M. F. Ziyayeva xirurgik kasalliKlar bilan og‘rigan va intensiv terapiyani o‘tayotgan beMorlarda HaMsHiraliK parvarisHi



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/317
Sana29.06.2021
Hajmi4,15 Mb.
#105027
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   317
Bog'liq
xirurgik kasalliklar bilan ogrigan va intensiv terapiyani otayotgan bemorlarda hamshiralik parvarishi

1.16. o‘smalar
o‘smalar haqida tushuncha. O‘sma deganda to‘qimalarning 
patologik  ko‘payishi  tushuniladi.  U  turli  xil  sabablarga  ko‘ra 
hosil bo‘ ladi va normal moddalar almashinuvi holatlari bilan farq 
qiladi.
O‘smaning  xususiyati  hujayralarning  beto‘xtov  ko‘payishi 
hisob lanadi.  Gistologik  jihatdan  ko‘pchilik  o‘smalar  a’zo  yoki 
to‘qimalarga  birmuncha  o‘xshash  tuzilgan.  O‘sma  o‘zini  tashkil 
qilgan  asli  to‘qima  (parenxima)  va  ushlab  turadigan  to‘qima  – 
tomirlar,  nervlar,  biriktiruvchi  to‘qima  (stroma)dan  iborat.  Shu 
bilan  birga  o‘smaning  tuzilishi  sog‘lom  a’zo  yoki  to‘qimaning 
tuzilishidan  katta  farq  qiladi.  Xavfsiz  va  xavfli  o‘smalar  tafovut 
qilinadi.
Xavfli  o‘smalar  yosh  yetilmagan  to‘qimadan  o‘sib  ko‘payadi. 
Ular  tez  o‘sadi.  Qo‘shni  to‘qimalarga  o‘sib  kirish  va  o‘sma 
hujayralarining limfa (limfogen) yoki qon tomirlar (gemotogen yo‘l) 


176
sistemasi  orqali  a’zolar  va  to‘qimalarga  o‘tishga  (metastazlanish) 
moyilligi bilan ajralib turadi.
O‘sma  olib  tashlangandan  keyin  u  yana  shu  sohada  o‘sishi 
mum kin  (retsediv).  O‘smaning  qo‘shni  to‘qimalarga  o‘sib 
kirishi  o‘sma  hujayralarining  to‘qimalar  ich-ichiga  o‘sib  kirishi, 
qo‘shni  to‘qimalarning  yemirilishi  va  o‘rin  almashinuvi  yo‘li 
bilan  sodir  bo‘ladi.  Bunday  o‘sish  infiltratsiya  yo‘li  bilan  o‘sish 
deyiladi. Metastatik o‘sma onalik o‘sma tuzilishiga ega va xuddi 
shunday  tez  suratda  o‘sishi  bilan  farq  qiladi.  Xavfli  o‘smalardan 
organizmning  holdan  toyishi  –  kaxeksiya  kuzatiladi.  Xavfli 
o‘smalar  to‘qimalarni  yemirishi  natijasida  parchalanadi.  Rivoj-
langan  to‘qimasiga  qarab  rak  va  sarkoma  farqlanadi:  rak  – 
epiteliy  hujayralardan  rivojlanib,  eng  ko‘p  uchraydigan  xavfli 
o‘sma;  sarkoma  –  biriktiruvchi  to‘qimadan  rivojlanadigan  xavfli 
o‘sma.
Xavfli o‘smaning rivojlanishida to‘rt davr farqlanadi:
1. O‘smaning mahalliy o‘sishi.
2.  O‘smaning  limfa  yo‘llari  yaqinidagi  limfa  tugunlarigacha 
tarqa lishi.
3.  Metastazlarning  gematogen  yo‘l  orqali  qo‘shni  a’zolarga 
o‘sishi.
4.  O‘smaning  butun  organizm  bo‘ylab  tarqalishi  (dissemina- 
tsiya lanish).
Xavfsiz  o‘smalar  yetilgan  to‘qimalardan  o‘sib  ko‘payadi, 
qo‘shni  to‘qimalarni  ich-ichiga  kirmasdan  surib  o‘sadi,  kapsula 
hosil  qilib  o‘sadi,  metastazlar  bermaydi,  umumiy  holsizlikka 
sabab  bo‘lmaydi  va  kaxeksiyaga  olib  kelmaydi,  o‘smalar  yetilib 
parchalanmaydi.
Tashxis qo‘yishda anamnez ma’lumotlari, bemor shikoyatlari, 
obyektiv  tekshirish  natijalari;  aniq  tashxis  qo‘yishga  imkon 
beradigan  tekshirishlar:  sitologik  tashxis  –  o‘sma  hujayralarini 
topish  maqsadida  punktat  yoki  surtma  olish,  biopsiya  –  o‘sma 
tuzilishini  aniqlash  maqsadida  gistologik  tekshirish  uchun 
to‘qima  bo‘lakchasini  olish,  obzor  rentgenografiya,  tomografiya, 


177
UTT,  radioizotop  tashxis,  endoskopik  tekshirishlar  muhim  aha-
miyatga ega.
Davosi.  Xavfsiz  o‘smalar  –  radikal  xirurgik  operatsiya 
qilinadi.
Xavfli  o‘smalar  davosi:  jarrohlik  operatsiyasi  (radikal  yoki 
pal liativ),  nur  bilan  davolash,  kimyoterapiya,  gormonoterapiya. 
Ko‘pincha bu usullar birgalikda qo‘llaniladi.
Rak  oldi  holati.  Xavfli  o‘smadan  oldin  yuzaga  keladigan  va 
ko‘pin cha  xavfli  o‘smaga  aylanadigan  turli  xil  holatlarni  rak 
oldi  holati  deb  ataladi.  Bunday  holatlar  jumlasiga  rivojlanish 
nuqsonlari, surunkali yallig‘lanishlar, to‘qima regeneratsiyasining 
buzilishi,  giperplastik  bu zi lishlar  kiradi.  Rak  oldi  kasalliklari 
bor kishilar dispanser hisobida turishi va yiliga kamida 2 marta 
ko‘rikdan o‘tishi shart.

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish