Mavzu: Kimyoviy bog`lanishning turlari: kovalеnt (qutbsiz va qutbli), ionli bog`lanishlar. Darsning maqsadi: 1. Ta`limiy maqsad: Kimyoviy bog`lanishning turlari: kovalеnt (qutbsiz va qutbli), ionli
bog`lanishlar. Elеmеntlar valеnt imkoniyatlari haqida bilim ko`nikma va malaka berish;
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida nutqini oshirish va tarbiya berish;
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni ongini tafakkurini o`stirish dunyoviy bilimlarini rivojlantirish.
4. Kompitensiyaelementlari: Fangaoidkompitensiya- kimyoviy bog‘lanish turlari, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, biladi va tushuntira oladi; Umumiykompitensiya-Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi, Kommunikativ kompetensiya Dasrning turi: an`anaviy Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar to`plami va darslik.
Darsning tashkiliy qismi: 1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash. 3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsni rejasi. 1. Kimyoviy bog‘lanish. 2.Kimyoviy bog‘lanish turlari.
3.Elementlarning valent imkoniyatlari. 4.Oksidlanish darajalari.
Yangi darsning bayoni Darsda birikmalarning xossalari ularning kimyoviy bog‘lanish tabiatiga bog‘liqligini tushuntirishni quyidagi savollar ketma-ketligi asosida suhbat tarzida tashkil etish orqali amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
1.Kimyoviy bog‘lanishlarning qanday turlarini bilasiz?
2.Cl2, O2, N2 molekulalari qanday bog‘langan?
3.HCl, H2O, NH3 molekulalaridagi bog‘lanish tabiati qanday?
4.Elektromanfiyligi bir-biridan keskin farq qiluvchi atomlar orasida qanday bog‘lanish
hosil bo‘ladi?
5.Suv nima uchun suyuq agregat holatida bo‘ladi?
6.Ammiakning suvdagi eritmasida qanday bog‘ paydo bo‘ladi?
7.Metallarning elektr va issiqlik o‘tkazuvchanligini qanday tushuntirish mumkin?
O‘quvchilardagi mavjud BKM asosida mavzu qisqacha bayon etiladi.
Kimyoviy bog‘-ikki yoki undan ortiq atomlarning o‘zaro ta’sirlashuvi bo‘lib, bunda kimyoviy barqaror ikki- yoki ko‘p atomli sistemalar (masalan: molekula yoki kristall) vujudga keladi.
Bog‘ yo‘nalganligi-molekulaning fazoviy strukturasini, shaklini belgilaydi;
Bog‘ qutbliligi-bog‘ o‘qi atrofida umumiy elektron juftining taqsimlanishi asimmetriyasi bilan belgilanadi;
Bog‘ karraligi-atomlarni bog‘lab turuvchi elektron juftlar soni bilan aniqlanadi;
Bog‘ uzunligi-atom yadrolari orasidagi masofaning muvozanat holati (nm larda o‘lchanadi);
Bog‘ energiyasi-bog‘ni uzish uchun bajariladigan ishga teng (kJmol larda o‘lchanadi)
Atomlarning umumiy elektron jufti yordamida hosil qilgan bog‘i kovalent bog‘ deb nomlanadi:
Kimyoviy element atomining umumiy elektron juftni o‘ziga tortish xususiyati elektro manfiylik deb ataladi
Elektromanfiyliklari qiymati bir xil bo‘lgan atomlar orasidagi kovalent bog‘ qutbsiz kovalent bog‘ deb ataladi (umumiy elektron jufti qo‘shni yadrolar orasida simmetrik joylashadi);
Elektromanfiyliklari qiymati turlicha bo‘lgan atomlar orasidagi kovalent bog‘ qutbli kovalent bog‘ deb ataladi (umumiy elektron jufti yadrolardan biri tomonga siljigan holda bo‘ladi);
Atomlar elektron biriktirishi yoki yo‘qotishidan hosil bo‘lgan zarralar ionlar deb ataladi
Ionlardan hosil bo‘lgan birikmalar ion birikmalar deb ataladi
Ionlar orasidagi bog‘ ion bog‘ deb ataladi
Elektronlar berish jarayoni oksidlanish deb yuritiladi
Elektronlar qabul qilish jarayoni qaytarilish deb yuritiladi
Elektromanfiyligi katta bo‘lgan elementlar bilan vodorod atomi orasida vujudga keladigan ikkinchi darajali kimyoviy bog‘lanish vodorod bog‘lanish deyiladi
Metallarda musbat ionlar va umumiy elektronlar orasida vujudga kelgan kimyoviy bog‘ metall bog‘ deb yuritiladi