Ma’lumki 10 va 100 ichida bir va ikki xonali sonlarni kushish va ayirishni ukuvchilar ogzaki usulda xisoblashni urganidilar. Ming ichida kushish va ayirishning avval ogzaki sungra yozma usullari urganiladi



Download 20,18 Kb.
bet3/3
Sana18.04.2023
Hajmi20,18 Kb.
#929720
1   2   3
Bog'liq
javoblar 3

100 ichida sonlarni nomerlashni o`rganish natijasida o`quvchilar quyidagi bilim, malaka va ko`nikmalarni egallab olishlari kerak:
1. 100 ichida sonlarning nomlarini o`zlashtirish; ular o`nlik va birliklardan qanday hosil bo`lishini tushunish:
2. Sanoqda sonlarning kelish tartibini bilish; sonlarni taqqoslay olish:
3. 100 ichida sonlarni yozish va o`qiy olish; o`ngdan chapga sanalganda birlik va o`nliklar qaysi o`ringa yozilishini o`zlashtirish.
4. Natural ketma-ketlikni bilganlik asosida sonlarni qo`shish va ayirishni bilish (39+1,50-1…), shuningdek sonlarning o`nli tarkiblarini bilganlik asosida qo`shish va ayirishni bilish (60+5, 85-5, 54-50…), sonlarni xona qo`shiluvchilarining yig`indisi bilan almashtirish malakasini egallab olish kerak.
Ikki xonali yozma nomerlash qisman takrorlanib uch xonali sonlarni yozma nomerlashga o'tiladi. "Son" va "raqam" terminlarining ma'nolari va bular orasidagi farqlar; sonlarning yozilishida raqamlarning o'rin qiymati, shuningdek, ikki xonali sonlarning xona tarkibi tahliliga oid bir necha mashqlar bajariladi. O'quvchilarga sonlar kassasidan 0, 3,4, 10, 20, 70, 95, 100, 200, 500, 900, 999 sonlarni olib necha xonali ekanligi tahlil qilinadi. Masalan 547 sonini hosil qilish uchun 500 soni yozilgan va 40 soni yozilgan, 7 soni yozilgan ko'rgazmalar qator qilib doskaga tizib quyiladi va sonlardagi nollar berkitilib ustiga 40 soni, bu sondagi nolni bekitib 7 soni qo'yiladi, natijada 547 soni hosil bo'lishi tushuntiriladi.
O'quvchilar bilan sonlar xonalari takrorlanib, "Birinchi xona birliklari", "Ikkinchi xona birliklari" tushun- chalariga asoslanib yangi tushuncha "Uchunchi xona birliklari", ya'ni, uch xonali sonlar bilan tanishtiriladi. O'quvchilarning oldin olgan bilimlari asosida "Son" va "raqam" terminlari qanday tushunilganligi tahlil qilinadi. Sonlarning yozilishida noldan foydalanishga alohida e'tibor beriladi. Kuzatishlarga asoslanib quyidagi xulosa chiqariladi: o'ngdan chapga qarab hisoblaganda birliklar birinchi o'ringa ( ular birinchi xona birliklari deb ataladi), o'nliklar ikkinchi o'ringa ( ular ikkinchi xona birliklari deb ataladi), yuzliklar uchunchi o'ringa yoziladi. 1000 sonini qanday yozilishi ko'rsatiladi.
O`quvchi 1 dan 10 gacha alohida cho`plarni sanaydi va 10 ta cho`pni rezina bilan bir bog` - o`nlik qilib bog`lanadi. So`ngra o`qituvchi oldindan tayyorlab quyilgan 9 bog` «o`nlik» cho`plarni oladi. Boshqa o`quvchiga 10 talab sanashni buyuradi. (1 o`nlik, 2…,). Bu dastalarda qancha birlik borligini aniqlaydi. (10, 20).
Shundan keyin 10 bog`-o`nliklar rezina bilan bir bog`-yuzlik qilib bog`lanadi. O`qituvchi oldindan tayyorlangan 100 lik bog`lamlardan 100 talab sanashni o`zlashtirishda foydalaniladi. O`quvchilar e'tiborini sonlar (100,200…) qanday hosil bo`lishiga qaratib, o`quvchilarga 5 yuzlikni, 7 yuzlikni qanday atash mumkinligini mashq qiladilar.
Bu mashqlarni bajarish natijasida o`quvchilar quyidagicha savollarga javob berishni o`rganib olishlari kerak:
1) Quyidagilardan iborat sonni ayting. 4 yuzlik 5 o`nlik 2 birlik.
2) 452 sonida nechta yuzlik, o`nlik va birlik bor?
Shuni nazarda tutish kerakki, ayrim xonalarda raqamlari yo`q sonlar o`quvchilarga qiyinlik qiladi. (501, 804, 600…).
Mustahkamlash uchun «Jonli nomerlash» o`yinidan foydalanish maqsadga muvofiq: Doskaga uchta o`quvchi chiqadi, ular qator bo`lib turishadi. Ularning har biriga raqamlar nabori beriladi. Birinchi o`quvchi yuzlik sonni, ikkinchi o`nlik sonini, uchinchi o`quvchi birliklar sonini ko`rsatishi kerak. Masalan, o`qituvchi 308 sonini aytadi. O`quvchilar esa mos ravishda 3, 0, 8 raqamli kartochkani ko`tarishadi.
7. 71 va 701, 333 va 33, 500 va 501, 600, 601 va 160 sonlarini yozish uchun nechta raqam va nechta son kerak.
Bu mavzuda asosiy vazifa minglik tushunchasini tarkib topdirish, sinf tushunchasi mohiyatini yechish va shu asosda ko'p xonali sonlarni o'qish va yozishga o'rgatish, bolalarning o'nlik sanoq sistemasiga oid bilimlarini, natural ketma-ketlikni, sonlarni yozishning pozitsion prinsiplariga oid bilimlarni va umumlashtirishdan iborat.
Ko'p xonali sonlarni nomerlash metodikasi oldin o'til­gan mavzularni davomi sifatida davom ettiriladi.
Ko'p xonali sonlarni nomerlashni (og'zaki va yozma) o'rganish ishini bir necha bosqichga bo'lish mumkin.
Download 20,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish