Darsning tashkiliy qismi: 1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash. Darsning rejasi: Elektrolitlar. 2.Noelektrolitlar. 3.Dissotsatsiya nazariyasi. 4.Elektrolitik dissotsatsiya nazariyasini modda tabiatiga bog‘liqligi. 5.Gidroliz.
Darsni quyidagi tajriba bilan boshlash maqsadga muvofiq.
Elektr o‘tkazuvchanlikni tekshirish asbobi yordamida quyidagilarning elektr o‘tkazuvchanligini sinab ko‘ring (6-rasm):
distillangan suv
osh tuzi eritmasi
spirt
o‘yuvchi natriy eritmasi
sulfat kislota eritmasi
va C) holatlarda nima uchun lampochka yonmadi?
Qolgan holatlarda nima uchun lampochka yondi?
Bu savollarga o‘quvchilarning fikrlarini bilgandan so‘ng o‘qituvchi o‘quvchilar fikrlarini xulosalaydi va darsni bayon etadi.
Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o‘tkazadigan moddalar elektrolitlar deb ataladi.
Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o‘tkazmaydigan moddalar elektrolitmaslar deb ataladi.
Elektrolitning suv yoki boshqa qutbli erituvchi ta’sirida erishida hamda yuqori temperatura ta’sirida suyuqlanganda ionlarga ajralishi hodisasi elektrolitik dissotsialanish deb ataladi
Elektrolitik dissoyilanish jarayoni qaytar reaktsialardir.
HClH++Cl-; Na2SO42Na++SO
Elektrolitik dissoyilanish nazariyasini1887 yilda S.Arenius kashf etgan.
Eritmadagi elektrolit molekulalarini qncha qismini ionlarga ajralagnligini bildiruvchi kattalik dissotsilanish darajasi deb ataladi va harfi bilan belgilanadi.
Bunda: va moddalarning muvozanat paytdagi kontsentratsiyasi.
-elektrolitning muvozanat paytdagi kontsentratsiyasi.
Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuzlar (KNO2,Na2CO3,K2S va …) suvda eritilganda gidrolizlanadi. Na 2CO3+HOH2Na++HCO-3+OH- Bunday tuzlarning suvdagi eritmasi ishqoriy muxitga ega bo’ladi.
Kuchsiz asos va kuchli kislota hosil bo’lgan tuzlar (ZnCl2, Al2(SO4)3,Cu(NO3)2 …) suvda eritilganda gidrolizlanadi.
ZnCl2+HOHZnOH+ + 2Cl- + H+ Bunday tuzlarning gidrolizlanishidan muxit kislotali bo’ladi.
Kuchsiz asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuzlar ( (NH4)2 CO3, COONH4, Cr2 S3 …) gidrolizlanganda hosil bo’lgan yangi asos va kislotani kuchiga qarab muxit turlicha bo’ladi. Yani gidroliz oxirigacha boradi.
CH3COONH4+H2OCH3 COOH+NH4OH
Juda kuchsiz asos va juda kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuzlarning gidrolizi
oxirigacha sodir bo’ladi. Cr2S3+6H2O Cr(OH)3 + H2S
Bunday xollarda eritmani muxiti gidroliz natijasida hosil bo’lgan kislota va asosning kuchiga qarab kuchsiz kislota yoki kuchsiz ishqoriy bo’ladi.
Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo’lgan tuzlar gidrolizlanmaydi.