Xalqaro marketingda tovar siyosatining xususiyatlari
Xalqaro marketingdagi tovar siyosatining xususiyatlari, birinchi navbatda, tovarlarni tashqi bozorlardagi talablarga maksimal moslashuviga yo’naltirilganligidan iboratdir. Bu esa asosiy mahsulotning texnik va iste’molchi parametrlarini o’zgartirish, talab qilinayotgan qadoq va dizaynni ishlab chiqish, hamda tovarlarga xizmat ko’rsatishni tegishli tizimini taqdim etish ehtiyojini tug’diradi.
Tovarlarni xalqaro bozorlarga moslash zaruriyati, iste’molchilarning ehtiyojlari va didi, ularni to’lov qobiliyati, ta’mirlash va xizmat ko’rsatish tashkilotlari mavjudligidan kelib chiqishi mumkin. Shuningdek, importyor - mamlakatning qonunlari va odatlari – milliy an’analar, iqlim sharoitlari, texnik talablar, ta’riflar va boshqalar o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Kadoqlarning reklama shakli turli mamlakatlarning o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olishi lozim: misol uchun, hajm - aholi to’lov qobiliyatiga, ranglar - milliy an’analarga, yozuvlar - aholi savodxonligiga bog’liq bo’ladi (aholi savodxonligi past mamlakatlarda yozuvlar emas balki rasmlar katta ahamiyatga ega).
Agarda eksport qilingan tovarga tegishli xizmat ko’rsatish (ehtiyot qismlar, servis, ta’mir va h.lar) bo’lmasa, tub aholi, bunday xizmat ko’rsatish kafolatlangan boshqa o’xshash tovarlarni ma’qul ko’radi. Bundan kelib chiqadiki, marketing bo’yicha mutaxassislar tomonidan, mahalliy korxonalar bazasida xizmat ko’rsatishni tashkil etish yoki o’z kuchlari bilan servis ta’mir xizmatlarini ko’rsatish masalasi ko’rib chiqilishi kerak.
Tovarlar harakatining kanallari eksportning tashkiliy shakllarini tanlash. Eksport marketingida savdoni ragbatlantirish.
Tovarlar harakati kanallari, xalqaro marketingda alohida o’ringa ega. Amaliyotda, korxona faoliyat yurituvchi bozor ustidan nazorat o’rnatish imkonini nazarda tutadigan, tovar harakatining bir qator tashkiliy shakllari ishlab chiqilgan.
Tovarlar harakatining quyidagi kanallari mavjud:
- tovarni o’z mamlakatidagi vositachilarga sotish, ular uni o’z navbatida chet el iste’molchilariga sotib yuboradilar (egri eksport);
- tovarni chet eldagi iste’molchilarga sotish, u so’nggi iste’molchi ham, vositachi ham bo’lishi mumkin;
- tovarlarni, integrastiya va birgalikda faoliyat asosida yoki mustaqil ravishda chet elda ishlab chiqarish va sotish (albatta o’ziga yarasha tavakkalchilik bilan).
Boshqa mamlakatga bo’lgan tovar harakati kanallarini tanlash korxona maqsadlari va savdolarini nazorat qilish istagi, faoliyat miqyosi tovar turiga bog’liq bo’ladi. Shuningdek, kanallar soni, potenstial savdolar hajmi, tovar harakatini tashkil etishga qilingan investitsiyalar va xarajatlar, malakali savdo xodimlari mavjudligi va boshqalar ham hisobga olinadi.
Umumlashtirilgan holda, eksportning turli tashkiliy shakllarini tanlash quyidagi sharoitlar bilan bog’liq bo’lishi mumkin:
- bozor sharoitlari – ochiq yoki yopiq, etakchi yoki qoloq tuzilmaga egaligi, liberal yoki nomarkazlashgan iqtisodiyot sharoitida faoliyat yuritishi;
- tovar bilan bog’liq sharoitlar – tovar firma mahsulotimi yoki oddiy tovarmi, texnik xizmat ko’rsatish kafolati bormi yoki yo’qmi, oson yoki qiyin eksport qilinadimi;
- korxona faoliyati bilan bog’liq sharoitlar – cheklangan yoki keng qamrovli maqsadlar, xalqaro bozor sharoitlarida faoliyat ko’rsatish tajribasi mavjudligi, resurs salohiyatining rivojlanganligi darajasi (moliyaviy mablag’lar, kadrlar tarkibi, ishlab chiqarish quvvatlari va h.).
Eksport narxlarini belgilashda, ular, birinchidan, ichki bozorda odatda e’tiborga olinmaydigan xarajatlar ta’siri ostida shakllanishi, ikkinchidan, ko’pgina hollarda narxlarni davlat tomonidan tartibga solishning nazorat ostida bo’lishini hisobga olish lozim. Misol uchun, tovarlarni xalqaro bozor talablariga javob berishi uchun modifikastiyalashtirish, vositachilarga haq to’lash, fraxt xarajatlari, yuklarni tashish va sug’urtalash, valyuta o’tkazish, bojlar va xarajatlar. Narx eksport qiluvchi mamlakat valyutasida yoki chet el valyutasida shakllanishi mumkin.
Hukumat tomonidan narxlarni boshqarishga to’xtaladigan bo’linsa, bunga narxlarni nazorat qilishni turli uslublar, diskriminastiyaviy narxlarni joriy etish, belgilangan narxlar darajasini aniqlash va hokazolarni kiritishimiz mumkin. Bularning hammasi foydani ta’minlash va turli xil xarajatlarni qoplash uchun marketing strategiyasida eksport narx darajasining batafsil hisob -kitobini o’tkazishni talab qiladi.
Xalqaro bozorda reklamani qo’llash, iqtisodiy, ijtimoiy, til, madaniy, texnik, huquqiy farqlar bilan bog’liq ko’pgina muammolarni tug’diradi. Bunga qaramasdan xalqaro reklama kodeksi mavjud bo’lib, import va eksport bilan shug’ullanuvchi korxona va firmalarning marketing bo’yicha mutaxasisslari unga rioya qilgan holda ish yuritadilar.
Xalqaro kommunikastiya vositalarini standartlashtirishning ham qator qoidalari ishlab chiqilgan. Ular xususan reklama aloqasini ishlab chiqish, to’g’ri keladigan reklama vositasi va reklama agentligini tanlashga tegishlidir.
Reklama tarqatishning standartlashtirilgan vositalari bo’lib xalqaro va milliy kommunikastiya vositalari xizmat qiladi. Ularni «kam xarajat bilan yuqori samaraga erishish» tamoyili asosida tanlaydilar. Bunda eksportyor milliy yoki, ushbu mamlakatda vakolatxonasiga ega bo’lgan, xalqaro reklama agentligi xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Bu bozorni qamrab olish kattaligi, eksport qiluvchining reklama xarajatlari imkoniyatlariga va boshqa sharoitlarga bog’liq.
Eksport marketingida savdoni rag’batlantirish siyosati va yaxshi fikr yaratish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu yosh eksportyor-korxonaga nisbatan ijobiy munosabat shakllantirish imkoniyatini beradi. Yaxshi imidj, mahsulotni xalqaro bozorlarda muvaffaqqiyatli reklama qilishga yordam beradi. Bu maqsad bilan, press – konferenstiyalarni o’tkazish va chet el ommaviy axborot vositalari uchun press – relizlarni nashr qilish keng qo’llaniladi.
Yarmarka va ko’rgazmalarni tashkil etish, tashqi bozorlarda tovarlarni ilgari surishga katta yordam beradi. Yarmarkalar – bu bitim imzolash joyi, ko’rgazmalar esa reklama maqsadlarida tovarlarni ko’rsatish tadbiridir. Ammo so’nggi vaqtda, bu ikkita tushuncha ma’no jihatidan ham, funkstiyalari jihatidan ham yanada birlashib bormoqda. Milliy va xalqaro hamda ixtisoslashtirilgan yarmarkalar muhim ahamiyatga ega. U erda texnik va bozor axborotini olish, yangiliklar bilan tanishish, potenstial hamkorlar bilan aloqalarni o’rnatish mumkin.
Marketing bo’yicha mutaxassislar, yarmarkalar zamonaviy axborot markazlari sifatida qabul qilinadi va ularning vazifasi, bozor uchun tayyor bo’lmagan mahsulotlarni namoyish etish orqali iste’molchilarning texnik axborotga bo’lgan ehtiyojini qondirish va rivojlanishning kon’yunktura yo’nalishlarini belgilashdir, deb hisoblaydilar. Shuning uchun ham yarmarka axborot bilan ta’minlansa, ko’rgazma – namoyish qiladi. Aynan ko’rgazmalarda mamlakatning eksport salohiyati namoyish etiladi.
Ko’rgazmalar, iqtisodiy funkstiya bilan birgalikda, chet el sayyohlarini jalb qilishni va madaniy aloqalarni rivojlantirish funkstiyalarini ham bajaradi. Ko’rgazma va yarmarkalarning yangi turlari va shakllari paydo bo’lmoqda. Raqobat sharoitida, ularning tashqi bozordagi roli oshib bormoqda.
Maxsus yaratilayotgan tijorat markazlarining faoliyati taqdimotining butunlay yangicha va zamonaviy usullari bilan farqlanadi. Ular tovarlarning keng doirasi bo’yicha ish olib boradilar va xalqaro savdo aloqalarini mustahkamlashga yordam beradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |