3
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustda PQ-4412-sonli “O’zbekiston
Respublikasining sug’urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari
to’g’risida”gi qarori.
15
I BOB. SUG‘URTA BIZNESI FANINING PREDMETI VA OB’YEKTI
1.1
Sug‘urta biznesi haqida tushuncha va uning boshqa biznes turlaridan
farqli jihatlari
Biznes tushunchasi bugungi kunda jamiyatni ajralmas qismiga aylanib qoldi.
Xususiy tadbirkorlik kapitalistik davlatlarning hal qiluvchi kuchiga aylandi.
Biznes – bu shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil
faoliyatidir. Biznes faoliyati tadbirkorning o‘z nomidan, o‘z mulkiy mas’uliyati va
yuridik shaxsning yuridik mas’uliyati evaziga amalga oshiriladi. Biznes qonun
tomonidan ta’qiqlanmagan barcha turdagi xo‘jalik faoliyatlari bilan shug‘ullanishi
mumkin. Biznes faoliyati bu tavakkalchilik asosida amalga oshiriladigan
faoliyatdir.
Biznesmen
(tadbirkorlik) so‘zi
birinchi
marotaba
Angliya
iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bo‘lib, u “Mulk egasi” degan ma’noni bildiradi.
Jumladan, Adam Smit tadbirkorni mulk egasi sifatida ta’riflab, uni foyda olish
uchun qandaydir tijorat g‘oyasini amalga oshirish maqsadida iqtisodiy
tavakkalchilikka boradigan kishidir, - deb ta’kidlaydi. Tadbirkorni o‘zi, o‘z ishini
rejalashtiradi, ishlab chiqarishni tashkil etadi, mahsulotni sotadi va olgan
daromadiga o‘zi ho‘jayinlik qiladi. Biznes - bu avvalo ishlab chiqarishni tashkil
etish, iqtisodiy faoliyat va munosabatlar, hayotni o‘zi so‘ngra esa pul ishlash
demakdir. Biznes- bu xorijiy so‘zdir. U butun dunyo bo‘yicha tarqalgandir, undan
barcha mamlakatlarda foydalanadilar. O‘zbek tilida esa biznes so‘zi tadbirkorlik,
biznesmen esa tadbirkor demakdir. O‘zbekcha so‘z xorijiy so‘zga to‘g‘ri keladi,
lekin unga qo‘shimcha ma’no ham beradi. Bu so‘zlarni ortida “ish” ya’ni ish bilan
shug‘ullanish yoki korxona tashkil qilish yotadi. Shunday qilib, biznes - bu
korxona tashkil qilish demakdir (sanoat korxonasi, savdo do‘koni, xizmat
ko‘rsatish korxonasi, auditorlik kontorasi, advokat idorasi, bank. Demak, biz bu
yuk narsadan pul qilish emas, balki murakkab ishlab chiqarishni yoki xizmat
ko‘rsatishni tashkil etish demakdir. Tadbirkorlik - bu doimo o‘z ishining fidoiysi,
bilimdonidir. Tadbirkorlik uchun o‘qish kerak, nafakat dastlabki paytlarda, balki
tadbirkor bir umir o‘qishi, izlanishda bo‘lishi kerak. Tadbirkor nimalarni bilishi
16
va qilishi kerak? U eng avvalo, tadbirkorlik faoliyatini qanday amalga oshirishni,
qanday sharoitda amaliy xarakat qilishni, tadbirkor oldida uchraydigan to‘siqlarni
hal qilish yo‘llarini va qanday yutuqlarga erishishni bilishi kerak. Tadbirkor -
ishlab chiqarishni tashkil etishni, hamda mahsulotni sotishni bilishi kerak. U bozor
munosabatlari sharoitida yuzaga keladigan aniq sharoitlarni baxolashni va to‘g‘ri
yo‘l tanlashni bilishi kerak. Hech kim, hech qachon tadbirkorga nima qilishni
o‘rgatmaydi va og‘ir paytlarda yordamga kelmaydi. Har bir tadbirkor faqat o‘z
biznesini sug‘urtalash orqali o‘z o‘ziga yordam berishi mumkin. 1995-1999
yillarda kichik va hususiy korxonalar tashkil qilishga eng katta ahamiyat berildi.
Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davriga O‘zbekiston
Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganidek, “...qishloq
joylarida ixcham ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish, kichik va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish hisobiga aholining ish bilan
bandligini ta’minlash siyosatini faol amalga oshirmokchimiz”. Mamlakatimizda
bu siyosatni amalga oshirishda asosan tadbirkorlikni rivojlantirishni taqozo etadi.
Tadbirkorlikning keng ko‘lamda rivojlanishiga ko‘makdosh sug‘urta tizimi
hisoblanadi. Bu rivojlanishda biznes sug‘urtasining o‘rni albatda muhimdir.
Biznes faoliyatida mavjud bo‘lgan bu uchta xususiyat tadbirkorni
ijodkorligini kuchaytiradi, yangi-yangi biznes g‘oyalarni ishlab chiqib, uni amalga
oshirish uchun ishtiyoqini va shijoatini o‘stiradi. Lekin baribir o‘z biznesining har
hil kutilmagan baxtsiz tasodiflar natijasida katta zarar ko‘rish havfi bo‘ladi. Bu
xavfni kamaytirishning yo‘llaridan biri albatta biznesni havf - xatardan
sug‘urtalashdir. Rivojlanayotgan bozor sharoitida, bozor mexanizmlaridan
samarali foydalanayotgan mamlakatlarda fuqarolar, tadbirkorlar, biznesmenlar,
firmalar, kompaniyalar va davlat o‘zlarining mulkiy manfaatlarini himoya qilishda
sug‘urtadan keng foydalanmoqda. Rivojlangan mamlakatlar tajribalaridan kelib
chiqqan holda mamlakatimizda ham mustaqillik yillarida sug‘urta sohasida keskin
islohotlar amalga oshirildi. Yagona davlat sug‘urta tashkiloti tugatilib, turli mulk
shaklidagi sug‘urta tashkilotlar tashkil etildi. Mazkur tashkilotlar faoliyat
ko‘rsatishi uchun huquqiy jihatdan shart-sharoitlar yaratildi, jumladan “Sug‘urta
17
faoliyati to‘g‘risida”gi qonun ishlab chiqilib takomillashtirildi, fuqarolik
kodeksida alohida bob sug‘urtaga bag‘ishlandi, majburiy sug‘urta turlari qonun
asosida kuchga kiritildi va sug‘urta faoliyatini tartibga solish maqsadida sug‘urta
kompaniyalarini litsenziyalash yo‘lga qo‘yildi hamda sug‘urtaning barcha
jihatlarini nazarda tutuvchi me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Natijada bugungi
kunda sug‘urta iqtisodiyotning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan yirik
sohaga aylanmoqda. Sug‘urta va tadbirkorlik faoliyati bir-biri bilan bog‘liq sohalar
bo‘lib, tadbirkorlik faoliyati sug‘urta xizmatlariga doimiy ravishda ehtiyoj sezadi.
Tadbirkorlik sohasi yangiliklarga intiluvchan, resurslarni tejash va samarali
foydalanish imkoniyatini beruvchi usullarni qidirib topishga harakat qiluvchi,
tavakkalchilikka asoslangan soha hisoblanadi.
Ma’lumki, tadbirkor o‘z ishini o‘zi rejalashtiradi, ishlab chiqarishni tashkil
etadi, mahsulotni sotadi va olgan daromadiga o‘zi egalik qiladi. O‘z o‘rnida
tadbirkorning faoliyati davomida yuz bergan turli hodisalar tufayli ko‘rilgan
zararini uning o‘zi qoplashi kerak. Ko‘p hollarda bunday zararlarni tadbirkor
qoplash imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Bunday imkoniyatga jamiyatda faqatgina
sug‘urta kompaniyasi egadir. Shu munosabat bilan tadbirkorlik tavakkalchiliklari
sug‘urtasi tadbirkor faoliyatida zarur ko‘makchi hisoblanadi. Tadbirkorlik
tavakkalchiliklari bilan bog‘liq risklar sug‘urtasi turli ishlab chiqarish, savdo va
xizmat ko‘rsatish faoliyati davomida yuz berishi mumkin bo‘lgan tabiiy va boshqa
kutilmagan hodisalardan ko‘riladigan zararlarni qoplashni ko‘zda tutuvchi
sug‘urta faoliyatidir. Turli sabablar (xom-ashyoning etishmay qolishi, elektr va
yoqilg‘i moylash materiallarining etishmay qolishi, ish joyida yong‘in chiqishi va
hokazolar) oqibatida yuz beradigan ishlab chiqarishdagi uzilishlar natijasida
ko‘riladigan zararlar, bankrotlik holatlari, tayyor mahsulotning sotilmay qolishi
yoki sotilgan mahsulot uchun to‘lovning amalga oshmay qolishi va boshqalar
sug‘urta hodisasi sifatida qabul qilinishi mumkin. Tadbirkorlik tavakkalchiligi
sug‘urtasi birinchi marta Angliya iqtisodiyotida o‘n sakkizinchi asrda paydo
bo‘lgan. Keyinchalik ushbu sug‘urta turlari Evropaning boshqa malakatlarida,
AQSHda va boshqa mamlakatlarda qo‘llanila boshlagan. O‘zbekistonda
18
tadbirkorlik tavakkalchiliklari sug‘urtasi mustaqillik yillarida paydo bo‘lib
boshladi. Bu sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta klassifikatorida ham klasslar nazarda
tutilgan. Ammo bu sug‘urta turi hozircha keng rivojlanish darajasiga etgani yo‘q.
Tadbirkor faoliyatidagi ishlab chiqarish hajmining kamayishiga sabab bo‘luvchi
bir qancha xatarlar, masalan xom-ashyoni etkazib berishning to‘xtab qolishi, ish
kuchining etishmay qolishi, elektr energiya va boshqa energiya vositalarini etkazib
berishning to‘xtab qolishi va boshqa holatlar ishlab chiqarishdagi uzilishlarga
sabab bo‘lishi va natijada ko‘zlangan foydaga erisholmaslik holatlari yuz berishi
mumkin.
Tijorat faoliyatida tovar uchun to‘lovlar bilan bog‘liq xatarlar yuz berishi
mumkin, ya’ni etkazib berilgan tovar uchun xaridorning to‘lovga qobiliyatsizligi
yuz berishi va natijada to‘lovni amalga oshira olmasligi mumkin. Ma’lum
mamlakat miqyosidagi siyosiy holatlar natijasida sotuvchi yoki xaridorga
mahsulotni sota olmaslik yoki sotib ololmaslik holatlari yuz berishi mumkin.
Hozirgi zamon sharoitida tijorat risklari sug‘urtasiga bo‘lgan ehtiyoj keskin oshib
bormoqda, chunki ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan sub’ektlar soni oshib
ketdi va o‘z o‘rnida mazkur sohaga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar hajmi ham
ortib bormoqda. Ammo sug‘urtaning bu turi eng murakkab bo‘lib, sug‘urta
kompaniyasining javobgarligi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan risklardan hosil bo‘lgan
zararlarni qoplashda hosil bo‘ladi. Bunda sug‘urta summasini aniqlashning ikkita
varianti mavjud. Birinchi variantda sug‘urta summasi sug‘urtalanuvchi tomonidan
sug‘urta ob’ektiga yo‘naltirilgan kapital mablag‘lar hajmidan kelib chiqib
belgilanadi, ikkinchi variantda sug‘urta summasi sug‘urta ob’ektiga qilingan
kapital mablag‘dan tashqari olinishi kutilayotgan foydani ham qo‘shib
hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik xatarlari ko‘p hollarda tabiiy
hodisalar natijasida yuz berishi mumkin, ya’ni turli tabiiy hodisalar tufayli
hosildorlikning kamayishi yoki umuman bo‘lmay qolishi, sifatsiz mahsulot
etishishi va hokazolar natijasida kutilgan natijaga erishilmay qolinishi mumkin.
Bundan tashqari ishlab chiqarish va mahsulotni sotish bilan bog‘liq boshqa
xatarlar ham yuz berishi mumkin. Tashqi faoliyat bilan bog‘liq xatarlar ko‘p
19
holatlarda siyosiy xatarlar, mahsulotni tashish bilan bog‘liq xatarlar, to‘lovga
qobiliyatsizlik va boshqa xatarlar bo‘lishi mumkin.
Kredit risklari sug‘urtasining ob’ekti bo‘lib, xaridorga beriladigan tijorat
kreditlari, sotuvchi yoki xaridorga beriladigan bank ssudasi, kredit bo‘yicha
majburiyat yoki kafillik, uzoq muddatli investitsiyalar va boshqalar hisoblanadi.
Ushbu sug‘urta turi sotuvchi yoki bank-kreditor manfaatlarini qarzdorning
to‘lovga qobiliyatsizlik holatidan himoya qiladi.
Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlarning barchasida kredit risklarini
sug‘urtalashga ixtisoslashgan sug‘urta kompaniyalari bo‘lib, ular eksport kreditlari
sug‘urtasini amalga oshiruvchi tizimga va chet el investitsiyalarini sug‘urtalash
sxemalariga ega. Kreditni qaytara olmaslikdan sug‘urtalash turi bozor iqtisodiyoti
sharoitida keng rivojlangan sug‘urta turlaridan biri hisoblanadi. Bu sug‘urta turi
banklar va sug‘urta kompaniyalari o‘rtasida hamkorlikning kuchayishi bilan
yanada keng rivojlandi. Bizning mamlakatimizda ham bu sug‘urta turi birmuncha
rivojlanmoqda, banklar tomonidan xo‘jalik sub’ektlariga berilayotgan kreditlarni
to‘liq bo‘lmasada ma’lum qismini qaytara olmaslikdan sug‘urtalash amalga
oshirilib kelinmoqda. Tadbirkorlik faoliyatining maqsadi foyda olish. Shuning
uchun ushbu foydani ololmaslikdan sug‘urtalash muhim hisoblanadi. Foydani
ololmaslikning sabablarini ikki guruhga bo‘lish mumkin: 1) stixiyali hodisalar
tufayli ishlab chiqarish jarayonining buzilishi; 2) bozor kon’yunkturasining
o‘zgarishi. Bu sabablardan ham sug‘urtalash, kelajakda kutilayotgan foydani
ololmaslikdan himoyalanishdagi muhim omil sanaladi. Yangi texnikani joriy
etilayotganda texnik va texnologik risklardan sug‘urtalash ham muhim
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |