Maktabgacha yoshdagi


Ilk yoshda o‘yin faoliyati



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Ilk yoshda o‘yin faoliyati.
Bu yoshda bolaning o‘yinlari ha-
li juda oddiy bo‘ladi. Aslida ular tom ma’nodagi o‘yin bo‘lmay, 
balki chinakam o‘yinga tayyorgarlikdir. Bu yoshdagi bolalarning 
sodda o‘yinlarini mashq o‘yinlari, harakat o‘yinlari, 
manipulatsi-
ya
(timirskilash) o‘yinlari deb atash mumkin. Bunday o‘yinlarda 
bola o‘yinchoqlarni bir joydan ikkinchi joyga olib borib qo‘yadi, 
mashinalarni, aravachalarni yurgizib ko‘radi, kubiklarni ustma-
ust qilib taxlaydi va shu kabi harakatlarni bajaradi. Bunday sodda 
o‘yinlarda hali bola xayolini boyitadigan mazmun yo‘q.


284
Mustaqil harakatlar.
Bola ikki yoshga to‘lgach, uning o‘yinlarida jiddiy o‘zgarish 
ro‘y beradi. Bolaning o‘yiniga endi taqlidiy harakatlar qo‘shiladi. 
Bola kattalardan ko‘rgan bilganlarini o‘yinda taqlidan takrorlay 
boshlaydi. Bu davrda bola mashinasini u yoqdan bu yoqqa silji-
tish yoki tepalikdan sirg‘antirib tushirish bilan cheklanmay, hay-
dovchilarning harakatlarini bajaradi. Mashinaning motori ovozi-
ga taqlid qilib ovoz chiqaradi, mashinada yuk tashiydi va hokazo. 
Qiz bola bo‘lsa, bu yoshda qo‘g‘irchog‘ini yuvintiradi, ovqatlanti-
radi, uxlatadi, jazolaydi. Bolaning bunday o‘yinlarida esa endi 
tiklovchi xayolning yuzaga kela boshlaganini ko‘ramiz. Bola uch 
yoshga to‘lish oldida rollarga bo‘linib o‘ynaydigan o‘yinlar ham 
paydo bo‘ladi. Ular o‘yinda rollarni taqsimlab oladilar va ular dan 
– «Men samosvalning haydovchisi bo‘laman», «Sen ekskavator-
da turasan», «Men doktor bo‘laman», «Sen doktorga kelasan» ka-
bi mulohazalarni eshitish mumkin. Bolalar o‘z rollarini mohirlik 
bilan bajarishga intiladilar. Ana shunday rolli o‘yinlarda bola-
larning xayol faoliyatlari rivojlanadi. Ularda ijodiy xayol kurtak-
lari ham yuzaga kela boshlaydi.


285
Nutqning o‘sishi bola shaxsining rivojlanishiga katta ta’sir 
ko‘rsatadi. Bola kattalarning gaplariga tushunadigan bo‘lgach, 
har turli ertak va hikoyalarni qiziqib tinglaydigan bo‘ladi. Bola-
lar o‘zlari biladigan, o‘zlariga yaxshi tanish bo‘lgan narsa-
lar (hayvonlar, bolalar kabi) haqidagi hikoyalarni jon-u dili 
bilan eshitadilar. Bola bunday hikoyalarni eshitishda bevosi-
ta o‘zining idrokiga, tasavvurlariga tayanadi. So‘z esa bolaning 
narsalarni boshqacha idrok qilishiga, ularning boshqa narsa-
larga o‘xshashligini aniqlashiga va ana shunday o‘xshashliklarni 
aniqlash asosida yangi obrazlar, yangi tasavvurlar yaratishiga 
yordam beradi.
Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalarning xayol faoliyatlarini 
rivojlantirishda o‘yinning roli nihoyatda kattadir. Shuni e’tiborga 
olib, bolalarning o‘yinlarini tashkil qilishga, ularga o‘yinchoqlarni 
to‘plab berishga ahamiyat bilan qarash kerak. Bu yoshda bolalar-
ning o‘yinchoqlari anchagina yirik, rangdor, qimirlaydigan, ya’ni 
bolalarning e’tiborini o‘ziga jalb qiladigan, shuningdek, sinmay-
digan, yengil va oson yuviladigan bo‘lishi kerak.

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish