Konfliktlarning turli taktikalari mavjud: turli qarashlar va ustuvorlik qilish. Turli qarashlar – asosiy tarkibiy qism bo‘lib, ishtirokchilarning talablar yoki istaklar to‘g‘risidagi deklaratsiyalarda ifoda etilgan qarashlari, manfaatlari holati va yo‘llanganligidan dalolat beradi. Turli qarashlar konfliktning protsessual modelida bayon etilgan qarama-qarshi axloqni shakllantiradi. Ustuvorlik qilishinson hamjamiyatlarida sotsial tabaqalashuv, ustuvor pozitsiyalar uchun kurashni ko‘zda tutib, bu – odamlarning kuch ishlatishga asoslangan harakatlari tizimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |