Mavzu: Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Reja



Download 1,37 Mb.
bet7/16
Sana07.09.2017
Hajmi1,37 Mb.
#19179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16

Adabiy merosi. Nisoriy uning turkcha va forscha devon tartib qilganini xabar beradi. Biroq bu devonlar bizgacha yetib kelgan emas. Taqdiri noma'lum. Nisoriy keltirgan turkiy va forsiy baytlar, haqiqatan ham Xojaning iste'dodli shoirlardan bo'lganini ko'rsatadi. Xususan, bir g'azalini Zahiriddin Boburga yuborganini va she'r unga ma'qul bo'lib, maqtaganini qayd etib o'tadi. Mana o'sha she'r:

Kunduz avqotim1 sening hajringda nolon kechadur,

Kecha ham zulfung kabi holim parishon kechadur.

Anbarin zulfung xayolidin ko'zumga, ey pari,

Yil-u, oy-u soat-u kun bori yakson kechadur.

Ulki, jondin kechadur, sham'i visolingni ko'rub,

Vah na xush vaqtu na xush soat na oson kechadur.

Ravshan o'lg'ay davlati vaslida hijron oqshomi,

Gar gunohimdin bilib, ul mohi tobon kechadur.

Xoja yanglig' nola qil, zulfi g'amidin kechalar,



Kim mahalli nolavu faryodu afg'on kechadur. 1 Avqot — vaqtlar.

Darhaqiqat, she'r yuksak san'atkorlik bilan yozilgan. Shoir so'zlarning ma'no va ohang tovlanishlaridan juda ustalik bilan foydalangan. Masalan, g'azalda radif bo'lib kelayotgan „kechadur" ko'p o'rinlarda ikki ma'noda kelyapti. Uchinchi-to'rtinchi baytlarda bular yoniga „voz kechmoq", „gunohini kechmoq" ma'nolari ham qo'shilyapti. Bir so'z bilan aytganda, butun she'rni birgina so'z — „kechadur" har maqomga solib o'ynatmoqda. Bu juda nozik, yuksak mahorat talab qiladigan ishdir, Dastlabki baytlariga ko'z tashlaylik. She'rning har bir misrasi bir necha xil ma'no ifodalaydi. Jumladan, birinchi bayt birinchi misrasining birinchi ma'nosi: kunduzi vaqtim sening hajringda nola bilan o'ta (kecha)di. Ikkinchi ma'nosi: kunduz kunim sening hajring tufayli qora tun (kecha)dir. Shu baytning ikkinchi misrasining birinchi ma'nosi: holim kechasi ham yoyilgan sochlaringdek parishondir; ikkinchi ma'nosi: tun ham sochlaring singari hamma yoqni qoplab olgandir. Ikkinchi baytning birinchi ma'nosi: ey pari, anbar hidli qop-qora sochlaring xayolida yil, oy, soat, kunning hammasi ko'zimga bir xil (yakson), ya'ni qop-qora ko'rinadi. Ikkinchi ma'nosi: ey pari, anbar hidli qop-qora sochlaring xayolida yil, oy, soat, kunning hammasi ko'zimga bir xil (yakson), ya'ni qop-qora kechadir. Shu baytning uchinchi ma'nosi: „yakson" (bir xil) so'ziga „yil, oy, kun, soat birdek o’tadi", degan ma'no ham berish mumkin. Shunda birinchi aniqlovchi so'z „yil" bo'lganligi uchun hammasi birdek, ya'ni yildek o'tadi degan mazmun kelib chiqadi. Shu tariqa, g'azalning har bir baytidan qavat-qavat ma'nolarni uqish mumkin. Xojaning „Maqsad ul-atvor" nomli bir dostoni ham yetib kelgan. Doston 1514 — 1520- yillarda Jonibek sulton nomiga bitilgan bo'lib, Nizomiy Ganjaviy „Xamsa"sining birinchi dostoni „Maxzan ul-asror"ga nazira shaklida (ergashib) yozilgan. Xoja adabiyot tari-xida ko'proq hikoyalar muallifi sifatida qoldi. Uning bizgacha ikki hikoyalar to'plami — Temur Sultonga bag'ishlangan „Miftoh ul-adl" („Adolat kaliti"), Kistan Qaro Odilga bag'ishlangan „Gulzor" yetib kelgan. „Miftoh ul-adl" 1508-1510- yillarda, „Gulzor" 1538- yilda yozilgan. Har ikkisining birgalikda muqovalangan bir necha nusxasi saqlanib qolgan bo'lib, ular O'zbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi sharqshunoslik instituti Qo'lyozmalar fondida saqlanadi. 1962- yilda ulardan ayrim namunalar chop etilgan. „Miftoh ul-adl" katta-kichik mansabdorlarga, shariat ahli uchun o'ziga xos yo'riqnomadir. Kitob o'n besh bobdan iborat. Har bir bobda ma'lum bir ijtimoiy tabaqa yoxud masala tilga olinib, atroflicha tavsiflanadi, din-iymon nuqtai nazaridan ko'rib chiqiladi va ularga mos hikoyalar beriladi. Masalan, unda olimlar (1), sultonlar (2), zolim sultonlar (3), hukm qilmoq (6), da'vo qilmoq (7), ont ichmoq (8), o'g'rilik (9), zino (10), ov qilish (15) kabilar haqida maxsus boblar keltirilgan va har biriga hikoya ilova qilingan. Adib ko'targan masalalar hamda asarning tili haqida ma'lum tasavvur hosil qilish uchun „Miftoh ul-adl" kitobidagi hikoyalardan birini tola keltiramiz:

Hikoyat

Kunlardan bir kim bir podshoh bor edi. Bisyor odil erdi. Bir kun vazirina aydi:

— Haj tavof qilmoqg'a borurman, san borurmusan?
Vazir aydi:

— Ey podshohim, taxtni bo'sh qo'yub, Ka'bag'a borsangiz, el-xaloyiq boshtoq1 bo'lmasmu?! — tedi.

Podshoh aydi:

— Boshtoq bo'lmas, yo'q ersa, manga haj qilg'on hojining savobin sotg'un olib bering, qiyomatda hojilar birla turgayman.

Vazir „Podshoh uchun haj sotg'un olmoq kerak" deb istab yurur erdi, bir kimarsag'a yo'luqti. Ul kishi aydi:

— Falon yerda bir zohid borturur. Yigirma qatla Ka'bag'a yayog' borib turur va taqi haj qilibturar va hech kishining oshin yemas, anga boring. Ul bir haj sotsa, podshoh uchun oling.

Borib ul zohidni podshohg'a olib keldilar. Podshoh aydi:


    • Ey zohid, bir yo’li qilg'on hajingning savobin bizga soturmisan?

Zohid aydi:

  • Nega2 olursiz?

1 Boshtoq — bebosh, egasiz.2 Nega — qanchaga, nimaga?

Sulton aydi:



  • Ming qizil tanga berayin.
    Zohid aydi:

—Ming qizil tanga oz turur. Sulton aydi:

  • Ey zohid, oz bo'lsa, o'n ming qizil tanga berayin.
    Zohid aydi:

  • Oz turur.
    Sulton aydi:

  • O'zing na tilasang tilagil.
    Zohid aydi:

  • Ey podshohim, bir haj na bo'lg'ay, yigirma hajimning savobini sanga berayin, san bir soat adl qilg'oningning savobini manga bersang. Sulton aydi:

— Ey zohid, bir soat adl qilg'onning savobi na bo'lur?
Zohid aydi:

— Bir soat adl qilg'onning savobi odamlarning va farisha talarning va hurlarning ibodatidin ortuq turur.



Xoja shariat ahkomlariga suyangan holda adolatning maqomini shu qadar baland tutgan edi. Xo'sh, adolatning o'zi nima? Adolatni u to'g'rilik, so'z va ish birligi, qonunlarga qat'iy rioya etmoq tarzida tushungan. Hikoyalar, hajman ixcham, tili ham ancha sodda, tushunarli. To'g'ri, ular orasida hajman biroz katta, qurilishi murakkabroq bo'lganlari ham yo'q emas. Masalan, ont ichishga bog'liq bir hikoyaning mazmunini ko'rib chiqaylik:

Bir talaba Sulton Mahmud G'aznaviyga bir qozi ustidan arz qilib boradi. Talaba tahsil uchun boshqa shaharga ketar ekan, otameros ming tilla pulini hamyonga solib, muhrlab qoziga omonat topshirib ketgan edi. Kelib, olib ko'rsa, hammasi mis tanga chiqadi. Hech yeri teshilmagan, muhri joyida. Qozidan so'rasa: „Bilmayman, muhri joyidami, bo'pti-da, nima deysan? Xohlasang, qasam ichaman", — deb javob qildi. Sulton o'ylanib qoladi va nega ont ichirmading, deb so'raydi. Shunda talaba, uning ontiga ishonib bo'ladimi, qozining qasami Laylakniki bilan birdek-ku, deb javob beradi. Sulton Laylak hikoyatini so'raydi. Talaba so'zlab beradi: bir kuni ilonlar to'planishib: „Kelinglar, bu — qismat. Наг daqiqada Laylakdan jon hovuchlab qochib yurganimizdan ко'га har kuni bittamiz navbat bilan boraylig-u qolganlarimiz xotirjam yashab turaylik", — deb gapni bir joyga qo'yib, bir ilonni elchi qilib yubordilar. Laylak rozi bo'ldi, har kuni bir ilondan ortiq yemaslikka ont ichdi. Biroz vaqt o'tib ilon bolaladi, laylak esa kichik bir ilonga to'ymas bo'ldi. Laylak uchib boraversa, ilonlar xotirjam suhbatda, yonlariga keldi-yu, ikkitasini tirnog'iga olib jo'nadi. Ilonlar yig'ilib, arzga bordilar, ichgan ontini o'rtaga soldilar. U: Sizlar bilasizlarmi, men kimman?! Men minora ustida yashayman, masjidning tepasidaman, gunohdan qo'rqmayman, shunday odamning onti bo'ladimi?" — deb javob bergan ekan. Xuddi shu kabi xoin, poraxo'r qozining onti bo'ladimi, deb hikoyasini tugatadi talaba. Hikoya Sultonga ma'qul keladi. Talabaning mis tanga solingan hamyonini olib qolib, o'ziga javob beradi. O'yladi: talabaning so'zi bilan qozini o'ldirsam, pul uchun qildi deb malomat etishlari aniq, otim yomonga chiqadi. Yo'lini topish kerak. Sulton xayoliga birdan shunday fikr keldi. Hamyon qayta tiktirilib, tillasi almashtirib qo'yilmaganmikan. Ertasiga yotgan shohona to'shagining o'rtasidan pichoq tortib ovga ketdi. Farrosh yig'ishtirishga kirsa, to'shak bir ahvolda. Uni vahima bosadi. Tezlikda shahardagi eng usta tikuvchini qidirib topadilar. Bir-ikki kun o'tkazib ovdan qaytgan podsho to'shakning tilingan joyini topa olmaydi. Farroshni tergaydi. Haqiqat ma'lum bo'ladi: qoziga hamyonini shu usta tikib bergan ekan. So'ng sulton pulchilarni qidirib topadi. Ulardan qozi uchun mis tanga yasaganligini aniqlaydi. Nihoyat, sulton qozi bilan talabani huzuriga chaqiradi. Talaba arz qiladi, qozi da'voni rad etadi. Qozi o'z gaplarining to'g'riligiga ont ichadi. Sulton qozini tikuvchi usta va pulchiga yuzma- yuz qiladi. Qozi dorga osilib, talaba uning o'rniga qo'yiladigan bo'ladi. Biroq talaba sultonning taklifini rad etadi va fikrini dalillash uchun bir qator hikoyalar keltiradi. Ulardan birida aytilishicha, bir kuni amiral mo'minin hazrati Alining yonlariga bir guruh odamlar ekin ekiladigan yerdan shikoyat qilib keldilar, — boshlaydi hikoyasini talaba. Ayniqsa bittasi: „Yo Ali, uch yil bo'ldi hosil ekaman, bu yer hech narsa bermaydi",— deb kuyinadi. „Qog'oz, qalam keltiringlar", — deb buyuradi Ali va xat yozib dehqonning qo'liga tutqazadi hamda hosilsiz yerning o'rtasiga ko'mishni buyuradi. Kelasi yil bu yer shunday hosil beradiki, hamma hang-u mang bo'lib qoladi. Sekin o'sha xatni yerning o'rtasidan qidirib topadilar va o'qiydilar. Unda shunday yozilgan ekan: „Ey yer! Bu yil ham hosil bermasang, qozining o'ligini sening bag'ringa ko'mdiraman". It har tunda aytar emish: „Alloh taologa shukrlar bo’lsinki, meni qozi qilmasdan it qilib yaratgan".

Bulardan ko'rinadiki, Xoja adolat masalasiga juda jiddiy qaragan. Qozilarning adolatli bo'lishiga juda qattiq turgan. Aksar qozilarning xiyonatga moyilliklarini, poraga o'chliklarini din va shariat nuqtayi nazaridan ayovsiz fosh etgan.

Gulzor" ham hikoyalar to'plami. U ko'p jihatlari bilan Sa'diy Sheroziyning „Guliston", Abdurahmon Jomiyning „Bahoriston" asarlariga o'xshab ketadi. Ayniqsa, „Guliston"ning ta'siri juda kuchli. Oldingi hikoyalar to'plami — „Miftoh ul-adl"da Shayboniy-xonning o'g'li Temur Sultonga pand-nasihat, yo'1-yo'riq ko'r-satish maqsadi ko'zda tutilgan bo'lsa, bu asar Kistan Qaro uchun dasturulmulk (mamlakatni boshqarish dasturi) vazifasini bajarishi lozim edi. Haqiqatan, undagi hikoyatlar ham juda ibratli, ikkinchidan, bu hikoyatlarning aksariyati xalq og'zaki ijodidan olinib, qayta ishlangan. Yo bo'lmasa, adib mashhur xamsanavislar Nizomiy, Navoiylarning hikoyalarini olib, ularni zamon ruhiga moslaydi. Masalan, Iskandar va darvesh bilan bog'liq hikoya Navoiyning „Saddi Iskandariy" dostonidan olingan. Iskandar bir viloyatga borib, uning hokimini so'ratadi. Podshoh o'lgan, shahzoda esa darveshlik maqomini tutib, go'ristonda yashar ekan. Xalq devona deb atarkan, o'shani chaqiradilar. U taxtni rad etadi va jahongir chorloviga kelmaydi. Iskandar majburlab olib kelishlarini amr qiladi. Devona ikki kalla suyagini ko'tarib keladi va ularni shoh qo'liga berib, ularning biri shohniki, ikkinchisi gadoniki ekanligini aytadi va farqlab berishini talab qiladi. Iskandar, tabiiyki, farqi yo'qligini ma'lum qiladi. Devona u holda podshohlikdan hech bir murod yo'q ekanligini ta'kidlaydi. Iskandar uning devona emas oqil kishi ekanligini aytib, yana taxtni taklif etadi. Devona yana rad etadi. Oxiri u: „Mayli, quyidagi to'rt shartimni bajarsang, podshohlikni qabul qilaman", — deydi va shartlarini aytadi: 1. So'ngida o'limi bolmagan tiriklik. 2. So'ngida qariligi bo'lmagan yigitlik. 3. So'ngida faqirligi bo'lmagan boylik. 4. So'ngida g'ami bo'lmagan shodlik. Iskandar javobda lol qoldi.

Ko'rinadiki, bu hazrati Navoiyning „Saddi Iskandariy" dostonidan olinib, nasriy yo'sinda qayta hikoyalangan. Lekin muallif unda imkon qadar har bir personajning o'ziga xos tabiatini ifodalashga harakat qilgan.

Sulaymon alayhissalom bilan bogiiq hikoya esa, xalq og'zaki ijodidan olingan.

Sulaymon payg'ambarga bir kishi ozgina obi hayot keltiradi. Sulaymon barchani maslahatga chorlaydi. Lekin Butimor degan qush kelmaydi. Uni bir amallab keltiradilar va u shunday maslahat beradi: agar bu suv barcha qarindoshlaring va yon atrofdagilaringga yetsa, ichsang bo'ladi. Agar bir o'zing ichsang, yakka-yolg'iz qolasan, ularsiz sening tirikligingdan nima foyda, pushaymon bo'lasan. Sulaymonga bu so'z ma'qul bo'ladi va suvni ichmaydi.

Hikoyalardan biri Xorun ar-Rashid va shayx Bahlul haqida. Xorun ar-Rashid — o'rta asr Sharqining mashhur donishmand hukmdorlaridan. Shayx Bahlul — latifanamo, afandisifat ishlari bilan mashhur kishi. Bir kuni shayx Bahlul podshoh ziyoratiga borsa, xalifa qayoqqadir chiqqan bo'lsa kerak, taxt bo'm-bo'sh turgan bo'ladi. Uyoq-buyoqqa qarab, yugurib borib, taxtga chiqibdi. Nogoh, bundan yasovullar xabar, topib qolibdilar. Shayxni tanishmas ekan, shosha-pisha qo'1-oyoqlaridan tortib, taxtdan tushirishga kirishibdilar. Hech siljimas emish. Kaltaklashga tushibdilar. Boshlari yorilib, qon oqsa hamki, kulib turaveribdi. Shu vaziyatda Xorun ar-Rashid kirib qolibdi. Xalifa shayxning qoshiga kelib, odob-tavoze' bilan: „Ha, shayx, sizga nima bo'ldi va nega bunday kulasiz?" deb so'rabdi. Shayx debdi: „Man bir soat saning taxtingda o'lturdum ersa urub boshimni yordilar. Sankim, yillardurki, bu taxtning ustida o'lturubsan, saning holing ne bo'lg'ay, deb kularman". Shu tariqa podsholik ishlari, qozilik mashmashalari, umr va uning mazmuni haqidagi falsafiy mushohadalar va eng muhimi, adolat va zulm, xiyonat va sadoqat kabi azaliy va abadiy mavzular Xoja ijodining tub mazmun-mohiyatini tashkil etgan. Muallif bu masallarni goh jiddiy, goh hazil-mutoyiba, goh xalqona chandish shakllaridan samarali foydalangan holda tasvirlagan. Ular janr nuqtai nazaridan o'zbek mumtoz hikoyachiligining eng sara namunalaridan edi. Shu jihatdan, u o'zbek mumtoz adabiyotidagi nasr an'analarini, ayniqsa, Rabg'uziy hikoyachiligini rivojlantirdi va yangi bosqichga olib chiqdi. Ayniqsa, hikoyatlardagi aksariyat timsollarning o'ziga xos fe'l va tabiatga ega qilib tasvirlangani diqqatga molikdir. Ko'pchilik mutaxassislarda o'zbek adabiyotida hikoya janri yigirmanchi asrdan keyin paydo bo'ldi degan qarash bor. Xojaning asarlari bu fikrlarning unchalik to'g'ri emasligini ko'rsatishi jihatidan ham katta ahamiyatga ega. Zamonaviy o'zbek hikoyalari faqat Ovro'podan o'rganishning oqibati emas, balki o'z milliy ildiziga ega bo'lgan estetik hodisadir.
MUMTOZ HIKOYA

Mumtoz hikoya — qadim o'zbek nasrining bir shakli. Ko'pincha, hikoya deyilganda, payg'ambarlar, yarim tarixiy, yarim afsonaviy shaxslar, pir-murshidlar, hukmdorlar, fan-madaniyat, adabiyot-san'at sohalarining mashhur arboblari hayoti, ular bilan bog'liq turli-tuman hodisalar haqida bitilgan qisqa, ixcham, jajji nasriy lavhalar ko'zda tutiladi. Mumtoz hikoyalarning birinchi belgisi ibrat xususiyatining mavjudligidir. Ikkinchi belgisi tugal mazmunga ega bo'lishi kerakligidir. Uchinchi xususiyati hikoyalarning tili murakkab bo'lmasligi, ifoda xalq og'zaki ijodiga yaqin turmog'i lozimligi. To'rtinchidan, hikoyalarda she'riy parcha bo'lishi shart emas. To'g'ri, ko'pchilik hikoyalar she'riy „hissa" bilan yakun topadi. Lekin bu xil „hissa"siz tugagan hikoyalar ham kam emas.


Tayanch tushunchalar:


  • „Muzakkiri ahbob"

  • "Gulzor"

  • "Maqsad ul-avtor”

  • „Miftoh ul-adl"

  • Nosir


Nazorat savollari:
Xoja qachon va qayerda tug’ilgan?

Xojaning hayoti va ijodi haqida nimalarni bilasiz?

„Miftoh ul-adl" qanday asar?

Xoja haqidagi ma’lumotlar qaysi manbalarda saqlanib qolgan?

Xojaning to’liq ismi qanday?

Adib xon saroyida qanday lavozimlarda ishlagan?

Xojaning adabiy merosi haqida so’zlab bering.

Xoja asarlarida qanday g’oya yetakchilik qiladi?

Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. B.Jаlilоv vа bоshqаlаr. O’zbеk аdаbiyoti. T-2006

  2. B.Qоsimоv vа bоshqаlаr. O’zbеk аdаbiyoti. 10-sinf uchun dаrslik. T.-2001

  3. N.Mаllаyеv. O’zbеk аdаbiyoti tаriхi. “O’qituvchi” T.-1965

  4. Q.Yo’ldаshеv vа bоshqаlаr. Аdаbiyot. 7-sinf uchun dаrslik. T.-2003


Mavzu: XVII asrdan XIX asrning birinchi yarmigacha bo'lgan

davrdagi o'zbek adabiyoti. Abulg'ozi Bahodirxon
R E J A:


  1. XVII-XIX asr birinchi yarmida o'zbek adabiyoti.

  2. Abulg'ozi Bahodirxonning hayot yo’li.

  3. Abulg'ozi Bahodirxonning adabiy merosi.

  4. “Shajarai turk” asari.

Bu davrga kelib Markaziy Osiyoda Xiva, Buxoro va Qo'qon xonliklari shakllandi. Xonliklar o'rtasidagi o'zaro urushlar, qirg'inlar davlat va jamiyatning hamma sohalarini tushkunlik va tanazzulga mahkum etdi. Bu tushkunlik davrida ham xalq san'ati va ijodiyoti o'lmadi, nodir mo'jizalar yaratilishi tufayli jon saqladi.

Madaniy hayotining asosiy yunalishlaridan biri tazkirachilik bo'ldi. Mutribiy Navoiyga xos tazkirachilik an'anasini davom ettirib, 320 dan ortiq ijodkor haqida ma'lumot beruvchi "Tazkirat ush-shuaro" (1604 -1605) asarini yaratdi. Tazkirada XVI asr oxiri va XVII asr boshlarida yashab faoliyat ko'rsatgan qalam ahli haqida fikr yuritiladi. Muhammad Bade' Maleho Samarqandiyning 1692-yilda yozilgan "Muzakkir ul-ashob" nomli tazkirasi Markaziy Osiyo shaharlari va Eronda XVII asrda yashab ijod etgan 160 dan ortiq ijodkorlar va adabiy jarayon haqida ma'mulot beruvchi nodir manbadir. Mazkur tazkira tarix to'g'risida, jumladan, Subhonqulixon saltanati va uning sulolasi tarixi haqida muhim ma'lumot beradi. Xalq og'zaki ljodida bir qator dostonlar vujudga keldi. XVI-XIX asrlar oralig'ida "Go'ro'g'li"turkumidagi jangnomalar, tarixiy mazmundagi qahramonlik dostonlari, "Tohir va Zuhra", "Oshiq G'arib va Shohsanam", "Sayyod va Hamro", "Asli va Karam", "Sanobar", "Yusufbek va Ahmadbek", "Alibek va Bolibek", "Xurshid va Malikai Dilorom" kabi dostonlarning folklor va kitob nusxalari yaratildi . XVII - XIX asrlar tarixnavislikda alohida sahifa ochdi. Abulg'ozi Bahodirxonning "Shajarai turk", "Shajarai tarokima" asarlari madaniyatimiz tarixida "Boburnoma"dan keyingi noyob hodisa bo'ldi. XVII asrda Abulqoim al-Kasbaviyning "Natoyi-jul-fikr" ("Fikr natijalari"), XVIII asrda Muhammad Vafoning "Tuhfai xoniy", Abdurahmon Tole'ning "Tarixi Abulfayzxon", Muhammadamin Buxoriyning "Ubaydullanoma" asarlari vujudga keldi. Oo'qon xonligida esa Hakimxon To'ra "Muntahab ut-tavoreh" ("Tanlab olingan tarixiy voqealar"), Mirzo Qalandar Mushrifning "Shohnomai nusratpayom" (" Zafarli Shohnoma") asarlari yaratildi.

Xiva adabiy muhitida tarjimachilikka alohida e'tibor berildi. Bu yerda Ogahiy tarjimachilik maktabiga asos soldi. Buxoroda tarix asarlari ko'proq bitildi. Qo'qon xonligida Gulxaniy va Maxmur ijodi timsolida yangi shakl hamda mazmundagi realistik hajviyot bo'y ko'rsatdi. Shuningdek, bir qator o'zbek shoiralarining o'ziga xos davrasi vujudga keldi. Ko'rinadiki, XVII - XIX asrning birmchi yarmidagi adabiyot oldingi davrlardan ajralib turuvchi o'zining qator belgi va xususiyatlariga ega ekan.




ABULG'OZI BAHODIRXON
Abulg'ozi Bahodirxon 1603-yilda tug'ilgan. U XVII asrning birinchi choragida hukmdorlik qilgan Xiva xoni Arabmuhammadning yetti o'g'lidan biri edi. Bolaligidan shahzodalarga xos yetuk ta'lim-tarbiya ko'rdi, Taqdir taqozosi ekan, otasi bilan akalari, so'ng aka-ukalari o'rtasidagi toj-taxt talashishlarni ko'rdi, o'zi ham ishtirok etdi. Siyosiy buhronlar sabab jahongashtalik qismatini ham boshidan kechirgan edi. U sarkarda sifatidagi toblanish yillarida Turkiston, Samarqand va Buxoroda bo'ldi. Eron Isfahonida qariyb o'n yil (1630—1639) tutqunlikda hayot kechirdi. Bu beqaror yillarda ham umrini bekor o'tkazmadi. Har xil elat, qabila, urug' vakillari bilan yaqin munosabatda bo'ldi. Fors-tojik, arab, mo'g'ul tillarini o'zlashtirdi va bu til egalari bo'lmish xalqlarning hayot tarzi, tarixi, dunyoqarashi, urf-odatlarini elshunos va tarixshunos nuqtai nazari bi­lan o'rgandi. Abdulg'ozi Bahodirxondan bizga "Shajarayi tarokima", "Shajarai turk", "Manofe ul-inson" nomli uch tarixiy asar meros bo'lib qoldi.

1661-yilda yozilgan "Shajarai tarokima" asarida o'g'uz qabilalari hamda qardosh turkman xalqining tarixi, uzoq asrlik kechmishi qalamga olingan. Asarning yaratilish tarixi haqida olim shunday yozadi. "...Mundin ko'p yillar o'tti, turkmanning mullolari... mening tarixni yaxshi bilurimni eshitib tururlar... Toki bir kun barchalari kelib arz qildi-larkim: "bizning ichimizda "O'g'uznoma" ko'p turur. Ammo hech yaxshisi yo'q, barchasi g'alat va birisi birisiga muvofiq emas. Har qaysisi bir turluq va bir durust e'tibor qilgudek bo'lsa erdi, yaxshi bo'lur erdi", deb o'tun(ch) qildilar. Ersa, onlarning o'tin(ch)larmi qabul qildim". Bundan ma’lum bo’ladiki, asar ajdodlari tarixini sevgan turkman elati vakillari iltimosiga ko’ra yozilgan.

Muallif asarni yozishda tarixni bo'yamay-bejamay bor haqiqatni bayon etishga, voqealar tafsilotida xolis bo'lishga intildi. Shuningdek, bayonda til sofligini saqlashga qat'iy amal qildi. Buni asar avvalidayoq ta'kidlab, shunday yozadi: "Barcha bilingk'im, bizdin burun turkiy tarix aytqonlar arabiy lug'atlarni qo'shibturlar va turkiyni ham saj' qilibturlar, o'zlarning hunarlarini va ustozliklarini xalqqa ma'lum qilmoq uchun. Biz munlarning hech qaysisini qilmaduk aning uchunkim, bu kitobni o'qug'uchi va tinglag'uchi turk bo'lg'usiturur. Bas, turklarga turkona aytmoq kerak, to alarning barchasi fahm qilg'aylar". Abulg'ozi Bahodirxon o'zbek urug'lari tarixiga bag'ishlangan solnoma bo'lmish "Shajarai turk" asarini 1663-yilda yoza boshlaydi. Lekin muallif mazkur asarni oxiriga yetkazolmay, 1664-yili 61 yoshida dunyodan o'tadi. Vafotidan so'ng o'g'li Anushaxon zamonasining tarixchilaridan Mahmud binni Mulla Muhammad Zamon Urganjiyga buyurib, Abulg'ozi Bahodirxon boshlagan "Shajarai turk"ni yozdirib tamomlatadi. Bu asar o'zbek tarixnavisligi, shuningdek, nasrining yorqin sahifalaridan birini tashkil etadi.
"Shajarai turk" asari haqida
"Shajarai turk" turkiy xalqlar shajarasi, kelib chiqishi degan ma'noni anglatadi. Unda turkiy qavmlar tarixi xonlar hukmronligi bilan bog'liq holda bayon etilgan. Tarixchi olim Bo'riboy Ahmedovning ta'kidlashicha, asarning asosiy qismi 1663-1664-yillari yozilgan. Uning yozilishi tarixini muallifning o'zi shunday izohlaydi: "Ammo bizning ota va aqalarimizning beparvoliqi va Xorazm xalqining bevuqufliqi, bu ikki sababdin, bizning jamoatimizning Abdullaxonning otalari birlan bizning otalarimizning ayrilgan yeridin to bizga kelguncha tarixlarini bitmay erdilar. Bu tarixni bir kishiga taklif qilali teb fikr qilduk, hech munosib kishi topmaduk, zarur bo'ldi, ul sababdin o'zimiz aytduk".

Asar qisqa muqaddima va to'qqiz bobdan iborat: 1) Odam Atodan to turklarning qadimgi xonlaridan Mo'g'ulxongacha kechgan hodisalar zikri; 2) Mo'g'ulxondin Chingizxongacha bo'lgan tarix; 3) Chingizxonning tug'ilganidan to vafotigacha tarixi; 4) Chingizxonning uchinchi o'g'li O'gaday qoon (1227 — 1241 yillari otasi o'rnida o'ltirgan) va avlodi, Chingizxonning boshqa o'g'illari naslidin bo'lgan va Mo'g'ulistonda podsholik qilg'anlar zikrida; 5) Chingizxonning ikkinchi o'g'li Chig'atoyxon (Movarounnahr, Yettisuv viloyati va Sharqiy Turkiston ustidan 1227-1241 yillari podsholik qilgan) avlodidan Movarounnahr va Qoshg'arda podsholik qilgan avlodining zikri; 6) Chingizx­onning kenja o'g'li Tuluyxon avlodidan Eronda podsholik (1256 — 1336) qilgan elxoniylar zikri; 7) Chingizxonning katta o'g'li Jo'chixon (1227-yilda otasidan taxminan olti oy avval vafot etgan) avlodidan Dashti qipchoqda (hozirgi Qozog'iston va to Dneprgacha bo'lgan janubiy Rusiya yerlari tarixda XI — XV asrlarda shu nom bilan atalgan) podshoh bo'lganlar zikri; 8) Jo'chixonning beshinchi o'g'li Shaybon (XIII asr) avlodidan Movarounnahr, Qrim, Qozoq va Turonda xonlik qilganlar, shuningdek, Jo'chixonning o'n uchinchi o'g'li To'qay Temurxon naslidan Qrim, Qozoq va Movarounnahrda podsholik qilganlar zikri; 9) Shaybon avlodidan Xorazm mamlakatida podsholik qilganlar zikri.

"Shajarayi turk" tarixning turli masalalariga (ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-etnik va h. k) oid e'tiborga molik ma'lumotlarga boy asardir. Misol tariqasida ulardan ayrimlarini keltiramiz.

Tarixiy ma'lumotlar. Sibir xonligi nomi bilan ma'lum bo'lgan (XV asrning 20-yilllarida tashkil topgan) va G'arbiy Sibir us­tidan hukm yurgizgan davlat tepasida ham Shaybon naslidin bo'lgan xonlar turgan. Ularning so'nggi xonlaridan Ko'chumxon (1563-1598) haqida asarda mana bularni o'qiymiz: "...Mahmudakxoni mazkurning bir o'g'li Murtazoxon, aning o'g'li Ko'chumxon ... bu Ko'chumxon Turo viloyatinda qirq yil podsholi qildi. Uzun yosh topdi. Axir ikki ko'zi nobino bo'ldi. Tarix 1003 (1595) yilda Ko'chumxonni qo'lindin Turoni o'rus oldi. Ko'chumxon qochib mang'it xalqining ichiga bordi. Taqi haq rahmatig'a ketdi".

Etnografik ma'lumotlar. Turk-mo'g'ul qabilalari, xususan, nomlarining ma'nosi to'g'risidagi, shuningdek, o'zbeklar, sartlar hamda turkman urug'lari haqidagi ma'lumotlar ham muhimdir. Misol: "Asl lavz "mo'g'ul" mungul turur. Avomning tili kelmas-likidin bora-bora mo'g'ul tedilar. "Mung"ning ma'nosin barcha turk bilurlar: qayg'u ma'nosina turur. "Ul"ning ma'nosi sodadil, ya'ni qayg'uli soda temak bo'lur."

Milliy davlatchiligimiz asoschisi Amir Temur urug'ining kelib chiqishi ma'nosi quyidagicha izohlangan: "Oqsoq Temur ushbu uruqdin erdi. Barlosning ma'nosi sipohsolar temak bo'lur. Turkiysi cherik boshlab yuriyturgan kishi".



Toponimik hamda antroponimik ma'lumotlar. Abulg'ozining joy nomlari qarashlari ham hayotiydir: "Buxoro temakning ma'nosi mug' tili da ilm va ahli ilmning jam' bo'laturg'an yeri temak bo'lur". Haqiqatan ham tarixda Buxoro xamisha ilm ahli ilmning vatani bo'lib kelgan. Jahongashta hukmdor va sarkarda Chingizxon va XX asr adabiyotining mashhur vakili Chingiz Aytmatov ismlarining ma'nosini quyidagi izohdan bilib olish mumkin: "Ching"ning ma'nosi ulug' va katta temak bo'lur. Chingiz aning jami turur". Demak, buyuklik ma'nosidagi ism o'z sohibining chindanda buyuk bo'lib yetishuvidan dalolat berar ekan.

O'lkaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga oid ma'lumotlar. Xalq farovonligi va obodligidan quyidagi lavha darak beradi: "Ul vaqtda (Arab Muhammadxon davrida) Mizdakxondin to Baqirg'onning bori yuzi Quyg'un degan yergacha bug'doy ekilar erdi. Bizning xon Tuq qal'asining yuqorisidin bir ariq qazdurub tururlar. Faqir dunyog'a kelmasdin bir yil buran Mezon bo'lg'anda saqasini ko'marlar erdi. Bug'doyni o'rgan vaqtda ocharlar erdi. Bir necha yildin so'ng ariqning kengligi otgan o'q o'tmasday bo'ldi . Suvning oyoqi Quyg'un bordi. Andin Achi tengizina bordi. Yolg'uz bug'doy ekilur erdi. Otli kishi o'n kunda bug'doyning toshindin aylanib kela bilmas erdi. Ul vaqtda kulpuchak yarim misqol kumush bir tanga yerina yurur erdi. Bir tangaga yarim teva yuki bug'doy berurlar erdi. Bir misqol kumushga bir xarvor bug'doy berurlar erdi".

Abulg'ozi Bahodirxonning “Shajarayi tarokima” va “Shajarayi turk” asarlari o’zbek tilshunosligi, elshunosligining asl manbalari, o’zbek adabiy-badiiy nasri tarixiy takomilining muhim bosqichini aks ettiruvchi o’lmas obidalardandir.



Tayanch tushunchalar:


  • "Muntahab ut-tavoreh"

  • "Natoyi-jul-fikr"

  • "Shajarayi turk"

  • Mo’g’ul

  • Chingiz

  • Abulg'ozi

Nazorat savollari:


  1. XVII- XVIII asrlar va XIX asrning birinchi yarmi adabiyotida qanday janrlarda asarlar yaratildi?

  2. Abulg'ozi Bahodirxon qachon va qanday oilada dunyoga kelgan?

  3. Abulg'ozi Bahodirxonning qanday asarlarini bilasiz?

  4. “Shajarayi turk”asarini adib qachon yoza boshlagan?

  5. Abulg'ozi Bahodirxonning xalqimiz tarixida, madaniyatida tutgan o'rniga qanday baho berasiz?

  6. "...bu kitobni o'qug'uchi va tinglag'uchi turk bo'lg'usiturur. Bas, turklarga turkona aytmoq kerak, to alarning barchasi fahm qilg'aylar" so'zlari orqali olimning qaysi fazilatlari namoyon bo'lmoqda?

Foydalanilgan adabiyotlar:


B.Jаlilоv vа bоshqаlаr. O’zbеk аdаbiyoti. T-2006

B.Qоsimоv vа bоshqаlаr. O’zbеk аdаbiyoti. 10-sinf uchun dаrslik. T.-2001

N.Mаllаyеv. O’zbеk аdаbiyoti tаriхi. “O’qituvchi” T.-1965

Q.Yo’ldаshеv vа bоshqаlаr. Аdаbiyot. 7-sinf uchun dаrslik. T.-2003




Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish