mavzu: investitsiya faoliyatida kapital qurilish – mavzu: Kapital qurilish va kapital qo‘yilmalar. Reja


Aytish  joizki,  xorij  iqtisodchi  olimlaridan  B.Nidlz,  X.Anderson  va  D.Kolduyellar  “nomoddiy  aktivlar



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/148
Sana09.07.2021
Hajmi3,81 Mb.
#113868
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   148
Bog'liq
9.1-мавзу

 
Aytish  joizki,  xorij  iqtisodchi  olimlaridan  B.Nidlz,  X.Anderson  va 
D.Kolduyellar  “nomoddiy  aktivlar  –  jismoniy  ko‘rinishga  ega  bo‘lmagan,  sotib 
olinayotgan  aktivlar  tarkibida  kapital  qo‘yilmalarni  tashkil  etuvchi  asosiy  aktivlar”, 
deb qaraydilar
2
.  R.Entoni nomoddiy aktivlarni  “yakka  tartibda  sotiluvchi  aktivlar va 
korxona  bilan  birga  sotiluvchi  aktivlar”,  deb  e’tirof  etadi.  Yakka  tartibda  aks 
ettiriluvchi aktivlar barcha huquqlarni o‘zida namoyon  etsada, mahsulotlar belgilari, 
uning xilma-xilligi korxonaning umumiy qiymatiga qo‘shiladi.  
 
1
 “Ko’rinmas”, “sezib bo’lmaydigan”, “ushlab bo’lmaydigan” aktivlar tushuniladi. 
2
 Нидлз Б., Андерсон Х., Колдуэлл Д. Принципы бухгалтерского учета. – М.: «Финансы и статистика»,  1996. – 
С. 227. 


 
Rossiyalik  iqtisodchi  olim  A.Sheremet  nomoddiy  aktivlarga  umumiy  holda 
quyidagicha  ta’rif  beradi:  “…moddiy  qiymatga  ega  bo‘lmagan  yuridik  va  boshqa 
huquqiy munosabatlarni o‘zida namoyon etuvchi, o‘z egasiga ma’lum vaqt davomida 
foyda  (daromad)  keltiruvchi,  foydalanuvchilar  uchun  qulayliklarni  yaratuvchi 
aktivlardir”
3

 
Hozirgi  kunga  qadar  chop  etib  kelingan  iqtisodiy  adabiyotlarda  “nomoddiy 
aktivlar  o‘zida  nojismoniy  elementlarni  tavsiflovchi  aktivlardir”  yoki  “nomoddiy 
aktivlar  –  korxona  aktivlarining  ajralmas  bir  qismi  hisoblanib,  ular  buyum  shakligi 
ega  bo‘lmaydi”  yohud  “nomoddiy  aktivlar  -  moddiy  ko‘rinishga  ega  bo‘lmagan 
intellektual  faoliyat  mahsuli,  ya’ni  intellektual  mulk”,  deb  ta’riflangan.  Demak, 
nomoddiy  aktivlarning  tushunchasi  ularning  xususiyatlaridan  kelib  chiqadi.  Ular 
moddiy  ko‘rinishga  ega  bo‘lmagan,  uzoq  vaqt  davomida  harajatlarga  aylanib 
boruvchi,  korxonaga  kelajakda  daromad  keltiruvchi  va  aktivlarning  bir  qismini 
tashkil  etadigan  hamda  huquqiy  munosabatlarni  o‘zida  mujassam  qiluvchi  aktivlar 
hisoblanadi.  Shuningdek,  nomoddiy  aktivlar  moddiy  mohiyatga  ega  bo‘lmagan 
aktivlarga  bo‘lgan  va  uning  egalariga  uzoq  davr  davomida  muayyan  daromad  yoki 
boshqa xil foyda olishni ta’minlaydigan aktivlarga nisbatan mulkiy huquqlardir. 
 
Umumiy  tarzda  yondashib  fikr  yuritadigan  bo‘lsak,  korxona  faoliyatida  bir 
yildan  ortiq  ishtirok  etadigan,  kelgusida  iqtisodiy  naf  keltira  oladigan, 
indentifikatsiyalanuvchi,  moddiy  buyumlashgan  shaklga  ega  bo‘lmagan  aktivlarga 
nomoddiy aktivlar deyiladi. Nomoddiy aktivlar boshqa aktivlardan quyidagilar bilan 
farqlanadi:  
 
– asosiy vositalardan – moddiy-mulkiy qiymatlikka yega bo‘lmasligi bilan;  
 
– tovarlardan – sotish uchun mo‘ljallanmaganligi bilan;  
 
–  ishlab  chiqarish  zaxiralaridan  –  ishlab  chiqarish  jarayonida  uzoq  muddat 
(bir yildan ortiq) foydalanilishi bilan.  
 
Ko‘p  hollarda,  nomoddiy  aktivlar  deganda  ma’lum  qiymatlikka  ega  bo‘lgan 
intellektual  mulk  ob’ektlari,  mulk  huquqlari  tushuniladi.  Bozor  munosabatlarining 
tobora rivojlanib borishi va erkinlashishi hamda raqobat muhitini keskinlashib borishi 
 
3
 Шеремет А., Рахман З. Бухгалтерский учет в рыночном экономике. – М.:«Инфра-М», 1996. – С. 135. 


xo‘jalik  yurituvchi  sub’ektlarining  aktivlari  tarkibida  nomodiy  aktivlar  hissasini 
orttirib  borishni  taqozo  etadi.  Nomoddiy  aktivlar  bo‘lib,  korxonaga  mulkchilik 
xuquqlarida  tegishli  bo‘lgan  aniq,  moddiy  asosga  ega  bo‘lmagan,  pul  shaklida 
bo‘lmagan aktivlar hisoblanadi, ishlab chiqarishda, xizmat ko‘rsatishda, ijara uchun 
yoki  ma’muriy  maqsadlarda  bir  yildan  ortiq  ishlatiladi  va  daromad  keltiradi. 
Nomoddiy  aktivlar  xo‘jalik  yuritish  faoliyatida  uzoq  vaqt  (bir  yo‘ldan  ko‘p  vaqt) 
mobaynida  foydalanilgan  moddiy  ashyoviy  mazmunga  ega  bo‘lmagan  mulk 
ob’ektlaridir.  Nomoddiy  aktiv  deb  e’tirof  etish  uchun  mulk  ob’ekti  quyidagi 
shartlarga javob berishi talab etiladi: 
 
-  foydalanish  evaziga  iqtisodiy  yoki  boshqa  turdagi  samara,  daromad  (foyda) 
keltirishligi;  
 
- xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lishi mumkin;  
 
- moddiy ashyoviy asosga ega bo‘lmasligi;  
 
- qiymatga ega bo‘lishligi va uni aniq o‘lchash mumkinligi. 
 
Intellektual  mulk  ob’ektlari  iqtisodiy  ob’ekt  sifatida  o‘zining  o‘rni  va  roliga 
egadir.  Intellektual  mulkni  boshqa  mulk  ob’ektlaridan  farqi  shundaki,  u  inson 
salohiyatini  hosilasini  tashkil  etadi.  Intelektual  mulk  uning  kelib  chiqishi  va  tashkil 
etish  xususiyatlaridan  kelib  chiqib  hamda  mualliflik  huquqi  himoyalanishi  jihatidan 
ikkita  turga  ajratiladi:  sanoat  mulki;  asarlar.  Sanoat  intellektual  mulki  tarkibiga 
tegishli hukumat  muassasasi  tomonidan berilgan  patent  bilan  e’tirof  etilgan  ixtirolar 
kiradi.  Lekin  barcha  turdagi  ixtirolar  ham  to‘lov  qobiliyatiga  ega  bo‘lavermaydi. 
Patent  orqali  himoyaga  olingan  ixtironing  mualliflik  guvohnomasi  bilan 
himoyalangan iqtidordan farqi shundaki patent bilan himoyaga olingan ixtironi patent 
egasigina  qo‘llash  huquqiga  yegadir.  Mualliflik  guvohnomasi  esa  iqtidorni  istisno 
sifatida faqat davlat tomonidan qo‘llanilishi mumkinligini e’tirof etadi, muallifga esa 
mukofot to‘lovi huquqini beradi. 
 

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish