93
misolida
), o’simlikning o’sishi va rivojlanishidagi asosiy bosqichlar (
urug’ unib
chiqishi, yaproqli poya, gul, urug’
), o’simlikni parvarishlash usullari (
chopilgan
yerga o’tkazish, suv quyish, yerni yumshatish, o’toq qilish, ozuqa berish
) haqidagi
tasavvurini shakllantirish.
O’simliklarning tuzilishi, ildiz qismining vazifalari bo’yicha bilganlarini
aniqlash va kengaytirish: o’simliklar ildizlari orqali oziqlanadi, ildiz suvni, ozuqa
moddalarni shimib oladi, tanasi orqali shoxlariga, yaproqlariga, gullaridan mevalarga
o’tkazadi. O’simliklarning o’sishi uchun havo, suv, quyosh, ozuqali tuproq zarurligini
amaliy tajribalar orqali tushuntirish.
Bolaga o’simlikka zaruriy sharoit yetishmayotganligini bildiruvchi alomatlar
haqida qisqacha ma’lumot berish: yorug’lik kam bo’lganida o’simlik yorug’lik
tomonga cho’ziladi, uning yaproqlari va poyasi oqaradi, ozuqa moddasi kam
tuproqda o’simliklar sekin o’sadi, issiq bo’lmasa urug’ unmaydi, barglar yozilmaydi,
suv bo’lmasa o’simliklar qurib qoladi.
Tabiat burchagida ―qishki poliz maydonchasi‖ barpo etish: rayhon, piyoz,
sarimsoq, turli ko’katlar ekish, unib chiqishini kuzatish va parvarishlash.
Mehnatga
va unda ishtirok etishga bo’lgan ishtiyoqni tarbiyalash.
Yozning dastlabki oylarida mevali daraxtlar, polizdagi sabzavotlar, gulzordagi
o’simliklarning rivojlanishidagi o’zgarishlar kuzatiladi va bolani ekinzordagi
o’simliklarni parvarish qilishda yordamlashishga o’rgatiladi.
O’simliklar bilan bevosita muloqot qilishning xavf-xatari to’g’risida
ogohlantirish.
Ayrim
o’simliklarni bilmay turib (
zaharli
zamburug’lar,
qo’ziqorinlarni
) iste’mol qilish xatarli ekanligi haqida alohida tushuntirish.
Bolaning ilk ekologik madaniyatini tarbiyalashda davom etish. Tabiatga zarar
yetkazmaslik, ekologiyani buzmaslik (
tevarak-atrofni iflos qilmaslik, hayvon va
qushlarga ozor bermaslik, uyalarini buzmaslik, o’t-o’lanlarni bosmaslik, daraxt
shoxlarini sindirmaslik, gullarni yulmaslik, buning oqibatida gullar, kapalaklar yo’q
bo’lib ketish
i)ni tushuntirish.
Gullaydigan madaniy (
rayhon, kartoshkagul, chinnigul
) o’simliklar; o’t
o’simliklar (
qoqio’t, lolaqizg’aldoq, boychechak, moychechak haqidagi bilimlarini
mustahkamlash
) va dorivor o’simliklar (
sachratqi, bargizub, otquloq
) bilan
tanishtirish. Ularning nomlari va ranglarini to’g’ri aytishga o’rgatish. SHu bilan birga
bolaning e’tiborini barglarning shakliga, poyasi va gullaridagi farqlarga, ularning
shifobaxsh xususiyatlariga qaratish.
Xona gullari fikus, yorongul, navro’zgul haqidagi bilimlarini mustahkamlash
va aloe,
koleus bilan tanishtirish, ularni parvarish qilish yo’llarini, ko’chirib
o’tqazishni tushuntirishni davom ettirish.
Do'stlaringiz bilan baham: