M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/317
Sana29.06.2021
Hajmi4,15 Mb.
#105027
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   317
Bog'liq
xirurgik kasalliklar bilan ogrigan va intensiv terapiyani otayotgan bemorlarda hamshiralik parvarishi

dam olish va uyqu
Faollik  bilan  bir  qatorda  dam  olish  ham  muhim  hisoblanadi. 
Bemor o‘zi uchun qulay holatda bo‘lsa, dam olish imkoni bo‘ladi. 
Tananing  qulay  holatini  bemorning  xohishini  hisobga  olgan 
holda,  masalan,  yostiqlar  yordamida  yaratish  mumkin.  Jismoniy 
azoblarning  ozgina  yengillashishi  yoki  oila  a’zolari  bilan 
uchrashuv bemorning hayotga bo‘lgan qiziqishini orttiradi.
Intensiv terapiya bo‘limi bemor ahvolining 24 soat ichida har 
qanday o‘zgarishlariga tayyor joy bo‘lib, bu yerda doimo asbob- 
uskunalar  ishlab  turadi,  chiroq  yoqilgan  va  faol  ish  ketayotgan 
bo‘ladi.  Bu  holat  ma’lum  shovqin  bilan  kechadi.  Bunda  ko‘p 
hollarda  bemorlarda  uyqu  va  bedorlik  doimo  almashinib  turadi. 
Bemorning bioritmlari va hayot ritmi bir-biriga mos kelishi uchun 
tunda  uyqu  vaqtini  iloji  boricha  uzaytirish  zarur.  Davolanish 
va  hamshiralik  muolajalari  vaqtini  hamda  dam  olish  va  uyqu 
vaqtini  aniq  belgilab  olish  lozim.  Tungi  vaqtda  kuzatish  uchun 
yetarli  bo‘lgan  darajada  yorug‘likni  pasaytirish  va  tabiiy  uyquni 
tezlashtirish  uchun  sharoit  yaratish  kerak.  Ortiqcha  tovushlar 
(ovoz, baland kulgi, qadam tovushi, asbob va uskunalar ishlashi, 
metall  va  monitor  tovushlari)ni  bartaraf  qilish  lozim.  Uyqu 
bemorning  jismoniy  va  ruhiy  holatiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatuvchi 
omil bo‘lganligi sababli juda e’tiborli bo‘lish kerak.
Muomala
Muomala  odamlar  orasidagi  munosabatdir.  Intensiv  terapiya 
bo‘limida  davolanayotgan  bemorlar  muomala  qiladigan  odamlar 
soni  cheklangan.  Bunday  bemorlar  yolg‘izlikni  sezadilar, 
umuman  muhitda  o‘zlarini  begonaday  sezadilar,  jismoniy 
ojizlikdan  umidsizlikka  tushadilar.  Bunday  holatda  boshqalar 


208
sen  haqingda  qayg‘urayotganini,  g‘amxo‘rlikni  sezish  juda 
muhim. Bemorlarda bunday ruhiy holatga yo‘l qo‘ymaslik uchun 
hamshiralar  bemorlar  bilan  yaxshi  munosabatlarni  ta’minlashi 
lozim,  chunki  hamshira  boshqalarga  nisbatdan  ko‘proq  bemor 
bilan muloqotda bo‘ladi.
Hamshira bemorni ismi bilan chaqirib, o‘zini ham tanishtirishi 
lozim.  Bemor  har  doim  o‘ziga  nisbatan  iliq  munosabatni  sezishi 
kerak.
Og‘zaki  munosabat  vositalari  faqat  bemorni  tinglash  va 
subyektiv ma’lumotlarni to‘plash uchun mo‘ljallangan. So‘z bilan 
odam  qalbini  davolash  mumkin.  Bemorning  kayfiyati  ko‘tarinki 
va shod bo‘lishi muhim.
Bemorda hamshiraga nisbatan ishonch paydo bo‘lganda, unda 
qiyinchiliklarni yengish istagi yuzaga keladi.
Og‘zaki  munosabat  qobiliyati  yo‘qolishi  ko‘zda  tutilganda, 
unga mos bo‘lgan usulni bemor bilan birga o‘ylab ko‘rish kerak. 
Bemor  og‘zaki  bo‘lmagan  vositalar  yordamida  ko‘rsatayotgan 
iltimos  va  shikoyatlarni  tushunish  uchun  hamshira  tayyor 
bo‘lishi  kerak.  Bemor  biror  narsani  tushunmoqchi  bo‘lganda 
energiyani  ko‘p  sarflanishini,  uni  tushunmagan  vaqtda 
g‘azablanishini hisobga olish zarur. Bemorning jismoniy holatiga 
ko‘ra  ehtiyojlarni  baholash  va  avvaldan  sezish  muhim.  Har  xil 
bemorlarda  ehtiyojlari  turlicha  bo‘lsa  ham,  qat’iy  cheklanish 
holatiga  tushgan  og‘ir  bemorlarning  barchasida  umumiy  ruhiy 
reaksiya va jismoniy azoblar yuzaga keladi.
Hamshiralar  o‘z  bilimlaridan  foydalanishlari,  boshqalar  to‘g‘-
risida  g‘amxo‘rlikni  rivojlantirishlari,  bemorlarning  xohish  va 
istaklarini oldindan bilishlari zarur.

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish