maruza. Kirish. Neft va gaz geologiyasi soat



Download 178,16 Kb.
bet143/187
Sana31.12.2021
Hajmi178,16 Kb.
#259659
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   187
Bog'liq
yonalishga 12

U = (b - 1)·100% (4.5)

Neft cho‘kishi 30-40% ni tashkil etadi, ayrim neftlar uchun 50% gacha yetadi. Neft hajmiy koeffitsiyenti eksperimental usullarda aniqlanadi.

Neft barcha suyuqliklar kabi elastiklik xususiyatiga ega bo‘lib tashqi bosim ta’sirida o‘zining hajmini o‘zgartiradi. Suyuqliklarning elastikligi ularning siqiluvchanlik (yoki hajmiy elastiklik) koeffitsiyenti bilan o‘lchanadi va quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:

(4.6)

bu yerda: ΔV – neft hajmi o‘zgarishi;

V – neftning boshlang‘ich hajmi;

Δr – bosim o‘zgarishi.

Siqiluvchanlik koefitsiyenti bosimning bir birlikga o‘zgarganida birlik neft hajmining nisbiy o‘zgarishini tavsiflaydi.

Siqiluvchanlik koeffitsiyenti qatlam nefti tarkibi, harorat va mutlaq bosim kabi omillarga bog‘liq. Tarkibida erigan gazlar bo‘lmagan neft past siqiluvchanlik koeffitsiyentiga = 4·10-10 ÷ 7·10-10 m3/N, ko‘p miqdorda erigan gazlar bo‘lgan yengil neftlar esa undan yuqori siqiluvchanlik koeffitsiyentlariga ega bo‘ladi.

Neftning asosiy xossalaridan biri uglevodorod gazlarni o‘zida eritishi hisoblanadi. 1m3 neftda 400 m3 gacha yonuvchi gazlar erishi mumkin. Tabiiy gazning neftda eruvchanligi suvda eruvchanligidan taxminan 10 barobar ko‘p. Tabiiy uglevodorod gazlar o‘zining tarkibidagi metan va uning gomologlari bo‘yicha quruq va moyli gazlarga bo‘linadi. Quruq gaz tarkibida 98,8% dan ko‘p metan, moyli gazda esa 50% gacha etan, propan, butan va yuqori uglevodorodlar bor. Moyli gaz quruq gazga nisbatan neftda yaxshi erish xususiyatiga ega. Masalan, 1kg distillangan suvda 200S da 0,36 g pentan, 0,014 g normal oktan, 0,08 g siklogeksan, 1,865 g benzol eriydi. Metan qatoridagi qo‘yi uglevodorodlarning eruvchanligi aromatik uglevodorodlarning eruvchanligidan ancha past. Molekulyar massasining ortishi bilan uglevodorodlarning suvda eruvchanligi kamayadi. Yuqori molekulyar uglevodorodlar normal sharoitlarda suvda umuman erimaydi. Neft suvda erimaydi, lekin suv bilan birgalikda xarakati davomida «suvda-neft» va «neftda-suv» ko‘rinishlarida emulsiyalar hosil qiladi.

Neft xossalaridan biri uning qovushqoqligidir. Neftni qazib olishda va transport qilishda uning qovushqoqlik xossasi katta ahamiyatga ega. Neftning dinamik va kinematik qovushqoqligi farq qilinadi. Kinematik qovushqoqlik deb dinamik qovushqoqlikning muhit zichligiga nisbatiga aytiladi. SI sistemasida kinematik qovushqoqlik birligi – m2/s. Suyuqlikdagi ayrim zarrachalarning umumiy oqim harakatiga ichki qarshiligi (ishqalanishi) dinamik qovushqoqlik deyiladi. Dinamik qovushqoqlik birligi SI sistemasida - Pa.s. Yengil neftlarning qovushqoqligi og‘ir neflarning qovushqoqligidan kichik. Shu sababli og‘ir neftlarni qazib olishda va quvurlar orqali transport qilishda ularni isitish kerak bo‘ladi. Og‘ir neft 80-1000S gacha isitilganda uning qovushqoqligi yengil neftlar qovushqoqligiga yaqinlashadi. Tabiiy gazlarning dinamik qovushqoqligi juda kichik, haroratning oshishi bilan u ortib boradi, bu esa gaz molekulalarining harakat tezligining oshishi va molekulalarning o‘zaro to‘qnashuvlari sonining ko‘payishi bilan tushintiriladi. Bir xil haroratda bosimning oshishi ham gaz qovushqoqligini oshiradi. Bu holda molekulalar orasidagi masofa kamayadi, o‘zaro tuqnashuvlar soni ortadi.

Qovushqoqlik suyuqlik xarakatlanganda uning zarrachalarining bir-biriga qarshilik ko‘rsatishidir. Quvurdagi suyuqlikning lominar xarakatida zarrachalar o‘lchami qalinligida alohida suyuqlik qatlamlarining tezliklari bir xil emas, ya’ni suyuqlik qatlami quvur devorida minimal tezlikda o‘rtasida esa maksimal qiymatlarda xarakatlanadi. Suyuqlikning (shuningdek neftning) xarakati aloxida qatlamlar shaklida sodir bo‘lib, har xil tezliklarda xarakatlanadi. Ustma ust yoki yondosh joylashgan va bir biriga taqalgan suyuqlikning ikkita qatlami xarakati davomida ularning tezliklari har xilligi tufayli nisbiy xarakat yuzaga keladi va natijada ichki ishqalanish kuchi paydo bo‘ladi. Bu ishqalanish kuchining paydo bo‘lishiga asosiy sabab suyuqlikning qovushqoqligi hisoblanadi.

Suyuqlik bir qatlamini ikkinchisiga nisbatan siljitish zarur bo‘lgan R kuch siljiyotgan ikki qatlam tutash yuzalariga to‘g‘ri proporsional qatlamlar oralig‘idagi masofaga esa teskari proporsionaldir:


Download 178,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish