Yaypaniyning dovrug'i Qo‘qon xoni Xudoyorga ham borib yetgan. U Yaypaniyning juda ham bilimdon va zo‘r tajribali hakim ekanligini eshitib, uni o‘z saroyiga taklif etgan. Xudoyor Yaypaniyni o‘zining shaxsiy tabibi etib tayinlamoqchi bo‘lgan. Ammo, Yaypaniy unga shaxsiy tabib boMishni istamagan. U Xudoyorning taklifmi topshirgani kelgan elchilarga bunday degan: "Meni boylik va dabdabalar qiziqtirmaydi, chunki men boshimga yo‘qsillik tojini kiyib olganman". Haqiqatan Yaypaniy juda kamtarin va hokisor kishi bo‘lgan. U o‘zining nihoyatda insonparvarligi va kishilarga nisbatan g‘amxo‘rligi bilan xalq o‘rtasida juda katta hurmatga sazovor bo'lgan. Daromadi oz, kambag'al kishilarni bepul davolagan, ularga dorilarni ham tekinga bergan.
Do'stlaringiz bilan baham: |