Ma’ruzalar matni toshkent– 2018 so‘z boshi



Download 384,16 Kb.
bet1/173
Sana29.04.2020
Hajmi384,16 Kb.
#48031
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173
Bog'liq
milliy goya ozbekistonni rivojlantirish strategiyasi (1)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


«MILLIY G‘OYA: O‘ZBEKISTONNI

RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI» fani bo‘yicha

MA’RUZALAR MATNI


Toshkent– 2018


SO‘Z BOSHI

Mazkur o‘quv-uslubiy majmua “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanidan bo‘lib, Tarix fakultetining “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan.

“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fani ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga asosan 2-semestrda 24 soat auditoriya soatlarida o‘qitiladi. Semestr davomida “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining mazmun-mohiyatini to‘liq va mukammal o‘rgatish nazarda tutilgan.

Mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bevosita tashabbusi va rahbarligida qabul qilingan hamda izchil amalga oshiralayotgan beshta ustivor yo‘nalish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi. Bu jarayonning amaliy natijalari, belgi va xususiyatlari bugungi kunda hayotimizning barcha jabhalarida,eng muhimi, xalqimizning ongu tafakkuri, intilishi va harakatlarida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Shu bois, O‘zbekistonda ta’limning ijtimoiylashuviga alohida e’tibor berilib, o‘qitilayotgan fanlarning mazmunini yanada boyitish zamon talablariga moslashtirilishi bo‘yicha islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu "Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish jarayonida o‘z ifodasini topmoqda. Xususan, talaba yoshlarimizni Vatan va millat manfaatlari yo‘lida fidoiylik ko‘rsata oladigan, mustaqilligimizning mohiyatini va qadrini anglaydigan, uni har qanday xavfxatardan asrashni o‘zining muqaddas burchi deb biladigan, muayyan mutaxassislikni, kasb-hunarni chuqur yegallagan, mustaqil, yerkin fikrlaydigan, ma’naviy va jismonan barkamol insonni tarbiyalash uchun oliy ta’lim tizimida gumanitar va ijtimoiy fanlarning dasturlarini zamon talablari asosida qayta ko‘rib chiqishni taqozo qilmoqda. Bu yesa yoshlarda tarixiy voqelikka obyektiv baho berish va to‘g‘ri xulosa chiqarish malakalarini shaklantirishni talab qiladi. Zero, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi”. Demak, obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etayotgan xalqimiz taraqqiyotining bugungi kuni va kelajagini bevosita ifodalaydigan Harakatlar strategiyasini yoshlarimiz ongiga g‘oyaviy tamoyillar,asosida yetkazib berish,ularda mamlakatimiz hayotida ustivor bo‘layotgan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishga yordam beradigan mavzularni o‘rgatish “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining mazmun-mohiyatini belgilaydi.

Mazkur fan doirasida «Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining mazmun-mohiyati, haqchillik, insonparvarlik, bag‘rikenglik va xalqimiz hayotida tutgan o‘rni bilan bog‘liq masalalar o‘rganiladi. Harakatlar strategiyasi O‘zbekistonda huquqiy demokratik asosdagi xalq davlatini barpo etish yo‘lini har tamonlama asoslab beradigan xujjat ekanligi ushbu fanning asosiy mavzulari doirasiga kiradi.

“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” – o‘rganishga imkoni ochilgan yangi fanlardan biridir. Mazkur fanning maqsadi ijtimoiy,siyosiy milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligini ustuvor ahamiyatga ega ekanligi ezgu g‘oyalar va sog‘lom mafkuradan mahrum biron bir millat va jamiyatning uzoqqa bora olmasligini, har qanday xalq va davlat o‘z taraqqiyotining mana shunday strategik tamoyillarini belgilab olishi zarurligi ijtimoiy jarayonlarning muqarrar qonuniyat ekanligini yoshlarning qalbi va ongiga singdirishdan iboratdir.

Bu esa kelajagimizni yaqqol tasavvur etish, jamiyatimizning ijtimoiy-ma’naviy poydevorini mustahkamlash, yot mafkuralar tajovuziga qarshi tura oladigan, har tomonlama barkamol insonlarni voyaga yetkazish, g‘oyaviy bo‘shliq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, va nihoyat, yurtimizning yuksak taraqqiyotini ta’minlash uchun milliy istiqlol g‘oyasi orqali harakatlar strategiyasini o‘rganish yehtiyojini yuzaga keltirdi.

«Ushbu ta’limotni qanday zarurat shakllantirdi?» va «Undan ko‘zlanayotgan maqsadmuddaolar nima?» - degan savollarga javob Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning

“Bizning vazifamiz-to‘plangan ilg‘or halqaro amaliyotga suyangan holda, o‘zimizning taraqqiyot modelini qat’iy amalga oshirishdan iborat”degan ta’kididir.. Shu ma’noda, u mamlakatimiz taraqqiyotining obyektiv zaruriyati, qonuniy hosilasi, xalqimiz maqsad-muddaolarining ifodasidir. Bu yesa, o‘z navbatida, yangi boshlayotgan fanimizning maqsad va vazifalaridan biridir.Bugungi kunda prezidentimiz tomonidan «Buyuk kelajagimizni mard va oliy janob xalqimiz bilan birga quramiz » - degan ezgu va hayot baxsh shior asosidaolib borilayotgan islohatlari fikrimizningning haqqoniyligini isbotlaydi.

“Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fanining qonunqoidalari, tushuncha va tamoyillarini o‘rgatishda quyidagilarga alohida e’tibor berish zarur:

mustaqillik biz uchun yeng oliy qadriyat, uni asrab-avaylash yesa har birimizning

muqaddas burchimiz yekanini talabalarning qalbi va ongiga singdirish; yoshlarda g‘oyalar o‘z ma’no-mohiyatiga ko‘ra bunyodkor yoki vayronkor bo‘lishi, ularning xalqlar va davlatlar taraqqiyotiga ta’siri, hozirgi zamonning mafkuraviy manzarasi, buzg‘unchi g‘oyalarning ta’siridan hushyor va ogoh bo‘lish shartlari va mezonlari haqidagi hayotiy va haqqoniy tasavvurlarni shakllantirish; o‘quv mashg‘ulotlarini olib borishda talabalarning yoshi, tafakkuri, dunyoqarashi va qiziqishlarini hisobga olish, ta’lim-tarbiyanining ilg‘or, ta’sirchan vositalaridan, zamonaviy o‘qitish texnologiyasi imkoniyatlaridan keng foydalanish; ayrim tushunchalarni haddan ziyod soddalashtirish, ta’limning yeskicha uslub va

tamoyillarni qo‘llash natijasida fanning qadrsizlanishiga yo‘l qo‘ymaslik; ta’lim jarayonida tazyiq o‘tkazmasdan ma’rifiy asosda ish tutish, yoshlarning mustaqil va erkin fikrlash, bahs-munozara yuritish ko‘nikmalarini oshirishga e’tibor qaratish.

Bulardan tashqari Harakatlar strategiyasini mazmun-mohiyatini tushuntirishda o‘qituvchi va tinglovchilar orasida o‘zaro hamfikrlik va hamkorlik muhitini shakllantirish, mavzuning tushuncha va tamoyillarini sharhlashda hayotiy misollar, bugungi dunyoda ro‘y berayotgan voqealar tahlilidan, matbuot materiallaridan keng foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi.




Download 384,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish