Darsning rejasi:
1. Tashkiliy qism. (2 daqiqa) 2. O`tilgan mavzuni takrorlash (10 daqiqa)
3. Yangi mavzuni bayoni (10 daqiqa) 4. Mavzuni mustahkamlash (15 daqiqa)
5. O`quvchilarni baholash (4 daqiqa) 6. Uyga vazifa. (2 daqiqa)
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. Davomatni aniqlash Siyosiy daqiqa. Yurtimizda hamda chet davlatlarda bo’lib o`tayotgan siyosiy yangiliklar, o`zgarishlar haqida suhbatlashiladi.
Rag`bat uchun 3 xil kartochkalar tayyorlaniladi.
O`tgan mavzuni takrorlash va uyga vazifani so`rash. O`tilgan mavzular bo`yicha savollar berib, o`quvchilarni baholayman.
1. O’tish operatori nima uchun qo’llaniladi?
2. O’tish operatorining umumiy ko’rinishi qanday
Yangi mavzuni bayoni
1. Paskal dasturlash tilini ishga tushiruvchi fayl joylashgan papkani ko’rsating.
A) BGI B) BIN D) UNITS E) barchasi
2. O’rganilayotgan narsa yoki jarayon informatikada nima deb ataladi?
A) Algoritm B) Model D) Obyekt E) Dastur
3. Qaysi operatorda xato bor?
1) A:=0.6 ; 2) S:=0; 3) WRITe (S); 4) to’gri javob yo’q
A) 3, 5 B) 3 D) 1, 4 E) 4
4. y=a2+c·b hisoblanishi kerak bo’lsa, algoritm qaysi turga mansub bo’ladi?
A) Chiziqli B) Tarmoqlanuvchi D) Takrorlanuvchi E) B va D
5. Quyidagilardan qaysi biri fizik model?
A) F=m·a B) globus D) 2Na+Cl2=2NaCl E) S=a·h
6. A:=0; B:=5; C:=4; C:=A+B*C; A:=3 ; A:=SQR(A); WRITE(C); dastur bajarilganda qanday son hosil bo`ladi?
A) 35 B) 20 D) 14 E) 23
7. Quyidagilardan qaysi biri o’zlashtirish operatori?
A) a:=A+a; B) b=1; D) a=sqr(3); E) A va D
8. Algoritmni asosiy turlarini aniqlang.
A) Chiziqli B) Tushunarli D) Dasturli E) Barchasi
9. Paskal dasturlash tilida modullarni qo’llash qaysi javobda berilgan?
A) Program 9_sinf; B) Uses Crt; D) Var a21: integer; E) Label K_L;
10. Algoritmda shart tekshirilmasa qanday turga mos bo’lishi mumkin?
A) Chiziqli B) Tarmoqlanuvchi D) Takrorlanuvchi E) A va D
11. Dasturlash tillariga mos guruhni ajrating.
A) Quyi B) Tarmoqlanuvchi D) Formulali E) Barchasi
12. Birinchi dasturchi deb kim hisoblanadi?
A) Vilgelm Shikkard B) Ada Lavleys D) Al-Xorazmiy E) Leonardo da Vinchi
13. Paskal dasturlash tilidagi mantiqiy amallarni ko’rsating.
A) VA, YOKI, EMAS B) AND, OR, NOT D) TRUE, FALSE E) , ,
14. Ifodani qiymatini aniqlang: sqr(3)-sqrt(9)*(5-abs(-1)*4)
A) 22 B) 0 D) -78 E) to’g’ri javob yo’q
15. Paskal dasturlash tilida faylni saqlash tezkor klavishi ko’rsatilgan javobni aniqlang.
A) F6 B) F3 D) F2 E) barchasi
16. Paskaldagi haqiqiy o’zgarmaslar yozilgan javobni aniqlang.
A) 45.05; -99E-1 B) - 9.075 E-5 ; 0.01 D) 9.00000 E+2; 888.88 E+2 E) barchasi
Do'stlaringiz bilan baham: |