Maktabgacha ta’limda nutq madaniyati” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Download 3 Mb.
bet31/124
Sana21.09.2021
Hajmi3 Mb.
#181067
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   124
Bog'liq
МAKTABGACHA ta'limda nutq madaniyati fanidan o'quv-uslubiy majmua

Notiqlik san’ati tarixidan. Notiqlik san’ati tarixi juda uzoq bo’lib, u eramizdan avvalgi V asr boshlarida Yunonistonda shakllana boshlagan. Bu mamlakatda aristokratiya, demokratiya tuzumining o’rnatilishi natijasida davlat ishlari, xalq majlislari, senat kengashlari, sud ishlari va yig’ilishlarda respublikaning har bir ozod kishisi nutq so’zlash huquqiga ega bo’ldi. Notiqlik san’ati og’zaki va yozma nutqni tinglovchilarga jonli, ifodali va ta’sirli yetkazish malakasini egallashdir. Notiqlik san’ati murakkab san’at bo’lib, uni egallash kishidan qunt va chidam, malaka va tajriba talab qiladi. Kishilar jamiyatining biror bir jabhasi yo’qki, unda notiqlik san’ati yoki uning elementlari qatnashmagan bo’lsa. Masalan, biror bir rahbarning o’z xodimlariga qarata so’zlagan nutqida ham, o’qituvchining o’quvchilarga beradigan sabog’ida ham, xullas, hamma–hamma yerda notiqlik san’ati o’z mavqeiga ega bo’lgan. Notiqlik san’atining ijtimoiy mavqei shu qadar keng va sertarmoqki, uni har bir sohada me’yori, mazmuni va shakli, o’ziga xosligi, ta’sir kuchi va tomonlari jihatidan alohida–alohida ko’rib chiqish uchun ma’lum bir vaqt, imkoniyat talab qilinadi. Notiqlik san’atining yirik namoyandalari Sitseron bu san’atga katta baho beradi.

U ikki xil san’atni–lashkarboshilik va notiqlik san’atini tan oladi.

Notiqlikning nihoyat darajada og’ir va sermashaqqatligi bilan bir qatorda juda sharafli ekanligini chuqur his qilgan Plutarx ham bu san’atni hayotiy zarurat, deb biladi. Sud ishlarida o’rnatilgan tartib notiqlik san’atining yuksalishiga katta bir turtki bo’ldi. Sud jarayonida javobgar o’ziga qo’yilayotgan aybning asossizligini isbotlab gapirishi, da’vogar esa o’z fikrida qattiq turishi, uni qoralashi lozim edi. Lekin hamma ham buning uddasidan chiqa olmasdi, chiroyli so’zlash qobiliyatiga ega bo’lavermasdi.

Bu holat nutq matnlarini yozib beradigan kishilarga ehtiyojni tug’dirdi, va yozma nutq san’atini yaxshi egallagan notiqlarni o’sha zamon tili bilan “logograflar” deb atay boshladilar. Logograflar sudga ishi tushgan kishilarning hojatini chiqarib, shundan oladigan qalam haqi evaziga kun kechirganlar. Logografiyaning tirikchilik vositasiga aylanishi notiqlik san’atining ravnaq topishida katta rol o’ynadi.

Notiqlik san’atining keng ko’lamda qanot yoyishi esa o’z navbatida, uning sud notiqligi, harbiy notiqlik va siyosiy notiqlik kabi shoxobchalarining paydo bo’lishiga olib keldi. Sudda gapiriladigan chiroyli nutq o’rnini endilikda aniq qonuniyatga ega bo’lgan sud notiqligi egalladi. Oradan bir oz vaqt o’tgach, notiqlikning yana bir turi epideytik, ya’ni tantanali nutq uslubi paydo bo’ldi.

Bu davrda notiqlik san’ati qanchalik tez rivoj topmasin, baribir adbiy faoliyatga qo’shilmas, chiroyli nutq matnlari esa biror yerda nashr etilmas edi.

Epideytik notiqlikda balandparvoz so’zlar ishlatilar, shuning uchun ham bunday nutq matnini tayyorlash anchagina izlanishni talab qilar edi. Binobarin, logograflar o’zlaridan oldin o’tgan salaflarning merosiga ham, xalq og’zaki ijodiga ham murojaat eta boshladilar.

Shu tariqa chiroyli so’zlash san’ati–notiqlik san’ati asta-sekin shakllanib, badiiy adabiyotning ravnaqida katta rol o’ynadi: tragediya, komediya va roman janrlarining paydo bo’lishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.

Bundan tashqari, notiqlik san’atining rivoji adabiy tilning shakllanishiga, notiqlik san’atining nazariyasidan iborat bo’lgan “Ritorika” ilmining vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Rimdagi barcha shoir va notiqlar shu maktabdan, ya’ni ritorika maktabidan ta’lim olganlar.

Notiqlar tomonidan yaratilgan nutq matnlari nasriy va poetik ijod namunasi hisoblangan. Bunday ijodkor notiqlarning nomi o’z mamlakati doirasidan chiqib, jahonga ma’lum va mashhur bo’lgan. Bularning sirasiga, birinchi navbatda, Aristotel, Demosfen va Sitseronlar kiradi (Oripov, 12-13).




Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish