Kon sharoitlarida quvurli va yasama shtangali nasoslar qo‘llaniladi. U yoki bu turdagi nasoslar ularning texnikaviy ekspluatatsion ko‘rsatkichlariga qarab, quduq harakteristikasiga va chuqurligiga muvofiq ishlatiladi.
Quvurli nasoslarning asosiy uzellari quduqga alohida alohida tushiriladi. Avval quduq NKQiga nasos silindri, kiyinchalik nasos silindriga shtangalarda plunjer va so‘ruvchi klapan tushiriladi. Ularni chiqarib olish ham alohida bajariladi. Quvurli nasoslar unchalik chuqur bo‘lmagan chuqurligi (1200 metrgacha) quduqlarda ishlatilib ularni ta’mirlashda yoki ayrim qismlarini almashtirishda ko‘tarib-tushirish operatsiyalariga ko‘p vaqt sarflanmaydi.
Ta’mir ishlarida nasos-kompressor quvurlarini va nasos shtangalarini kolonnasini alohida ko‘tarish va tushirish ularni ishlatishning iqtisodiy tomoniga ta’sir etadi. Shuning uchun ko‘tarib tushirish operatsiyalari tezlashganligi sababli quvur va shtangalarining kertikli ulangan qismlari tez yoyilib nasos kompressor quvuridan quduqqa suyuqlik oqib o‘tishiga sabab bo‘ladi. Tashqi nasoslar chuqurligi 2500 metrgacha bo‘lgan quduqlarda muvaffaqiyatli qo‘llanilishi mumkin. Boshqa turdagi nasosga nisbatan ularning afzalligi ishlash muddatining nisbatan uzoqlikda bo‘lib, ularda avariya sonlarini va ko‘tarib-tushirish operatsiyalari kamayadi. Quvurli nasoslar shuningdek neft bilan birga qum chiqadigan quduqlarda samaradorlik ishlatiladi, chunki yasama nasoslar qum ta’sirida plunjer tiqilib qolsa uni ko‘tarish ancha qiyinroq kechadi.
Yasama shtangali nasoslar quduqga yig‘ilgan holda tushiriladi, ya’ni nasos silindri plunjerlar bilan shtangalarda tushiriladi. Ularni olishda ham yig‘ilgan holda shtangalar ko‘tarilib olinadi. Nasoslar o‘rnatilib avvaldan quduq quvuriga tushirilgan maxsus qulfli moslamalarga mahkamlanadi.
Quduqlarda yasama shtangali nasoslardan foydalanishda quvurli nasoslarga nisbatan ular kam ko‘tarilib tushiriladi va buning hisobiga NKQ uzoq davr ishlaydi. Bu esa chuqur quduqlardan foydalanishda muhim ahamiyatga ega.
Qazib olinayotgan neft tarkibida parafin va smolalarning bo‘lishi yasama nasoslarning qo‘llanilish imkoniyatlarini cheklaydi. Kon amaliyotida asosan ikki klapanli NSN-1 va uch klapanli NSN-2 quvurli nasoslar qo‘llaniladi. Nasos NSN-1 uchta asosiy uzellardan iborat: silindr 2, uzaytirgich 4 konus egar 6 lardan iborat birinchi silindr; plunjer 3 va sharikli haydovchi klapan 1 lardan iborat plunjer; sharikli so‘ruvchi klapan 5 va kallagi silindrga kirib turuvchi shtok 7 ( -Rasm ).
NSN-2 nasoslarining uzoq vaqt ishlashini ta’minlash maqsadida ikkinchi haydovchi klapan o‘rnatiladi. NSN-1 nasoslari 1500 m chuqurlikgacha bo‘lgan quduqlarni va kam debitli 400-500 m chuqurlikdagi quduqlar uchun qullaniladi.
NSN-2 uch klapanli nasosi ham ikki klapanli nasoslar kabi silindr, plunjer va so‘ruvchi klapanlardan iborat bo‘lib, ikkinchi haydovchi klapan 8 plunjer 3 yuqori qismiga o‘rnatiladi. Plunjer ostiga maxsus tutgich 9 o‘rnatiladi. Ushlab turuvchi shtok bilan birgalikda so‘ruvchi klapanga nakonechnik 10 o‘rnatiladi.