Islohot -
Isloh qilish, tubdan o`zgartirish, qaytadan qurish, yangidan
tashkil qilish.
Islom dini -
(Arabcha “aslama” - xudoga o`zini topshirish, itoat,
bo`ysunish).
Istiqbol -
Ta`sir ko`rsatishning juda ta`sirchan usuli bo`lib, u kishining
hatti-harakatlari, oldiga maqsadlar qo`yish yo`li bilan
ta`minlaydi va intiluvchanlikni rivojlantirishga yordam
beradi.
Istiqlol -
(Arabcha “istiqlol”- ko`tarilish, qaddini rostlash, o`sish,
yuqori joyga erishish) - har bir inson, jamoa, davlat,
millatning rivojlanishi uchun zarur erkinlik sharoiti.
Ixtisos -
Insonning hosil qilgan bilimlari va amaliy ko`nikmalarining
majmui. Kishiga turmushining moddiy va ma`naviy sohasida
muayyan ishni bajarish imkoniyatini beradi.
Jamoa -
Insonparvarlik va javobgarlik ma`suliyatlariga bog’liqligi
bilan xarakterlanadigan munosabatlar hamda hamkorlikdagi
ijtimoiy,
ijobiy
faoliyatga
asoslangan
kishilarning
umumiyligidir.
Jargonizmlar
Ayrim guruh kishilar tomonidan ishlatiladigan yashirin
ma’noli so`zlardir.
Jazolash -
Bu tarbiyalanuvchining hatti - harakati va faoliyatiga salbiy
baho berishdir.
301
Do'stlaringiz bilan baham: |