Neft konlari sharoitida NSV turidagi yasama nasoslar ham qo‘llaniladi (Rasm ).
NSV-1 turidagi nasoslar quduq chuqurligi 2500 m gacha bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. U asosan uchta asosiy uzellardan: silindr, plunjer va silindrni qulflash tayanchlaridan iborat. Nasos silindri 5 pastki qismida so‘ruvchi klapan 8 yuqori qismida konus 3 va NKQ 7 ni germetiklab turuvchi qulfli tayanch 4 lardan iborat (Rasm ). Plunjer 6 kolonnaga shtok 1 yordamida pastga harakatlanganda suruvchi klapanga tegmayligan qilib, yuqoriga harakatlanganda esa nippel 2 ga tegmaydigan qilib osib qo‘yiladi.
Nippel yuqori konusga o‘rnatiladi va shtok 1 ni yo‘naltirish uchun xizmat qiladi. Qulfli tayanch 4 ostiga yunaltiruvchi quvur o‘rnatilib u nasosning to‘g‘ri joylashishini ta’minlaydi.
Hozirgi paytda konlarda qo‘llanilayotgan nasoslar asosan Rosiyaning “Ijneftemash” OAJ tomonidan ishlab chiqarilgan nasoslar bo‘lib, u yerda 300 dan ortiq turdagi quvurli va yasama nasoslar ishlab chiqariladi.
Chuqurlik nasoslar silindrlari alohida-alohida 300 mm uzunlikdagi cho‘yan yoki po‘lat vtulkalar ko‘rinishida tayyorlanib yig‘iladi. Nasoslarda bu vtulkalarning soni quvurli nasoslarda 2-7 ta, yasama nasoslarda esa 9-27 tani tashkil etadi. Vtulkalar ishchi sirtlarining yeyilishga chidamliligini va qattiqligi oshirish maqsadida maxsus termik ishlov berish qo‘llanilib, uning ichki sirti jilvirlanadi va yuzasi g‘adur-budirligining yuqori sifati ta’minlanadi.
Chuqurlik nasoslari plunjerlari po‘lat quvurlardan tayrlanadi. Plunjer uzunligi 1200 m va uning devorining qalinligi diametriga bog‘liq ravishda 5 mm dan 9,5 mm gachani tashkil etadi. Plunjerning oxirgi qismida klapanlar va o‘tuvchilar birikishi uchun ichki rezba ochiladi. Plunjerlarning tashqi sirti jilvirlanib, uning yeyilishga chidamlilik va korroziyabardoshligini oshirish maqsadida xromli qoplama bilan qoplanadi va silliqlanadi.
Tashqi sirti o‘ta silliq bo‘lgan plunjerlar neft xom ashyosi tarkibida mexanik qo‘shimchalar kam bo‘lgan kon quduqlarida qo‘llaniladigan nasoslardan foydalaniladi. Agar qazib olinayotgan xom ashyo tarkibida qum, qum zarrachalari va boshqa mayda mexanik zarrachalar bo‘lsa, nasosning plunje va silindrlari oralig‘iga o‘tib ularning ishchi sirtlarini shkastlantiradi va nasosning tezda ishdan chiqishiga sabab bo‘ladi.
Neft kon amaliyotida bunday nasoslar barcha suvlangan quduqlarda qo‘llaniladi. Shuning uchun metall plunjerli nasoslar plunjerlari va silindrlari oraliqlari qiymatlari uchta guruxli o‘tqazishlar bilan bajariladi: I gurux oraliq zazori 20-70 mkm, II gurux oraliq zazori 70-120 mkm, III gurux oraliq zazori 120-170 mkm. Shuning uchun nasoslarning ishchi qismlarini tanlash kondan qazib olinayotgan neft va uning tarkibidagi suv hamda mexanik qo‘shimchalarning bo‘lish yoki bo‘lmasligi orqali amalga oshiriladi.
Yasama shtangali nasoslar asosan metall plunjerli va qo‘zg‘almaydigan silindrli ko‘rinishda ishlab chiqariladi. Plunjerning yurish yo‘li 4 m gacha bo‘lib, ularning tutashuvdagi oraliqlari har xil qilib bajariladi va bu oraliqlar ularni seliktiv yig‘ish orqali ta’minlanadi. Nasos silindrlari sirti kimyoviy termik ishlov beriladi. Kimyoviy termik ishlov berish uchun gazli muhitdagi azotlash jarayoni qo‘llaniladi va sirtda yeyilishga va korroziyaga chidamli bo‘lgan diffuzion nitrid qoplamalari olinadi. Ishlov beriladigan yuzaning uzunligi plunjer yo‘lining uzunligiga bog‘liq ravishda tanlanadi.
Plunjer asosan konstruksion uglerodli po‘latlardan tayyorlanadi va uning yuza qismiga qattiq qotishmali kukunlar purkash bilan yeyilishga va korroziyaga chidamli qoplamala olinadi. Plunjerning uzunligi 1333 mm va 1638 mm qilib tayyorlanadi.
Plunjer sirti xromlanib jidvirlanadi va juda tekis sirt g‘adirbudirligi olinadi. Plunjerlar silliq ( -Rasm, a); xalqali o‘yiqli ( -Rasm); vintsimon o‘yiqli ( -Rasm) va “qumkesar” turlarida ( -Rasm) tayyorlanadi. Bundan tashqari plunjerlar 2 yoki 4 ta rezina xalqalar bilan jihozlanadi.