“маркетинг” фаниданBajariladigan ishlar mazmuni
Defektologiyadan majmua 60 soatlik
12.1 O’quv mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi modeli
12.2. MT yoshdagi aqli zaif bolalarga ta’lim tarbiya berish mavzusi bo’yicha o’quv mashg’ulotining texnologik haritasi
1-ilova . Klaster
Maxsus MTM va undagi ta’lim tarbiya jarayoni O’qituvchi yo’naltiradi, o’quvchilar to’ldiradilar, fikrni davom ettiradilar 2-ilova. Yangi o’quv materialini slaydli taqdimoti Slayd 1 3 -ilova Toifalash jadvali Maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyati Yordamchi mehnat ta’limi maktablari. Aqli zaif bolalar bilan ishlashning usul va vositalari 5 MULOQOT TRENINGI -ilova. Muloqot trening qoidasi. 1.Treningni madsadi o’quvchilarda muayyan mavzu bo’yicha mustaqil fikrlarni to’la –to’kis bayon qilish; 2.Ijodiy ishlash ko’nikmalarini shakllantirishdir. 3.Aniq bir mavzu muxokama etiladi. Masalan: 1 Aqli zaiflik nima ? Aqli zaiflikning turlarini ayting . 2 Aqli zaiflik darajalari va ularning o`zaro bir-biriga ta’siri haqida nimalarni bilib oldingiz ? 12-mavzu: MT yoshdagi aqli zaif bolalarga ta’lim tarbiya berish (2soat, nazariy) Reja: Maxsus maktabgacha ta’lim muassasalarida aqli zaif bolalar bilan ishlash Yordamchi mehnat ta’limi maktablari va ularning o’rni Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarida ta’limning mazmuni maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni tarbiyalash va o‘qitish dasturi bilan aniqlanadi. Dastur aqliy faoliyatning buzilishi yetakchi bo‘lgan aqli zaif bola nuqsonining tuzilishi haqidagi mavjud tasavvurlarga asoslangan. Maxsus maktabgacha ta’limning vazifalari normada rivojlanayotgan maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o‘qitish vazifalariga mos keladi. Shunga bog‘liq maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari dasturining barcha asosiy bo‘limlari umumta’lim maktabgacha tarbiya muassasalari dasturidagi bo‘limlarga o‘xshashdir. Ammo,shuni ta’kidlash zarurki, dasturning har bir bo‘limining mazmuni o‘ziga xos xususiyatga ham ega. Ta’lim mazmunini aniqlashda tarbiyalanuvchilarning rivojlanish sur’atining sekinlashganligi, jismoniy va psixik rivojlanishdagi nuqsonlar e’tiborga olinadi. Ish mazmuniga faqatgina umumiy, yosh vazifalargina emas, balki korreksiyalash vazifalari ham kiritiladi. Shuning uchun umumta’lim turidagi bolalar bog‘chalarining dasturi mazmunini aqli zaif bolalar bilan оlib boriladigan mashg'ulotlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘chirib bo’lmaydi. Frontal, individual mashg‘ulotlarni o‘tkazish mazmunini aniqlashda pedagoglar va tarbiyachilar maxsus bolalar bog'chasi dasturiga asoslanib o‘quv yili, bolalarning rivojlanish darajasi va imkoniyatlarini e’tiborga olishlari lozim. Individual mashg‘ulotlar mazmunini aniqlashga, tanlashga aloliida ahamiyat berish lozim. Maxsus maktabgacha tarbiya muassasasidagi barcha tarbiyaviy - ta’lim ishlari kundalik hayot va mashg‘ulotlarda olib boriladi. Aqli zaif bolalar bilan korreksiyalash-tarbiyalash ishlarini tashkil etishda hissiy iqlimni, ya’ni har bir bola kattalar tomonidan, birinchi navbatda tarbiyachilar va o‘qituvchi-defektologlar tomonidan o'zlariga mehr, diqqat, g‘amxo‘rlik qilinayotganini sezishlari lozim. Guruh pedagoglari tarbiyachilar va o‘qituvchi-defektologlar bir-birlari bilan yaqin aloqada bo‘lib ishlashlari, har bir bolaning tarbiyasiga bir xilda yondashishlari kerak.
10-12 ta bola bo‘lgan guruhda 3 ta pedagog ishlaydi; ya’ni defektolog va 2 ta tarbiyachi. Ular aqli zaif bolalarni tarbiyalaydilar va bilim bcradilar. Bu kasb egalari ishlarida ko‘pincha umumiylik bo’lishi bilan birga har birining vazifasi qat’iy ajratilgan. Defektolog guruhda asosiy pedagog hisoblanadi. U programmani boshqarishda javobgardir. U bolalar bilan individual va guruhli mashg‘ulot o‘tkazadi, ota-onalarga maslahatlar, tarbiyachilarga metodik yordam beradi. Gu- ruhning barcha hujjatlarini boshqaradi. Tarbiyachilar defektologning yordamchilari hisoblanadi. U bolalarda gigiyenik va o‘z-o‘ziga xizmat qilish ko‘nikmalarini hosil qilishi dastur talablariga javob beradi. Mehnat ta’limi, rasm chizish faoliyati bo‘yiclia guruh mashg‘ulotlarini o‘tkazadi. Shuningdek, kun tartibining hamma vazifalarini o‘tkazadi. Mashg‘ulotlardan tashqaridagi bolalar faoliyatini tashkil etadi. Defektolog va tarbiyachining bajaradigan ish vazifalari turlichadir. Biz shu- lardan bir variantini ko‘rsatmoqchimiz: Guruh defektologi va tarbiyachisi qat’iy reja asosida ish olib boradilar.
Defektolog har kungi mashg‘ulotlarni rejalashtiradi. Tarbiyachi har kungi sayr o‘tkazish, qo‘l mehnati, rasm chizish mashg'ulotlaridan tashqari bolalar faoliyatini tashkil etishni rejalash- tiradi. Ota-onalar bilan haftada 2 marta ish olib boradi. Reja ustida defektolog va tarbiyachi birgalikda ishlaydilar, ya’ni o'tgan haftaning yutug‘i va kamchiliklarini muhokama qiladilar. Qaysi bola bilan nima ustida qo‘shimcha ishlash kerakligini birgalikda kelishib hal etadilar. Qaysi ota-ona bilan gaplashish kerakligini o‘zaro hal etadilar.
13.1 O’quv mashg’ulotining ta’lim texnologiyasi modeli
13.2 . Nutq nuqsonlari haqida tushuncha mavzusi bo’yicha o’quv mashg’ulotining texnologik haritasi.
1-ilova Savollar Nutq nima ? Nutq nuqsoni deganda nimani tushunasiz? Nutq buzilishiga ta’sir omillar nima? 2-ilova Nutq va nutq nuqsonlari 3-ilova
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |