Ma’ruzalar matni toshkent– 2018 so‘z boshi


Yoshlarni vatanparvarlik va milliy g‘oyaga Daxldorlik hissi ruhida tarbiyalashda ma’naviyatning o’rni. Ma’naviy tahdidlarning oldini olish



Download 384,16 Kb.
bet112/173
Sana29.04.2020
Hajmi384,16 Kb.
#48031
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   173
Bog'liq
milliy goya ozbekistonni rivojlantirish strategiyasi (1)

Yoshlarni vatanparvarlik va milliy g‘oyaga Daxldorlik hissi ruhida tarbiyalashda ma’naviyatning o’rni. Ma’naviy tahdidlarning oldini olish.

Bugungi kunda yurtimizda yoshlarimizni ona Vatanga fidoiy, mard, jasur, sadoqatli, milliy g‘oyaga Daxldorlik hissi ruhida tarbiyalashda ma’naviyatning o‘rni va roli tobora oshib bormoqda. Ayniqsa, millatning to‘laqonligi millat maqomiga yetishi uchun milliy tilning, madaniyat, urfodat, an’analar, qadriyatlardagi o‘ziga xosligini, ya’ni, milliy o‘zligini anglashda ma’naviyat muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunga kelib, yurtimizda yashovchi aholining barcha qatlamlari orasida xususan yoshlarimiz o‘rtasida aniq masadga qaratilgan ma’naviy – ma’rifiy ishlarni targ‘ibot va tashviqot qilishga Davlatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratlayotgani bejiz emas, albatta.

Ayniqsa, bu borada Vatanimizni kelajakdagi istiqbolini belgilovchi 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi qabul qilinganligi ulkan ahamiyat kasb etmoqda. Bu haqda fikr yuritganda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev qayd etganidek: “Oldimizda turgan ana shu ulkan vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini qabul qildik”51, — deya alohida ta’kidlab o‘tgan edi. Harakatlar strategiyasida eng avvalo, davlat boshqaruvi organlarining quyi bo‘g‘inlari faoliyatini tubdan yaxshilash, ularning xalq bilan muloqot qilishini ta’minlash, bu borada samarali ijtimoiy hamkorlik mexanizmini mustahkamlash ustuvor vazifa sifatida belgilab qo‘yildi. Bu esa, o‘z navbatida fuqarolarimizni xususan, yosh avlodni ona Vatanga fidoiy va sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining to‘rtinchi ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha ijtimoiy sohani rivojlantirish borasida amalga oshirialyotgan strategik maqsadalar sifatida e’tirof etilayotgan ma’naviy – ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish eng avvalo, Yurt ravnaqi va Vatan taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Ayniqsa, 2017 yil

28 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Ma’naviy – ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risidagi qarori”52ga muvofiq, quyidagi vazifalarga alohida e’tibor qaratish belgilandi. Jumladan:

— dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritib borish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat”, narkobiznes va boshqa tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish;

— jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar – el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizlik kabi holatlarga barham berishga qaratilgan kompleks tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish;

— milliy g‘oyani yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlar, ijtimoiy toifa vakillari o‘rtasida keng targ‘ib etish, bunyodkorlik ruhini yalpi ijtimoiy harakatga aylantirish, ertangi kunga ishonch tuyg‘ularini kuchaytirish;

— targ‘ibot-tashviqot ishlarida aholining hududiy, kasbiy hamda yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda mutanosib, maqsadli va mazmunli yondashuvni joriy etish;

— ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligining ilmiy asoslangan monitoringini ta’minlashga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishni muntazam yo‘lga qo‘yish;

— yoshlarda sog‘lom dunyoqarash, jumladan, kitobxonlik ko‘nikmasini shakllantirish, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, ularda g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish;

— mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ushbu toifani ijtimoiy-iqtisodiy faollashtirishda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

— xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Zero, bugungi kunda globallashuv jarayonlarining shiddatli tus olishi dunyo miqyosida tinchlik va barqarorlikka qarshi yangi tahdid va xatarlarni tobora kuchayotganligini namoyon etmoqda. Dunyoda sodir etilayotgan bunday murakkab va tahlikali vaziyatni keskin tus olishi har qanday xalq, millat, jamiyat va davlat hayotida muntazam sezgir, xushyor hamda ogox bo‘lish borasida jiddiy fikrlashni taqozo etmoqda. Ayniqsa, bugungi global miqyosdagi tahlikali vaziyatlarni kuchayotganligi har qanday xalq va millatning madaniyati hamda ma’naviyatiga raxna solish orqali ma’naviyatini izdan chiqarishga zamin yaratmoqda.

Mamlakatimizda demokratik jamiyat, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish ma’naviy hayotdagi muhim o‘zgarishlar va yangilanishlar bilan bog‘liq xolda kechadi. Bunga globallashuv davri ham o‘zining bevosita va bilvosita ta’sirini ko‘rsatmoqda. Ma’lumki globallashuv so‘zi ―global so‘zidan olingan bo‘lib, yer shari ma’nosini bildiradi. Global o‘zgarishlar, obyektiv jarayoni, u ijtimoiy hayotning barcha sohalariga o‘zining ta’sirini o‘tkazmoqda.

U ijobiy va salbiy jihatlariga ega. Ma’lumki, u insonlar ma’naviy hayot sharoiti, imkoniyatlarini yanada oshirish bilan birga, ayni paytda ma’naviyatga tahdid soluvchi ayrim salbiy oqibatlarga ham olib kelmoqda. Bu global yutuqlardan qanday maqsadda va kim tomonidan qanday maqsadda foydalanishi bilan bevosita bog‘liq. Daxldorlik hissi fuqarolikni anglash, fuqarolik mas’uliyati, insonlarni inson sifatida qadrlash, uning hayotiga, sha’ni, qadr-qimmatini, daxlsizligini hurmat qilish tuyg‘ulari bilan mujassam holda amalda namoyon bo‘lishini hisobga olsak, Daxldorlik xissiga salbiy ta’sir etuvchi omillar qatoriga quyidagilarni qo‘shish mumkin:

O‘zbo‘larchilik; ommaviy madaniyat; beparvolik; loqaydlik; sotqinlik;

xudbinlik;mahalliychilik; urug‘-aymog‘chilik; korrupsiya; qonunni hurmat qilmaslik; vatansizlik. Ana shunday globallashuv fenomeni haqida gapirganda, bu atama bugungi kunda ilmiyfalsafiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng ma’noni anglatishini ta’kidlash lozim. Umumiy nuqtai nazardan qaraganda, bu jarayon mutlaqo yangicha ma’no-mazmundagi xo‘jalik, ijtimoiysiyosiy, tabiiy-biologik global muhitning shakllashini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etadi.

Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni obyektiv tan olish kerak — bugungi kunda har qaysi davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog‘lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas.

Shu ma’noda, globallashuv — bu avvalo hayot suratlarining beqiyos darajada tezlashuvi demakdir .

Global o‘zgarishlardan ma’naviy hayotda nosog‘lom maqsadlarda foydalanishga urinish, ma’naviy tahdidlarga, axborot xurujlarini ortishiga, ―ommaviy madaniyat va mafkuraviy kurashlarning kuchayishiga sabab bo‘lmoqda. Dunyoda ayrim xalqlarning madaniyatidan, milliy o‘zligidan begonalashtirish orqali ularning kelajagidan mahrum etishga urinilmoqda.Insoniyatning ko‘p ming yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyodagi zo‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe qilib, bo‘isundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi.

Binobarin, ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid o‘z-o‘zidan mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog‘lom avlod kelajagini ta’minlash yo‘lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin.

Bu dunyoda tabiatda ham, jamiyatda ham bo‘shliq bo‘lmaydi. Qayerdadir bo‘shliq paydo bo‘ldimi, hech shubhasiz, uni albatta kimdir to‘ldirishga harakat qiladi .

Ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qat’i nazar, har qaysi odamning tom ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish lozim .

Tarixdan ma’lumki, gegemon davlatlar bir xalqni o‘ziga tobe qilish uchun eng avvalo uni o‘zligi, tarixi, madaniyati va ma’naviyatidan judo qilishga alohida e’tibor qaratishgan. Zero, ma’naviy jihatdan zabt etilgan har qanday xalqni madaniy-ma’naviy taraqqiyotini bo‘g‘ib qo‘yish istilochi, bosqinchi mamlakatlarning mustamlakachilik tartiblarini saqlab turish va mustahkamlashning azaliy, tarix sinovidan o‘tgan an’anaviy usullaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Ayniqsa, dunyo miqyosida xalqaro terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, diniy qarama-qarshilik, noqonuniy migratsiya, odam savdosi, ekologik muammolar, ayrim mintaqalarda iqtisodiy nochorlik, ishsizlik, qashshoqlik kuchayib borayotgani butun insoniyatni qattiq xavotirga solmoqda.

Bu haqda fikr yuritganda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev qayd etganidek: “Ana shunday o‘ta murakkab va qaltis sharoitda qanday yo‘l tutish, qanday qilib tinchlik va osoyishtalikni saqlash, barqaror rivojlanishni ta’minlash mumkin, degan savol barchamizni jiddiy o‘ylantirishi zarur”53, – deya bejiz ta’kidlamagan. Binobarin, bugungi kunda yoshlarimizni milliy Vatanparvalik ruhida tarbiyalashda tariximizning ajralmas qismi ma’naviy merosimizni o‘rganish, yosh avlodni ushbu madaniy boyligimiz qadr-qimmati, beqiyos ahamiyati, ularning nafaqat millatimiz va jahon hamjamiyati tomonidan e’zozlanishini yoshlar ongiga singdirish orqali ularni haqiqiy Yurti himoyachisi sifatida Vatanga daxldorlik hissi bilan yashashga da’vat etadi.

Axborot xurujlari milliy ma’naviyatimiz negizlariga qarshi qaratilganligi bilan xarakterlidir. Yolg‘on va soxta axborotlarni tarqatish orqali fuqarolar onginimanipulyatsiya qilish yo‘li bilan ularni milliy ma’naviy merosi va qadriyatlariga nisbatan qarashlarini o‘zgartirishga xarakat qilib, mamlakatni ichidan zaiflashtirishga va beqarorlik keltirib chiqarishga urinishlar bo‘layotganligini ta’kidlash lozim. Bundan tashqari mafkura soxosida ham kurashlar davom etmoqda. Turli xil g‘oya va qarashlar o‘rtasida kurash hamon saqlanib qolmoqda. Bunda ―g‘oyaga qarshi g‘oya, fikrga qarshi fikr bilan, jaholatga qarshi ma’rifat bilan javob berish orqali yovuz va tajavuzkor g‘oyalarning oldini olish mumkin. Yoshlarda buning uchun mustaqil fikr va qarashlarni shakllantirishga alohida e’tibor berish muhim ahamiyatga ega. Chunki fikri bor bo‘lsa, u fikr bilan fikrni, g‘oya bilan g‘oyani farqiga bora oladi. Mafkuraviy kurashlarning kuchayishi yot va zararli g‘oyalarning kirib kelishi fuqarolik jamiyati maqsadlariga va negizlariga to‘g‘ri kelmaydi. Yot va zararli g‘oyalar milliy-ma’naviy qadriyatlarga ham uume’tirof etilgan demokratik qadriyatlarga ham zid. U fuqarolarning huquq va erkinliklarini, insonni oliy qadriyat sifatida e’tirof etish maqsadlariga mutlaqo zid. Bu fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etishi kabi maqsadlarni amalga oshirish bunday yovuz g‘oyalarni oldini olishni taqozo etadi. Hozirgi dunyoda ―ommaviy madaniyat ko‘rinishidagi turli xil zararli g‘oyalar va axloqsizlik ko‘rinishlarini axloq deb hisoblashga bo‘lgan urinishlar umume’tirof etilgan axloqiy normalarga, xulq-atvor prinsiplariga zidligi bilan hamfuqarolik jamiyati maqsadlariga, ozod va erkin shaxs ma’naviyatiga to‘g‘ri kelmaydi. Globallashuv davridagi bunday soxta va bir tomonlama mafkuraviy hurujlar va axborot ko‘rinishlarini tarqatishga urinish ma’naviyatimizga tahdid ekanligini hisobga olish lozim. Bunday zararli g‘oyalarga nisbatan befarq qarab bo‘lmaydi.

Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, ―barchamizga ayon bo‘lishi kerakki, qayerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘iilsa, o‘sha yerda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Va aksincha — qayerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo‘lsa, o‘sha yerda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi .

Globallashuv davrida ma’naviy tahdidlarning oldini olish mamlakatimizda belgilangan fuqarolik jamiyatini rivojlantirish maqsadalariga to‘g‘ri keladi. Bunda fuqarolarning yuksak ma’naviyatini shakllantirish orqali ularning milliy-ma’naviy qadriyatlariga, tarixiy merosimizga, demokratik qadriyatlarga bo‘lgan ishonch va e’tiqodini mustahkamlash orqali zararli g‘oyalarning oldini olish mumkin.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, yuksak ma’naviyat va Daxldorlik hissi ma’naviyatni inson va jamiyat hayotida, fuqarolik jamiyati qurilishi maqsad va vazifalarini tushunishda muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Yuksak ma’naviyat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro bog‘liqligini quyidagi yo‘nalishlar orqali ko‘rish mumkin:


  1. Ma’naviyat insonga xos xususiyat, ma’naviyatni tushunish uchun insonni bilish zarur;

  2. Insonning ma’naviyat darajasi uning Daxldorlik hissini belgilaydi. Insonning ma’naviyati hamda Daxldorlik hissi qancha yuqori bo‘lsa, uning fuqarolik jamiyati mas’uliyatini, maqsad va vazifalarini tushunishi hamda ishtiroki shuncha yuqori bo‘ladi;

  3. Inson ma’naviyatli va Daxldorlik hissi yuqori bo‘lsa, milliyma’naviy meros va qadriyatlarni hurmat qiladi, unga sodiq bo‘ladi. Bu fuqarolik jamiyati uchun muhim negizdir;

  4. Insonning qonunlarni hurmat qilishi, amal qilib, uning ijrosini ta’minlashi ham yuksak ma’naviyatihamda Daxldorlik hissimezonidir;

  5. Milliy g‘oya maqsadlari bilan fuqarolik jamiyati maqsadlari mushtarak;

  6. Yuksak ma’naviyatli shaxs ozod va erkin shaxs ma’naviyatidir. Ozod va erkin shaxs esa fuqarolik jamiyatiningfaol ishtirokchidir, bunyodkordir;

  7. Ma’naviy tahdidlar – insonning o‘zligiga, ma’naviyatiga tahdiddir. Shuning uchun ham insonni uning har qanday ko‘rinishidan himoya qilish fuqarolik jamiyati rivojlanishining ustuvor maqsadlariga to‘g‘ri keladi.

Daxldorlik hissining yuqori bo‘lishi insonlarga xos muhim fazilatdir.


Download 384,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish