Mahsulotlar sifatini aniqlash va sertifikatlash


Sertifikatlashtirish tizimining asosiy ko‘rinishi



Download 3,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,5 Mb.
#271668
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   164
Bog'liq
mahsulotlar sifatini aniqlash va sertifikatlash

Sertifikatlashtirish tizimining asosiy ko‘rinishi
Majburiy sertifikatlashtirish me’yoriy hujjatlarning majburiy talablari
mahsulot, jarayon, xizmatga bog‘liqligini isbotlashni ta’minlaydi. Majburiy
talablariga xavfsizlik, insonlarning sog‘ligi va atrof-muhitning xavfsizligini
himoya qilish, o‘zaroalmashinuvchanligi, hamkorligi va hokazolar kiradi.
Majburiy sertifikasiyalashtirish ro‘yxatiga kiruvchi mahsulotlar turi 1994 yil
12 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorining 1-nchi
ilovasida tasdiqlangan. Bu qarorga qo‘shimcha ravishda O‘zbekiston
standartlashtirish agentligi va Bojxona qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan, hamda
2000 yil 26 fevralda 901 sonli raqam bilan Yustisiya Vazirligida qayd etilgan
«Majburiy sertifikasiyalashtirish ro‘yxatiga kiruvchi mahsulotlarni O‘zbekiston
Respublikasi territoriyasiga kiritish yoki chiqarib ketish tartibi haqidagi
instruksiya» kiritildi.
Mahsulot va xizmatlarni majburiy sertifikasiyalashtirish ishlari O‘zbekiston
Respublikasi Milliy sertifikasiyalashtirish tizimi doirasida amalga oshiriladi.
Undan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikasiyalashtirish
tizimida ixtiyoriy sertifikasiyalashtirish ishlari ko‘rib chiqilgan. Bunday
sertifikasiyalashtirish ishlari  ishlab chiqaruvchilarning ixtiyoriy istaklari bo‘yicha
o‘tkaziladi. Ixtiyoriy sertifikasiyalashtirish mahsulotning raqobatbardoshligini
oshiradi, mol almashinuvchanlik jarayonini tezlashtiradi.
Sertifikasiyalashtirish tizimini yaratish maqsadi muvofiqlik sertifikatini
amalga oshirish uchun o‘tkazish va boshqarish qoidalarini belgilaydi.
Sertifikasiyalashtirish tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- sertifikasiyalashtirishda ishtirok etuvchi yaxlit hujjatlarni belgilash;
- yagona imlo va tushunchalarni belgilash;


196
- sertifikasiyalashtirishni o‘tkazish (sinovli sertifikasiyalash-tirishni) uchun
sinovni o‘tkazishdagi qoidalarni belgilash;
- davlat boshqarish idoralari bilan birga sertifikasiyalashtirish a’zolarining
o‘zaro ta’sirining tartibini aniqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikasiyalashtirish tizimi tizim qoidalarini
tan olgan boshqa davlat va tashkilotlarning sertifikasiyalashtirishdagi talabgorlari
uchun ochiqdir.
Sertifikasiyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikasiyalashtirish
tizimida belgilangan me’yoriy hujjatlarning talablari, xizmat va jarayonlar, hamda
mahsulotlarning muvofiqligini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikasiyalashtirish tizimi muvofiqlikka
bog‘liqlik tizimi bilan birgalikda ish olib boradi, hamda davlat boshqarish idoralari
tomonidan qayd etadi (Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish Davlat
qo‘mitasi, Arxitektura va qurilish Davlat  qo‘mitasi).
Mahsulotni sertifikasiyalashtirish bir turdagi mahsulotlarni
sertifikasiyalashtirish bo‘yicha akkreditlashtirilgan idoralar tomonidan amalga
oshiriladi.
Sifat tizimi va ishlab chiqarish sertifikati sifat tizimi va ishlab chiqarishni
sertifikasiyalashtirish bo‘yicha akkreditlashtirilgan idoralar tomonidan amalga
oshiriladi.
Aniq bir mahsulotni sertifikasiyalashtirish bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasida akkreditlashtirilgan idoralari bo‘lmasa, bu savolni
sertifikasiyalashtirish bo‘yicha Milliy idora hal qiladi.
Sertifikasiyalashtirilgan sinovni akkreditlashtirilgan sinov laboratoriyalari
o‘tkazadi.
Sertifikasiyalashtirish bo‘yicha (O‘zbekiston standartlashtirish agentligi)
Milliy idora quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikasiyalashtirish tizimining yagona
qoidalarini belgilaydi;
- ularning qo‘llanilishi uchun muvofiqlik belgisi va qoidalarini belgilaydi;


197
- Xalqaro sertifikasiyalashtirish tizimi bilan birikishi haqida qaror qabul
qiladi, undan tashqari sertifikasiyalashtirish natijalarini o‘zaro tan olishligi haqida
bitim tuzadi;
- sertifikasiyalashtirish masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotda va boshqa
davlatlar bilan o‘zaro hamkorlikni  O‘zbekiston Respublikasi namoyish etadi;
- respublikada sertifikasiyalashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi va ularni
o‘tkazish qoidalarini nazorat qiladi;
- bir turdagi mahsulotlar, sifat tizimi, ishlab chiqarish va sinov
laboratoriyasini sertifikasiyalashtirish bo‘yicha idoralarni akkreditlashtiradi;
- sifati bo‘yicha ekspert-auditorlar attestasiyadan o‘tadi va ularning ish
faoliyati nazorat qilinadi;
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikasiyalashtirish tizimi qoidalarini
buzganlarning muvofiqlik sertifikatlarining ta’siri to‘xtatiladi, hamda sinov
laboratoriyalari va sertifikasiyalashtirish bo‘yicha idoralarni akkreditlashtirish
haqidagi attestasiya tahlil etiladi;
-sertifikasiyalashtirish va akkreditlashtirish natijalarini appelyasiya ko‘rib
chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasidagi sertifikasiyalashtirish bo‘yicha Milliy
idoraning alohida funksiyalarini bajarish ishlari standartlashtirish, metrologiya va
sertifikasiyalash-tirishning Regional markazi (SMSRM) bajaradi.
Standartlashtirish, metrologiya va sertifikasiyalash-tirishning Regional
markazi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
- mahsulotni ta’minlovchi va tayyorlovchilarni sertifikasiyalashtirish qoidalari
bilan tanishtiradi;
- sertifikasiyalashtirish qoidalariga rioya qilish va mahsulotlarni
sertifikasiyalashtirishni nazorat qilish ishlari davlat nazorati tomonidan amalga
oshiradi;
- regionda sertifikatlangan mahsulotlarining reyestrini o‘tkazadi;
O‘zbekiston standartlashtirish agentligining topshiriqlariga binoan sinov
laboratoriyalari va sertifikasiyalashtirish bo‘yicha regional idoralarini


198
akkreditlashtirishdagi komissiyada ishtirok etadi,  tashkillashtiradi va ularning
faoliyati haqida nazorat ishlarini amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikasiyalashtirish tizimining ilmiy-
uslubiy markazi standartlashtirish, metrologiya, sertifikasiyalashtirish va mahsulot
sifatini boshqarish doirasida O‘zbekiston tadqiqot va kadrlar tayyorlash instituti
hisoblanadi (O‘zTKTI).
O‘zbekiston tadqiqot va kadrlar tayyorlash instituti  funksiyasi tarkibiga
quyidagilar kiradi:
- mahsulotni sertifikasiyalashtirish va akkreditlashtirish bo‘yicha me’yoriy
hujjatlarni yaratish va kiritish;
- sertifikasiyalashtirish, sinov va sosiologik laboratoriyalarning idoralarida
ishlash uchun sertifikasiyalashtirish va ekspert-auditorlar bo‘yicha sifatli
mutaxassis kadrlarni o‘rgatish va tayyorlash;
- bir turdagi mahsulotning sertifikasiyalashtirish tizimini va sifatni ta’minlash
tizimini yaratishda uslubiy jihatdan yordamlarni tashkillashtirish;
Mahsulotni tayyorlovchi yoki ta’minlovchi:
- mahsulotni sertifikasiyalashtirishdan o‘tkazish uchun bildirgi jo‘natadi;
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikasiyalashtirish tizimining qodalariga
muvofiq ravishda tekshirish yoki sifat tizimiga ishlab chiqarishni tayyorlaydi;
- tarqatilayotgan mahsulotlarning me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini
ta’minlaydi;
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikasiyalashtirish tizimining
qoidalarida belgilangan tartibda sertifikasiyalashtirilgan mahsulot muvofiqlik
belgisi bilan ta’minlanadi;
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikasiyalashtirish tizimining qoidalari
va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqlik sertifikati va muvofiqlik
belgisi ishlatiladi;
- sertifikasiyalashtirish va nazorat idorasi bo‘yicha ekspert-auditorlarning
nazorat o‘tkazishlari uchun sharoitni ta’minlab beradi;
- sertifikasiyalashtirish bo‘yicha ishlarga haq to‘lanadi;


199
-
muvofiqlik sertifikatining ta’sir muddati tugagan bo‘lsa, majburiy
sertifikasiyalashtirish ro‘yxatida turuvchi mahsulotlarni tarqatish to‘xatiladi.

Download 3,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish