Sulfattiklovchi bakteriyalar faoliyatini so‘ndirish
Lekin bu holda neft tayyorlash qurilmasiga kelayotgan quduq xom-ashyosi tarkibiga kimyoviy ishlov berish albatta bajarilsada reagentning umumiy sarfi miqdori kamayadi va tovar neft olish sifati va samaradorligi oshadi. Deemulgatorlarni kiritish xar ikkala obyektda ham bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi. Quduqga xaydovchi nasoslar yordamida deemulgatorlarning kiritilishi quduq nasoslarining yoki gazliftning f.i.k. ini oshiradi, ayniqsa suv nasoslarining ishlash qobiliyati yanada oshadi.
Tuz cho‘ktirmas ingibitorlar neft quduqlariga va neft qudug‘i qatlam zaboy oldi zonasiga, tuz cho‘kmalarining hosil bo‘lishi eng dastlabki bosqichida uning oldi olinadi. Lekin ingibitorning kiritilishi qo‘shimcha tushirish-o‘rnatish ishlarini bajarishni taqazo qiladi. Shuning uchun tuz cho‘ktirmas ingibitorlar bilan ishlov berish quduqlarni rejali va falokatdi hollarda ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgan vaqtlarda bajarish iqtisodiy jihatdan yaxshi samara beradi. Tuz cho‘ktirmas ingibitorlarning quduqlarning o‘zlariga kiritish hozirgi paytda eng ko‘p tarqalgan usullardan biri bo‘lib qolmoqda.
Korroziya ingibitorlarini asosan 5 ta obyektga: QZOZ-2, quduqga, neft tayyorlash qurilmasidan chiqishda, nasos stansiyalarida va haydovchi quduqlarga kiritiladi. Quduq nasos stansiyasidan keyingi obyektlarda qatlam suv va uning tarkibidagi mineral tuzlar ta’sirida muxitning korrozion faolligi juda jadallashuvi tufayli texnologik zanjirdagi keyingi obyektlar kon sharoitida eng korrozion faollik jihatidan eng xavfli uchastkalar hisoblanadi. Shuning uchun qatlam suvlari ta’siridagi korroziyaning oldini olish maqsadida korroziya ingibitorlarini neft tayyorlash qurilmalarigacha kiritilish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Quduqning neft berish qobiliyatini oshirish uchun qo‘llaniladigan kimyoviy reagentlar nasos stansiyalari orqali amalga oshiriladi. Qatlamga davriy ravishda yuqori konsentratsiyalashgan eritmalar yordamida ishlov berish va ta’sir qilish to‘g‘ridan to‘g‘ri aniq haydovchi quduqlarda amalga ishirilishi yaxshi samara beradi. Qatlamga kimyoviy reagentalr bilan yirik masshtabli ta’sir paytida qo‘shimcha ravishda haydovchi quduqlar yordamida bakteritsidlar bilan ishlov berish zarurati to‘g‘ilmaydi. Tizimning asosiy ishchi agentini regeneratsiya qilish samaradorligini oshirish uchun maxsus ikkilamchi kimyoviy reagentlar yuqori konsentratsiyalashgan eritmalar tarkibiga kiritiladi.
Quduqni ishlatish har xil bosqichlarida kimyoviy reagentlardan foydalanish uzluksiz va uzlukli ravishda amalga oshirilishi mumkin. Quduqlarni ishlatishning boshlang‘ich davrida kimyoviy reagentlar asosan konstruksiyalarni izolyatsiya qilish uchun qo‘llaniladi. Quduq mahsulotining suvlanganligi oshishi bilan neft uchun deemulgatorlar, korroziya va tuz cho‘ktirmas ingibitorlar hamda qatlamning neft beruvchanligini oshiruvchi kimyoviy reagentlar kiritilishi oshib boradi.
Neft qazib olish tayyorlash va tashish tizimi obyektlarida bir vaqtning o‘zida qo‘llaniladigan kimyoviy reagentlar bir necha o‘nlab va yuzlab turlarda bo‘lishi mumkin. Ularning nomlari va tarkibi har doim o‘zgarib turadi. Shuning uchun doimiy ravishda kon sharoitlarida sinov tadqiqot ishlari amalga oshirilib turadi, reganetlar samaradorligi aniqlanilib yangi turlari qo‘llanilib kelinadi.
Oxirgi yillarda quduqlar mahsuldorligini oshirishning asosiy usullaridan biri mahsuldor qatlam tabiiy o‘tkazuvchanligiga ta’sir etish bo‘lib, bunda asosan qatlamning o‘ziga va xususan zaboy oldi zonasiga kimyoviy reagentlar yordamida ishlov berish keng tarqalmoqda. Chunki foydalanilayotgan quduqning mahsuldor qismida tog‘ jinslarining shishishi, qatlam suvlaridagi har xil tuzlarning ajralib tuz cho‘kmalari hosil qilishi, turg‘un emulsiyalar hosil bo‘lishi va boshqa shu kabilarga qarshi samarador kimyoviy reagentlarning qo‘llanishi sohada muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Lekin qo‘llanilayotgan barcha turdagi kimyoviy reagentlar asosan chet ellardan keltiriladi.
Anomal hodisalarga kimyoviy reagentlar yordamida qarshi kurashish suvni ion almashinuvchi smolalar yordamida mineralsizlantirish va tuzcho‘ktirmas ingibitorlarning qo‘llanilishiga asoslangan.
Neftni qazib olish, tashish va dastlabki tovar holatga kelgunga qadar tayyorlash jarayoni murakkab tizimni o‘z ichiga olib barcha neft konlarida bu jarayon kon sharoitida amalga oshiriladi. Jarayonda qo‘llaniladigan jihozlar va qurilmalarda qatlamdan qazib olinayotgan neft xom-ashyosi tarkibiga bog‘liq ravishda noorganik moddalar ko‘rinishida qattiq cho‘kmalar hosil bo‘ladi. Cho‘kmalarning hosil bo‘lishi quduq nasos kompressor quvurlarida, neftni yer ustida yig‘ish – tashish kommunikatsiyalarida va ayniqsa neftni tayyorlash qurilmalarida kuzatiladi.
Tuz cho‘kmalarining tarkibini asosan har xil tuzlar: kalsiy sulfat (gips va angidrit), kalsiy karbonat, bariy sulfat (barit), stronsiy sulfat, natriy xlorid va boshqa shunga o‘xshash tuzlar tashkil qilib, ularning to‘planib qolishi qo‘llanilayotgan qimmatbaho qurilmalar va jihozlarning tezda ishdan chiqishiga hamda neftni bevosita va bilvosita yuqotishlarga olib keladi. Masalan, amerikalik neft sohasining yetuk mutaxassisi O. Vetterning baholashicha birgina AQShning o‘zida neft quduqlari va kon jihozlarining tuz cho‘kmalari hosil bo‘lishi natijasida ish qobiliyatini yuqotishlari yiliga 1 mlrd. dollardan oshib ketmoqda.
Tuzlarning ajralib chiqishida asosiy manba neft mahsulot bilan birgalikda qazib olinayotgan qatlam suvlari hisoblanadi. Kon quduqlaridan foydalanish davrida asta sekinlik bilan ulardan olinayotgan mahsulot tarkibida qatlam suvlarining miqdori tabiiy ravishda oshib boradi. Neft zahiralarini olish darajasining o‘zgarishi bilan qatlam suvlarining tarkibi ham o‘zgarib boradi, vaqt o‘tishi bilan mos ravishda hosil bo‘layotgan tuz cho‘kmalarining miqdori va tarkibi ham o‘zgarib turadi.
Neft qazib olishda tuz cho‘kmalari hosil bo‘lishiga qarshi kurashish bu muammoning kompleks yondoshuv yordamida yechimini tanlashga bog‘liq. Bunda tuz cho‘kmalari hosil bo‘lishining oldini olish usullarini to‘g‘ri tanlash aniq konlar sharoitida eng yuqori samara berishi va iqtisodiy jihatdan asoslanganliklari bilan belgilanadi.