Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

vaziyatli (situa-
tiv)
, ya’ni ayni shu sharoit bilan bog‘liq bo‘lgan 
nutq 
deb yuritiladi 
Bola ning bunday o‘ziga xos tilini uning eng yaqin odami bo‘lmish 


280
onasi va otasigina tushunadi. So‘z boyligi orta borgach, bolaning 
o‘ziga xos bo‘lgan situativ tili haqiqiy ya’ni hamma uchun tushu-
narli tilga aylanadi. 
Ilk yoshda lug‘at hajmining ko‘rinishi:
Bola yoshi
So‘z boyligi
1 yoshda
12–20
1,6 yoshda
30–40
2 yoshda
300–400
3 yoshda
1200–1300
So‘z bilan predmet o‘rtasida har xil bog‘lanish bo‘ladi, lekin 
dastlabki tushunish vujudga kelgan vaziyatga bog‘liqdir. Agar bo-
la «koptok» so‘zi boshqa ko‘rinishdagi koptoklarga ham daxldor-
ligini tushunsa, «Koptok qani?» degan savolga koptokning u yoki 
bu xilini ham ko‘rsata oladi. Yangi predmet bola o‘z taj ribasida 
uchratgan jismga o‘xshasa, tanishdek tuyulsa, yangi harakat bilan 
uni bildiradigan so‘zni o‘zaro bog‘lash birmuncha yengil ko‘chadi. 
Shunga o‘xshash vaziyat bolaning turmush tajribasida qanchalik 
ko‘p uchrasa, idrok qilingan predmetlar ko‘lami ham shuncha-
lik tez kengayadi va bolaning lug‘at boyligiga qo‘shiladi. Bo laning 
faoliyatida unga beriladigan savollarni tu shunish muhim ahami-
yat kasb etadi va uning oddiy xatti-harakatlarni amalga oshirish 
imkoniyatini yaratadi.
Tadqiqotchi E.K. Kaverinaning tajribasida tasdiqlaganidek, 
bolaning predmet nomini tushunishi quyidagi tartibda aks eti-
shi mumkin: 
a) bola eng avval atrofidagi predmetlarning nomlarini; 
b) kat ta yoshli odamlar va o‘yinchoqlarning nomlari va 
rasmlarini; 
d) odamlarning gavdasining tuzilishini, uning bo‘laklari va 
hokazolarni tushunadi.
Tushunishning eng qulay,
 senzitiv
davri bir yoshdan bir yarim 
yoshgachadir. Bu davrda bola predmet va jismlarning nomlarini 


281
yengil o‘zlashtirib oladi. Ikki yoshgacha davrida kattalar bilan 
muloqotga kirishishda uy jihozlari va boshqalarni o‘rganadi.
Bola 2 yoshga to‘lganda nutqning rivojida yangi davr boshla-
nadi. U ona tilining grammatik qoidalariga muvofiq gap tuzish-
ga harakat qiladi. Uning nutqida deyarli barcha so‘z turkumlari, 
murakkab bog‘lovchisiz gaplar uchray boshlaydi.
Bola uch yoshga qadam qo‘yganda, unda nutqni tu shunishning 
ko‘lami kengayadi, sifati esa yuqori darajaga ko‘tariladi. 2–3 yosh-
li bola kattalarning amaliy faoliyatni bajarishga doir nutqini tu-
shunishdan tashqari ertak, hikoya, she’r kabilarni tinglashni ham 
yoqtirishi sababli ularda bayon qilingan fikrlarni ham tushunish-
ga intiladi. 3 yoshli bola faqat yaqin kishilari bilan emas, balki be-
gonalar, tenqurlari bilan ham muloqot ko‘lami kengayishi natijasida 
unda tom ma’nodagi nutq faoliyati vujudga keladi. Bolada katta-
larning nutqiga, xatti-harakatiga qiziqish kuchayadi, o‘ziga daxlsiz 
fikr va mulohazalarni tinglash mayli paydo bo‘ladi, shuningdek, 
uning o‘zi atrof-muhitda, kattalar davrasida olgan ma’lumotlar 
va axborotlar bo‘yicha boshqalar bilan muloqotga kirishish istagi 
tug‘iladi. Uch yoshli bolaning nutqi muloqot quroli vazifasini ba-
jarib, amaliy faoliyat bilan uzviy bog‘liq holda ro‘yobga chiqadi. 
Unda dialogik nutq paydo bo‘ ladi, chunki uning o‘ziga yoqadigan 
narsalar haqida savollar berishi yoki kattalarning savoliga javob 
qaytarishi dialogik nutqni taqozo etadi. Dialogik nutq zamirida 
ona tilining grammatik tuzilishini faol egallash uchun keng im-
koniyatlar yotadi, dialogik nutq bolaning kattalar bilan hamkor-
likdagi faoliyatining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
Xayol
jarayonining dastlabki ko‘rinishlari bolada ikki yosh-
ga to‘lib, uch yoshga qadam qo‘yganida ko‘rina boshlaydi. Ikki 
yoshli bolalarda ko‘rinadigan dastlabki xayol ma’lum bir maqsad-
ni ko‘zlamaydigan ixtiyorsiz xayoldir.
Til chiqishi bolalarda xayol jarayonining o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Ana shu davrdan boshlab bola tevarak-atrofdagi kishilarning so‘zini 
yaxshi tushunadigan bo‘lib o‘zidagi tasavvurlar zaxirasini bevosita 
idrok qilingan narsalar orqaligina emas, balki katta yoshli odam-
lar nutqi bilan ham to‘ldirib boradi. Bola o‘ziga tushunarli mav-
zulardagi hikoya va ertaklarni qiziqib tinglaydi. O‘zi asosiy qahra-
mon bo‘lib qatnashadigan hikoyalarni jon-u dili bilan eshitadigan 


282
bo‘ladi. Bunday hikoya bolaga juda tushunarli bo‘ladi, chunki bola 
hikoyani eshitib turib, bevosita, o‘zining idrokiga tayanadi. Bu yer-
da o‘ylab chiqarilgan voqea bolaning o‘zi haqiqatdan ishtirok qilgan 
voqealarga ulanib ketadi. Bolaning hikoya va ertaklarni eshitishga 
juda ham qiziqishi, hikoya va ertaklarni tinglayotganida bolalar ning 
tajribasini orttiradigan va xayolini o‘stirishga yordam beradigan xil-
ma-xil va aniq tasavvurlar hosil bo‘lishini ko‘rsatadi.
Nutqning o‘sishi bolaning yangi taassurotlar hosil qilishi va 
uni boyitishi bilangina cheklanib qolmay, balki u miyada hosil 
bo‘lgan yangi-yangi obrazlarni so‘zlar bilan ifodalashga yordam 
beradi. Masalan, ikki yarim yoshlardagi qizcha derazalarda-
gi pardalar hilpirab va quyosh nurlarining shu’lalaridan tovlanib 
turganini ko‘rib, o‘zini polga tashlaydi va, «... qarang, oyi, go‘yo 
dengizga o‘xshaydi. Men cho‘milayapman...», – deydi. Bola nut-
qida shu go‘yo so‘zining paydo bo‘lishi juda ham xarakterlidir. 
Bola xayolidagi vaziyatni shu so‘z bilan ifodalaydi, real narsalar 
bilan xayolidagi narsalarni bir-biridan ajratadigan bo‘ladi.
Bola kattalarning gaplariga tushunadigan bo‘lgach, turli ertak va 
hikoyalarni qiziqib tinglaydigan bo‘ladi. Bolalar o‘zlari biladigan, 
o‘zlariga yaxshi tanish bo‘lgan narsalar (hayvonlar, bolalar kabi) 
haqidagi hikoyalarni jon-u dili bilan eshitadilar bola bunday hiko-
yalarni eshitishda bеvosita o‘zining idrokiga, tasavvurlariga taya-
nadi. Bunday hikoyalarda («Uch ayiq», «Qizil shapkacha») o‘ylab 
chiqarilgan voqеa bolaning o‘zi haqiqatda ishtirok qilgan, idrok qil-
gan voqеalarga ulanib kеtadi. Natijada bolaning tajribasi ortadi va 
mustahkamlanadi. Bu esa o‘z navbatida bola xayolining o‘sishiga 
yordam bеradi. Har bir hikoyani eshitganda bolada xilma-xil tasav-
vurlar yuzaga kеladi. Bola bu tasavvurlari yordamida xayol qilish 
qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bola hikoya eshitish orqali olgan tasav-
vurlarini so‘zlar bilan ifodalaydi, tajribasi oshib boradi. 3 yoshda 
bolaning xayol obrazlari tеvarak-atrofdagi prеdmеtlarning ta’sirida 
tug‘iladi va ma’lum maqsadga bo‘ysunadi. Bola qo‘g‘irchoqni ko‘rib 
bo‘lgandan kеyin, uni kiyintiradi va «uxlashga» yotqizadi. Bordi-
yu shu on «ayiqcha»ni ko‘rib qolsa diqqatini qo‘g‘irchog‘dan olib, 
ana shu «ayiqcha»ga qaratadi va u bilan «o‘rmonga sayr qilishga» 
kеtadi. Bolada tajriba ortib, o‘yin faoliyati murakkablashib borishi 
bilan xayol ham boyib boradi. 


283
Bolalar xayolining dastlabki rivojlanishida ular o‘yinining roli 
juda kattadir. Ularning yoshi ulg‘aygan sari ular o‘yinining maz-
muni ham o‘zgarib boradi. Ikki yoshga to‘lish oldidan bolalar 
o‘yinida muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Manipulatsiya o‘yinlari 
bilan bir qatorda tasviriy o‘yin elementlari ham paydo bo‘ladi. Bo-
la turmushda ko‘rgan ish harakatlarini o‘z o‘yinida aks ettiradi. 
Masalan bola qo‘g‘irchog‘ini «ovqatlantiradi», yotqizib «uxlata-
di», uni «erkalaydi», «arg‘imchog‘da uchiradi». Bola katta bo‘lgan 
sayin o‘yinda katta yoshli kishilarning harakatlariga taqlid qi-
lish tobora ko‘p o‘rin egallay boshlaydi. Ayni vaqtda o‘yinlar mu-
rakkablashib, mazmuni ham turli-tuman bo‘la boradi. Masalan, 
bola o‘ziga g‘amxo‘rlik qilayotgan onasining harakatlariga, du-
radgor, shofyor, sartaroshning harakatlariga taqlid qila boshlaydi. 
Bolaning bunday o‘yinlarida esa endi tiklovchi xayolning yuzaga 
kеla boshlaganini ko‘ramiz. 
Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalarning harakatlari-
da tasviriy faoliyat elementlarining paydo bo‘lishi xayolning 
o‘sayotganligidan dalolat beradi. Masalan, bola bir nimalar-
ni qog‘ozga chizib, nimanidir tasvirlashga urinib ko‘radi. Lekin 
dastlab bunday chizmakashlik faoliyati almoyi-aljoyi chiziqlar 
chizishdangina iborat bo‘ladi. Ikki yoshga tolganda bog‘chagacha 
tarbiya yoshidagi bolaning tasviriy faoliyatida yangi, muhim ele-
ment paydo bo‘ladi. U endi o‘zi chizayotgan rasmiga nom bera-
digan bo‘ladi. Tasviriy faoliyatining yuzaga kelishi bog‘chagacha 
tarbiya yoshidagi bolaning tasavvur xayolini o‘stirishga yordam 
beradi. Ammo bu yoshda xayolning dastlabki nihollarigina paydo 
bo‘la boshlaydi. Bu nihollarni diqqat-e’tibor bilan doimo parva-
rish qilib turish tarbiyachi va ota-onalarning vazifasidir.

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish