reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limi hamshirasining
vazifalari:
1. Hamshira ishni boshlaganida quyidagilarni bajarishi shart:
bo‘limdagi bemorlar haqida ma’lumot yig‘ish va stabil
–
bo‘lmagan gemodinamikali, terminal va koma holatidagi,
o‘pka sun’iy ventilatsiyasi o‘tkazilayotgan, operatsiyadan
keyingi va psixozli bemorlarga alohida e’tibor berishi;
bemorlar va ularning psixik holatining og‘irlik darajasini
–
baholashi;
arterial qon bosim, puls, nafas olish tezligi, tana harorati,
–
diurez, yuborilgan suyuqlik hajmini o‘lchash va intensiv
terapiya kartasida qayd qilishi;
qo‘yilgan bog‘lamlar holatini baholash (joyidan surilmagan-
–
ligi, ifloslanganligi);
kateterlar, zondlar, stomalar holatining va mahkamlan-
–
ganligi va o‘tkazuvchanligini, drenajlar va ulardan chi-
qayotgan ajralmalarni baholashi;
yotoq yaralar paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan sohalarda
–
yumshoq to‘qimalar holatini baholashi;
monitor datchiklarining to‘g‘ri mahkamlanganligi, monitor
–
ko‘rsatkichlari, o‘pkaning sun’iy ventilatsiyasi apparati ishi-
ni nazorat qilish;
bemor kasalligini hisobga olgan holda uning holatini
–
(Fauler, Sims va boshqa holatlar) nazorat qilish.
2. Ish kuni davomida hamshira quyidagilarni bajarishi
shart:
188
bemorlarni yuvintirish va og‘iz bo‘shlig‘i, oralig‘i, tashqi
–
jinsiy a’zolariga ishlov berishi;
oqliklari va kiyimlarini almashtirishi;
–
bemorlarni ovqatlantirishi;
–
yotoq yaralarini oldini olishi;
–
koma holatidagi bemorlarda endotraxeal yoki traxeostomik
–
naycha orqali hamda og‘iz bo‘shlig‘idan balg‘amni so‘rib
olish yo‘li bilan traxeo-bronxial nafas yo‘llari sanatsiyasini
amalga oshirishi;
nafas gimnastikasi va davolash fizkulturasini o‘tkazishi;
–
markaziy venoz va peridural kateterlar atrofidagi teriga
–
ishlov berish, bog‘lamini almashtirish, operatsiyadan
keyingi ifloslangan bog‘lamlarni almashtirishi;
oddiy fizioterapevtik muolajalarni (ingalyatsiya, xantal
–
qo‘yish, oksigenoterapiya va b.) o‘tkazishi;
doimiy kateter yoki sistostoma orqali qovuqni antiseptik
–
eritmalar bilan yuvishi (sutkada 2 marta);
nazo‘gastral zond orqali me’dani yuvishi.
–
3. Hamshira кип mobaynida shifokor quyidagi ко‘rsatmalarini
bajarishi zarur:
dori moddalarini yuborish va infusion-transfuzion terapiya
–
o‘tkazishi;
infuziyadan so‘ng markaziy venoz kateterga geparinli
–
«qulf» yuborish;
peridural kateterga dori vositalarini yuborishi;
–
me’da zondini qo‘yishi;
–
qovuqqa kateter qo‘yishi;
–
huqna qilishi;
–
qon yoki boshqa biologik suyuqliklarni tahlil qilish uchun
–
olishi.
4. Hamshira klinik o‘lim yuz berganda reanimatsiya tadbir-
larini boshlaydi.
5. Hamshira markaziy vena kateterizatsiyasi, traxea intubat-
siyasi, traxeostomiya, lumbal va plevral punksiya uchun jihozlar
189
to‘plamini tayyorlaydi, ularni o‘tkazishda shifokorga yordam
beradi.
6. Hamshira nazorat va diagnostika apparatlarni: kardiomo-
nitor, kardiograf, elektrodefibrillator, o‘pkaning sun’iy ventilat
siyasi apparatini ishlatishga tayyorlaydi, ulaydi va ularning
saqlanishiga javob beradi.
7. Hamshira jihozlarni sterilizatsiyaga tayyorlash va steril-
lashni amalga oshiradi, ishlatilgan materiallarni zararsizlan tiradi
hamda palatada sanitarprofilaktik tartibni saqlashni nazo rat
qiladi.
8. Hamshira quyidagi tibbiy hujjatlarni rasmiylashtiradi:
bemorlar harakati hisobotini;
–
porsiyali talabnomani;
–
intensiv terapiya kartasini;
–
bo‘lim navbatchi hamshirasi jurnalini;
–
harorat varaqasini;
–
narkotik va kuchli ta’sir etuvchi vositalarni hisobga olish
–
jurnalini;
qon va qon komponentlarini quyish jurnalini;
–
qon o‘rnini bosuvchilarni quyish jurnalini;
–
laborator tahlillar va instrumental tekshiruvga yo‘llanmalarni;
–
mutaxassislar konsultatsiyasi uchun talabnomani;
–
qon quyish bo‘limiga qon va qon komponentlari uchun
–
talabnomani;
kasallik tarixi varaqasiga narkotik va kuchli ta’sir etuvchi
–
vositalar yuborilganligini qayd etadi.
Bundan tashqari hamshira quyidagilarni bilishi va bajarishi
lozim:
bo‘limdagi apparatlarni ishlatishni bilishi (yoqish, o‘chirish,
–
apparat ishini nazorat qilish);
bemor ahvoli yoki laborator tahlillar ko‘rsatkichlarida,
–
apparat nazorati ko‘rsatkichlaridagi har qanday o‘zgarishlar,
qabul qilingan va ajratilgan suyuqlik miqdori haqida
shifokorga o‘z vaqtida axborot berib turishi;
190
shifokor buyurgan tibbiy muolajalarni o‘tkazishni;
–
bemorlarni davolashda shifokorga malakali yordam ko‘rsa-
–
tishni;
o‘zini-o‘zi parvarishlash tanqisligini hisobga olgan holda
–
ahvoli og‘ir bemorlarni parvarishlashni;
o‘pka sun’iy ventilatsiyasi va yurakni yopiq massaj qilish
–
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |