ma’naviy his-tuyg‘ular
harakat-
lar, xulq-atvorga jamiyatda qabul qilingan axloq asosida baho
berish bilan bog‘liq bo‘lgan kechinmalardir.
Vatanga muhabbat – bu his-tuyg‘u tug‘ilgan joylar va yaqin kishi-
lar bilan ko‘pdan ko‘p aloqalardan vujudga keladi. Burch tuygusi bu
o‘zining jamiyat, oila oldidagi vazifalarini anglash tufayli vujudga
keladigan kechinmalardir. Bu tuyg‘u kishini o‘z burchini bajarishga
undaydi, bunga vijdon deb ataluvchi bir kechinma yordam beradi.
Kishining o‘z burchini, aytib turgan narsani bajarmasligi, nojo‘ya
xatti-harakatlari vijdonini azoblaydi va kishini pushaymon qiladi.
Do‘stlik tuyg‘usi jamiyatda keng rivojlangan. Chinakam do‘stlik
tuyg‘usini oshnachilik munosabatlari va soxta o‘rtoqchilikda ro‘y
beradigan yuzaki kechinmalar bilan aralashtirib bo‘lmaydi. China-
kam do‘stlik yaqin kishiga nisbatan adolatli munosabatda bo‘lishni
talab qiladi. Muhabbat tuyg‘usi do‘stlik tuyg‘usiga yaqindir. China-
kam muhabbat kishining ko‘nglini ko‘taradigan go‘zal his-tuyg‘u
bo‘lib u o‘z-o‘zini mukammallashtirishga undaydi. Faqat sevimli
kishi uchungina emas balki boshqa kishilarning baxt-saodati uchun
ham jasorat ko‘rsatishga chaqiradi. Shuning uchun bir-birini sevgan
kishilar yaxshiroq bo‘lishga intiladilar.
Praksik his-tuyg‘ular mеhnat faoliyati davomida kеchirilib,
unda shaxs biror maqsadni anglaydi, uni e’tirof yoki inkor qiladi,
maqsadga erishish yo‘llarini baholaydi, unga tatbiq etish usullari
va qurol vositalarini ma’qullaydi yoki ma’qullamaydi, ularning
tanlanganligiga shubhalanadi, muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsiz-
lik va hokazo hislarini boshdan kеchirilishi tushuniladi.
Intellektual his-tuyg‘ular.
Aqliy faoliyat jarayonida vujudga ke-
ladi va bilish jarayonlari hamda ijod bilan bog‘langan bo‘ladi. Bu
biror masalani hal qilish vaqtidagi izlanish quvonchi ba’zan esa
uni hal qilish mumkin bo‘lganda qanoatlanmaslikdan iborat og‘ir
his-tuyg‘udir. Har qanday ijodiy ish intellektual his-tuyg‘ular bilan
bog‘liq bo‘ladi. Bilim olishga qiziqish va uning qondirilishi ham
shunday emotsiyalarni vujudga keltiradi. Ular faqat katta yosh-
dagi o‘quvchilar uchun emas balki kichik bolalarda ham bo‘ladi.
Ajablanish yoki ruhlanish va keyin masalani yechish vaqtida pay-
do bo‘ladigan ishonch, faxrlanish, bilimlarini oshirishga yanada
intilish tuyg‘usi ham intellektual tuyg‘ularga kiradi.
185
Do'stlaringiz bilan baham: |