Mavzu: bosh miya katta yarim sharlarining fiziologiyasi dars rejasi



Download 66 Kb.
bet4/4
Sana13.05.2023
Hajmi66 Kb.
#938332
1   2   3   4
Bog'liq
23-Ma\'ruza

Katta yarim sharlar po'stlog'ining assotsiativ sohalari. Yuzaga chiqarilgan potensiallarni qayd qilish shuni koisatdiki, afferent impulslar talamus yadrolaridan sesor sohalargagina emas, balki shu bilan bir vaqtda yondosh sohalarga ham kiradi. Katta yarim sharlar po’stlog’ining shu sohalari assotsiativsohalar deb ataladi (ularyuqorida ko‘zdan kechirilgan birlamchi sensor sohalardan farq qilinib, ikkilamchi sensor sohalar deb ham ataladi). Assotsiativ sohalar sensor sohalarning chekkasi bo’ylab joylashadi va ulardan hamma tomonga 1-5 sm chamasida yoyiladi.
Assotsiativ sohalardagi hujayralarning muhim xususiyati shuki, ular turli reseptorlaning periferik ta‘sirlariga reaksiya ko’rsata oladi. Masalan, mushukning ikkilamchi eshituv sohasida shunday qismlar topilganki, ularda tovush ta‘sir etgandagina emas, yorugiik ta'sir etganda yoki teriga elektr toki ta‘sir etganda ham yuzaga chiqarilgan potensiallar paydo bo‘ladi. Har xil reseptor sistemalaridan impuls olib keluvchi afferent yoylar ikkilamchi sensor sohalarning po‘stloqdagi hujayralarida konvergensiyalanishi shundan guvohlik beradi.
Assotsiativ sohalarni olib tashlash natijasida sezuvchanlikning shu turi yo‘qolmaydi, lekin ayni vaqtda ko’pincha ta‘sirning ahamiyatini to’g’ri baholash qobiliyati buziladi. Masalan, odamda ikkilamchi ko’ruv sohasi hisoblanadigan 18 va 19-maydonlar (Brodman boyicha) yemirilganda bemor hech qachon ko'r bo‘lib qolmaydi, ammo ko'rgan narsasini baholash qobiliyatidan mahrum bo'lib qoladi.
Shu jumladan, bemor o’qiyotganda so’zlaning ma‘nosiga tushunmaydi.
Yarim sharlar po’stlog’ining chakka sohasidagi ikkilamchi eshituv sohasi yemirilsa, bemor ko'pincha eshitgan so’zlarining ma‘nosini tushunmaydigan bo ‘lib qoladi.
Bu faktlarning hammasi shuni ko’rsatadiki, katta yarim sharlar po’stlog’ida ta‘sirlarni analiz va sintez qilish jarayonlarida assotsiativ sohalar muhim ahamiyat kasb etadi. Evolyutsion taraqqiyot jarayonida katta yarim sharlar po'stlog'idagi assotsiativ sohalarning egallagan maydoni tobora ortib borganligi va odamda eng katta miqdorga yetganligi ham shundan guvohlik beradi.
Odamda assotsiativ sohalarning sensor sohalardan farq qiladigan muhim xususiyati shuki, ular yemirilganda muayyan funksiyalar faqat qisqa vaqt buziladi. Yarim sharlar po’stlog’ining qolgan qismlari keyinchalik yemirilgan assotsiativ sohalar funksiyasini o’z zimmasiga oladi va shikastlanish kompensatsiyalanadi.
Likvor. Miyaning ichida va pardalari ostida likvor yoki bosh miya bilan orqa miya o'rtasidagi suyuqlik bilan to'lgan katta kamgaklar bor. Likvor miya qorinchalarini, orqa miyaning markaziy kanalini, bosh miya bilan orqa miyaning o'rgimchak uyasimon parda ostidagi kamgagini to'ldiradi.
Qorincha likvori va o'rgimchakuyasimon parda ostidagi likvor uzunchoq miya sohasidagi juft Magendie va toq foramen Luschka orqali o'zaro to‘tashadi.
Odamdagi likvor 120-150 ml, shu bilan birga ko'proq likvor o'rgimchakuyasimon parda ostidagi kamgaklarda va faqat 20-40 ml likvor qorinchalarda bo'ladi. Likvor tiniq va rangsiz. Solishtirma og’irligi 1,005-1,007, reaksiyasi sal-pal ishqoriy: PH qonnikiga yaqin. Likvorda juda ozgina limfotsit hujayralar bor (1 mm3 da 1 dan 5 tagacha). Likvor oqsillaning kamligi bilan qon va limfadan farq qiladi (oqsillar qonda 7-8% ga yaqin, limfada 0,3-0,5%, likvorda esa faqat 0,02%). Anorganik tuzlar qonda qancha bo`lsa, likvorda ham taxminan o’shancha. Likvorda fermentlar va immun jismlar (antitelolar) yo’q.
Qorinchalarining tomirlar chigalini qoplovchi hujayralar faol sekretsiyasi natijasida likvor hosil bo'lishini bir qancha ma‘lumotlar ko'rsatib turibdi.
Likvor miyaning o’ziga xos ichki muhiti bo’lib, uning tuzlar tarkibini va osmotik bosimini bir xilda saqlab turadi. Bundan tashqari,, likvor miyaning gidravlik yostiqchasi bo'lib, nerv hujayralarini mexaniq shikastlardan yaxshi saqlaydi.
Likvor sirkulyatsiyasi buzilganda markaziy nerv sistemasining faoliyati buziladi. Likvorning ahamiyati shundan iboratki, u miyaning ma‘lum darajada oziqlantiruvchi muhiti hisoblanadi. Likvorning yana bir ahamiyati shuki, miya to’qimalarida modda almashinuvidan hosil bo’ladigan tashlandiq moddalar likvor yordamida miyadan ketib, qonga qo'shiladi.
Ba‘zi moddalar qonga yoki likvorga kiritilganda butunlay boshqacha ta‘sir etishi mumkin. Gemato-ensefalik barer orqali o’tmaydigan modda qonga kiritilsa, a‘zoning shu moddaga ko’rsatadigan reaksiyasiga bog'liq bo’ladi. Bordi-yu, o’sha modda bevosita likvorga kiritilsa, bunga javoban ro’y beradigan reaksiya avvalo, moddaning nerv markazlariga ta‘sir etishiga bog’liq. Masalan, quyidagi fakt shu bilan izohlanadi: adenozintrifosfat kislota qonga kiritilsa, arteriyalar va arteriolalar kengayishi sababli arterial bosim pasayib ketadi; ensa suyagining ostidan igna sanchib, shu moddaning o’zi likvorga bevosita kiritilsa, arterial bosim ko'tariladi, chunki adenozintrifosfat kislota uzunchoq miyadagi tomir harakatlantiruvchi markazni qo’zg’atadi.
Nazorat savollari

  1. Bosh miya katta yarimsharlarining sathi qancha?

  2. Bosh miya katta yarimsharning tekshirish usullari.

  3. Bosh miya katta yarimsharning oq moddasining vazifasi nima?

Download 66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish