Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


Taqchillikning kelib chiqish sabablari



Download 8,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/257
Sana16.06.2022
Hajmi8,97 Mb.
#677101
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   257
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR

Taqchillikning kelib chiqish sabablari: 

iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida davlat byudjeti hisobidan 
kapital qo‘yilmalar hajmining oshib ketishi; 

favqulodda 
holatlar 
– urushlar, davomiy ommaviy 
tartibsizliklar, tabiiy ofatlar; 

YaIM o‘sish sur’atlarining pasayib ketishi, ishlab chiqarishning 
izdan chiqishi; 

byudjet daromadlari bazasining mustahkam emasligi; 

YaIM ning o‘sish sur’atlariga erishmasdan turib markazlashgan 
uzoq muddatli investitsiyalarni, ijtimoiy-madaniy tadbirlarni 
moliyalashtirishning muttasil oshirib borilishi; 

iqtisodiy inqirozlar va boshqalar. 
Byudjet defitsitini bank resurslari hisobidan moliyalash-
tirishning eng keng qo‘llanilgan turi bu – davlat bankining kredit 
resurslari hisobidan defitsitni moliyalashtirish bo‘lib hisoblanadi. 
Jahon tajribasi shundan dalolat bermoqdaki, aksariyat mamlakatlarda 
byudjet defitsitini bartaraf etishda pul emissiyasi xizmatidan keng 
foydalanilgan. Bu esa o‘z vaqtida byudjet defitsitini emission kredit 
berish orqali tartiblashtirishga yo‘l ochib berdi. Shu tariqa byudjet 
defitsitini moliyalashtirish mexanizmi orqali muomalaga tovar-mod-
diy qimmatliklar bilan ta’minlanmagan pullar chiqartirilishi uchun 
yo‘l ochib berildi.
Rivojlangan davlatlarda, xususan, AQSh, YeI davlatlarida 
byudjet 
defitsiti 
bilan 
pul 
massasining 
o‘sishi o‘rtasida 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik bo‘lmasada, mazkur mamlakatlarning 
Markaziy banklari iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustaqil bo‘lib, 
pul-kredit siyosatiga oid qarorlarni hukumatning yo‘riqnomalarisiz 
mustaqil tarzda qabul qilishi yuqoridagi bog‘liqlikni chetlab 
o‘tmaydi. Byudjet siyosati ham o‘z navbatida, pul-kredit siyosatidan 
ajratilgan holda ishlab chiqiladi va pul massasining tovarlar bilan 
qoplanishini nazarda tutadi. 
Amaliyot natijalariga nazar tashlasak, byudjet defitsiti 
soliqlarning qisqarishi yoki davlat xarajatlarining ko‘payishi 
hisobidan bo‘lishi mumkin, ammo bunday jarayonda doimo foiz 


190 
stavkalarining o‘sishi kuzatiladi. Markaziy bank foiz stavkalarining 
keskin o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, ochiq bozordan 
davlatning qimmatli qog‘ozlarini sotib olishi orqali pul massasining 
o‘sishiga imkoniyat yaratib bermoqda. Bu esa defitsit va pul 
massasining o‘sishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni Markaziy bank orqali 
yuzaga keltirish imkoniyatini yaratmoqda. 
Mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligini ta’minlash uchun 
investitsiyalarning byudjetdan moliyalashtirishi zarurligini hech kim 
inkor etmaydi. Lekin ayni paytda bu byudjet defitsitini qisqarishiga 
olib kelmasligini ham hisobga olish kerak. Binobarin, iqtisodiyotni 
erkinlashtirish 
byudjet 
xarajatlarini 
investisiyalardagi 
ustuvorligining nodavlat moliyaviy manbalarga qaratilishi muhimdir.
Shuni ham ta’kidlash joizki, investitsiyalarning moliyaviy 
manbalari sanoqlidir. Ular aholi jamg‘armalari, byudjet mablag‘lari, 
xo‘jalik faoliyati subyektlari mablag‘lari va nihoyat pulga chaqilgan 
turli moddiy aktivlardan iborat. 
Byudjet daromadlari, xarajatlari va taqchillikni moliyalashtirish 
tasnifidan kelib chiqqan holda quyidagi takliflarni bildirish mumkin: 

Inflyatsiya sharoitida taqchillikni moliyalash manbalari asosan 
ichki qarz mablag‘lari va manbalari hisobiga amalga oshirilmoqda. 
Fikrimizcha, tashqi qarz mablag‘larini jalb etish milliy iqtiso-
diyotning yanada taraqqiy topishi uchun muhim manba bo‘lib xizmat 
qiladi. Mazkur jarayonni xorijiy mamlakatlar va milliy modelning 
xususiyatlarini hisobga olgan hoda amalga oshirish mumkin.

Milliy iqtisodiyotning so‘nggi yillardagi barqaror rivojlanishi, 
davlat byudjetning ikki davomida profisit bilan ijro etilishi 
iqtisodiyotda investisiya uchun zahira jamag‘armalarining mavjud-
ligidan dalolat beradi, bu esa davlat xarajatlarini yanada oshirish, 
ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal etishga yo‘naltiriladigan 
mablag‘lar hajmini oshirishga shart-sharoit yaratadi. Shu ma’noda 
byudjet ijrosining yangi tizimi hisoblangan G‘aznachilikni joylarda 
qisqa muddatlarda joriy etishga sarf-xarajatlarni moliyalashtirishni 
oshirish imkoniyati mavjud.

Byudjet taqchilligini kamaytirish iqtisodiyotda mutanosiblikni 
ta’minlashi muhim omili hisoblanadi. Buning uchun esa boshqaruv 
xarajatlarini qisqartirish, dotatsiyalarning har xil turlarini va 


191 
narxlarini qoplash uchun mablag‘ ajratilishini kamaytirish, 
markazlashtirilgan kafolatlash tizimidan voz kechish, mahalliy 
byudjetlar mustaqilligi va o‘z-o‘zini moliyalashtirishga erishish 
lozim. 

Download 8,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish