadga 
muvofiqdir.  Investitsiya  risklarini  turli  belgilar  bo‘yicha  tasniflash  mumkin  (21.1  – 
jadval). Shu o‘rinda aytish joizki, risklardan mutloq yo‘qotishlar “0” ga teng bo‘lgan 
holatini  yuzaga  keltiradi.  Bunday  holatdan  chiqish  esa  tadbirkorning  innovatsion 
g‘oyalarini amaliyotda qo‘llash darajasi bilan bog‘liq bo‘ladi.     


 
 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish