Mavzu : Analgetiklar. Narkomaniya va uning asoratlari. Ta’lim berish texnologiyasi



Download 100,68 Kb.
bet10/14
Sana01.01.2022
Hajmi100,68 Kb.
#290263
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
12. Analgetiklar. Narkomaniya va uning asoratlari

Pentazosin kimyoviy tuzilishi va ta’siri bo‘yicha morfinga yaqin turadi. Kuchli og‘riq qoldirish xususiyati bilan birga bu modda nafas susayishi, eyforiya, shu moddaga qaramlik, spazmogen, siydikning to‘xtalishi hollari kamroq uchraydi. Pentazosinni bolalarga qo‘llanish to‘g‘risida ikki xil nuqtai nazar bor, birinchisi: modda nisbatan yangi, shu sabali yetarli o‘rganilmagan bo‘lgani uchun 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo’llash tavsiya etilmaydi. Ikkinchi nuqtai nazarda pentazosinni bolalarda qo‘llash mumkin deyiladi, faqat bunda bolalarni yoshiga qarab qo‘llash yo‘li va keltirilgan aniq miqdorlarga rioya qilish lozim bo‘ladi. Pentazosinni ayollarga tug‘ish davrida qo‘rqmasdan qo‘llash mumkin, chunki bu modda plasentar to‘siqdan yaxshi o‘tolmaydi, homila va yangi tug‘ilgan, chaqaloqqa deyarli ta’sir qilmaydi. Pentazosinning nojo‘ya ta’sirlari kam, jigar va buyrak kasalliklarida ehtiyotlik bilan qo‘llanishi lozim.

Narkotik analgetiklarning katta kamchiligi shuki, ularga organizm o‘rganib, tobe bo‘lib qoladi. Yuqorida keltirilganidek, bu moddalar markaziy nerv sistemasining ruhiy markazlariga ta’sir ko‘rsatib, eyforiya, alohida o‘ziga xos kayf paydo qiladi. Yana eyforiyani his qilish uchun moddalar takror va takror qo‘llanadi, ularga nisbatan ruhiy va jismoniy tobelik paydo bo‘ladi, o‘z vaqtida takror kiritilmasa absinensiya, ya’ni giyohga humorlik holati hosil bo‘ladi. Morfin yoki boshqa narkotik analgetikni surunkali qo‘llab yurg‘an odam giyohvand, narkoman bo‘lib qoladi.



Narkoman bo‘la boshlagan davrdag‘i odamlar o‘z ish joylarida, oilada odatdagidek hayot kechirib yurishadi, keyinchalik ular birpasda jahli chiqadig‘an bo‘lib qoladi, tashabbusi, irodasi zaiflashadi, o‘zining qadr-qimmatini yo‘qotadi, fikri-zikri faqat bir narsada - qayerdan bo‘lsa ham giyohni topish va uni iste’mol qilish bo‘lib qoladi. Narkotik modda qo‘llanilgan sayin kuch-quvvat, ish qobiliyati pasayib boradi, uyqu buziladi, terining sezuvchanligi o‘zgaradi, ko‘p terlaydi va boshqa vegetativ o‘zgarishlar paydo bo‘ladi. U narkotik moddasiz turolmaydi. Bunda moddadan mahrum bo‘linsa, og’ir iztirob chekadi; ko‘rqib bezovtalanadi, qayg’uga tushib yig’laydi, yalinib, yolvoradi; uyqusizlik qiynaydi, tajovuzkorlik paydo bo‘ladi. Nihoyat modda yuborilgandan keyin bu holat o‘tib ketib, kayfiyat yaxshilanadi. Narkomaniyaning shu bosqichida, ya’ni ruhiy tobelik paydo bo‘lish bosqichida davolash nisbatan mumkin bo‘ladi.

Narkotik analgetiklar qo‘llanila borgan sari ular organizmning tabiiy metabolitleri qatoriga kirib qoladi, biokimyoviy jarayonlarga aralashib qoladi. Endi moddaga jismoniy tobelik paydo bo‘ladi. Bu bosqichda giyohdan mahrum bo‘linsa, organizmdagi jarayonlar izdan chiqadi, yurak, qon tomirlar faoliyati o‘zgarib, qisqa muddatli kollaps ro‘y beradi. Narkotik yuborilsa, giyohvandlar ahvoli yaxshilanadi. Shuni qayd etish zarurki, moddaga tobelik bilan moddaga o‘rganib qolish alomatlari birga kechadi. Agar narkomaniya boshlanishida morfinning shifobaxsh miqdorlari eyforiya paydo qilsa, keyinchalik shu holatni yuzaga keltirish uchun moddalar kattaroq miqdorda zarur bo’ladi. Shunday misollar ham borki, narkomanlar eyforiya paydo qilish uchun morfinning o‘limga olib keladigan miqdoridan 5—10 barobar ortiqrog‘ini ham qo‘llashgan.

Demak narkomanlar organizmi narkotiklarga chidamli ham bo‘lib qoladi. Lekin organizm tobora ular bilan zaharlanib boradi — surunkali zaharlanish paydo bo‘ladi. Hayot uchun zarur bo‘lgan a’zolar jarohatlanib boradi, ishtaha kamayadi, qabziyat yuz beradi. Narkomanning organizmi suvsizlanib, ozib-to‘zib, sillasi qurib qoladi (kaxeksiya), sochlari to‘kilib ketadi, shaxs sifatida tanazzulga yuz tutadi. Sillasi tobora qurib boradi, ayniqsa biror yuqumli kasallik qo‘shilsa o‘lim yuz beradi.

Narkomaniya ayniqsa yoshlar, o‘spirinlarda ko‘p uchraydi. Narkotik moddalar ularni kuchliroq jarohatlaydi. Yengiltaklik bilan hayot kechirish yoshlar ichida tez tarqaladi, shuning uchun ular o‘qishdan, mehnatdan qochib, nopok yo‘llarga kiradilar, o‘g‘irlik tufayli bo‘lsa ham narkotiklarni topib, qo‘llashga intiladilar, oqibatda narkoman bo‘lib qoladilar.

Narkomaniya jamoat, oila uchun katta fojea. Bu illatni — kasallikni davolash juda qiyin va ko‘pincha natijasiz bo‘ladi. Bemorlar yopiq psixiatrik klinikalarda, ya’ni narkotiklarni yetkazib bo‘lmaydigan klinikalarda davolanadi. Narkotiklar miqdori kamaytiriladi, keyin undan mutlaqo mahrum qilinadi. Shu bilan birga boshqa davolash tadbirlari ham olib boriladi. Bordiyu davolanilsa kam, bemor o‘zini tutolmay yana giyohga qo‘l ursa, kasallik yana takrorlanadi. Shuning uchun bu illatniig oldini olish choralariga katta ahamiyat berish kerak.



Avvalo narkotik analgetiklarni zaruriyat bo‘lgandagina qo‘llash va buni 3—4 martadan oshirmaslik kerak. Narkotiklarni saqlash va qo‘llash hamda hisobdan chiqarish qonun-qoidalariga rioya qilish zarur. Narkotiklar A ro‘yxatli moddalarga kirib, dorixonalarda maxsus signalizasiya o’rnatilhan xonalarda saqlanadi. Ular saqlanadigan joylar ichki ishlar bo‘limlarida ro‘yxatga olingan bo‘ladi. Reseptlar alohida pushti rang blanklarga yoziladi. Shu bilan birga narkobiznesga chek qo‘yish zarur, chunki noqonuniy, kontrabanda yo‘li bilan narkotiklar yer kurrasining barcha qit’asiga tarqaladi.

Qo‘zg‘aluvchanlik, yorug‘lik, tovush talvasalarni kuchaytiradi, odam tanasi yoyga o‘xshab qayriladi, chunki bir-biriga qarama-qarshi mushaklar talvasa holatida bo‘ladi. Strixnindan o‘tkir zaharlanishni davolash uchun bemor qorong‘i, tinch xonaga joylashtiriladi, talvasalar narkotik moddalar yoki trankvilizatorlar bilan bartaraf etiladi.



Strixnin va strixninga o‘xshash moddalar pediatriyada deyarli qo‘llanmaydi, chunki bu moddalarning farmakologik ta’sir doirasi unchalik keng emas hamda bolalar organizmi kattalarga nisbatan talvasalarga moyilroq bo‘ladi.

Download 100,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish