Mavzu: bilish nazariyasi



Download 95 Kb.
bet14/16
Sana09.11.2022
Hajmi95 Kb.
#862753
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
6 mavzu. Bilish nazariyasi

Relyativizm esa, dogmatizmdan farqli o‘laroq, inson bilishida hosil bo‘lgan bilimlarning nisbiy tomonlarini mutlaqlashtirib, inson bilimlari faqat nisbiy haqiqatlardan iborat, deb, mutlaq haqiqatni butunlay inkor qilish tufayli kelib chiqadi. Bu oqim vakillarining fikricha, inson borliq va uning qonunlarini faqat qisman bilar emish, nisbiylik inson bilimlarining hammasiga xos emish. Bu bilan ular inson bilimlarining hammasini nisbiy, deb e’lon qilib, mutlaq haqiqatning borligini, uning inson bilishiga xosligini butunlay rad qiladi. Relyativizm shu sababli bilishda muqarrar ravishda yo agnostitsizmga, yoki sub’ektivizmga olib boradi. Shuni ham aytish zarurki, relyativizm umuman olganda, bir butun inson bilish jarayoniga xosdir, chunki bizning bilishimiz nisbiy haqiqat bo‘lgan bilimlardan mutlaq haqiqatga tomon rivojlanib boradi. Bunda relyativizm bor, lekin bilimlarimiz faqat nisbiy haqiqatlardan iborat, deb, relyativizmni bilish nazariyasiga asos qilib olish agnostitsizmga va skeptitsizmga olib keladi.
Pragmatizm oqimi vakillari esa, har qanday ishning, amalning va bilimning haqiqatlik mezoni uning insonga keltiradigan foydasi bo‘lishi kerak, deyishadi. Haqiqatda esa foydali bo‘lish, foyda keltirish - bular inson bilimlarining haqiqatlik mezoni emas.
Ekzistensializm falsafasi vakillari bo‘lsa, inson bilimlarining haqiqatlik mezoni - bu har bir kishining o‘z ehtiyoji, maqsad va manfaatlaridir, deyishadi. Ularning qarashicha hech qachon ikki kishining ehtiyoji, intilishlari bir-biriga to‘la mos kelmaydi. Shu sababli haqiqatning barchaga baravar bo‘lgan mezoni bo‘lishi mumkin emas.
Yolg‘on haqiqatning qarama-qarshisi. Yolg‘on odatda noto‘g‘riligi ayon bo‘lgan tasavvurlarni bila turib haqiqat darajasiga ko‘tarish sifatida tushuniladi. Yolg‘on kundalik va ijtimoiy hayotda keng tarqalgan bo‘lib, odamlar o‘zaro aloqa qiluvchi hamma joyda uchraydi; u individlar va ijtimoiy guruhlar manfaatlarining «uchraShuvi» yuz beradigan har qanday insoniy munosabatlar funksiyasidir. Gap yolg‘on mavjud yoki mavjud emasligida emas (oddiy hayot tajribasi uning mavjudligidan dalolat beradi), balki har bir muayyan holda uning ulushi qanchaligidadir.
Yanglishish – o‘z predmeti bilan mushtarak bo‘lmagan, unga mos kelmaydigan bilim. Haqiqat yoyilishi va teranlashuvining barcha bosqichlarida uning doimiy va zaruriy hamrohi yanglishishdir. Haqiqat nima va uni yanglishishlardan (Bekon ta’biri bilan aytganda, «tafakkur butlari»dan) qanday qilib xalos etish mumkin, degan savollar odamlarni (faqat fan sohasidagina emas) doim qiziqtirib kelgan. Haqiqat va yanglishish kategoriyalari bilish nazariyasidagi yagona bilish jarayonining ikki qarama-qarshi, lekin bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ikki tomonini ifodalovchi asosiy kategoriyalardir. Bu tomonlarning har biri o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, ularni quyida ko‘rib chiqamiz.
AMALIYOT. Bilishning negizini amaliyot tashkil etadi. Bu insonning butun bilish jarayoni sezgilardan boshlab ilmiy mavhumliklarga qadar ijtimoiy-amaliy faoliyat asosida rivojlanishi, uning ehtiyojlari va muvaffaqiyatlari bilan belgilanishi va yo‘lga solinishini anglatadi.

Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish