Yukstaglomerulyar kompleks. Renin va biologik faol moddalar sintez qiluvchi hujayralar yig‘indisi morfologik jixatdan uchburchak shaklini eslatadi. Bu uchburchakning ikki tomonini olib keluvchi va olib ketuvchi arteriolalar, asosini esa distal naychaning zich dog‘ hujayralari (macula densa) Xosil qiladi. (rasm). Koptokcha yaqinida afferent arteriolaning muskul qavati shira ajratuvchi eppitelial xujayralar bilan almashadi.
Siydik hosil bo‘lish jarayoni. Siydik hosil bo‘lishi birin ketin keluvchi uchta jarayonni o‘z ichiga oladi.
1. Koptokchalardagi filtratsiya (ultrafiltratsiya), buyrak koptokchalarida qon plazmasidan suv va past molekulali moddalarni qanalchalarga o‘tishi- birlamchi siydikni hosil bo‘lishi.
2. Kanalchalardagi reabsorbsiya. Birlamchi siydikdan suv va filtratdagi organizm uchta zarur bo‘lgan moddalarni qonga qayta surilishi.
3. Kanalchalardagi sekresiya - organik moddalar va ionlarni qondan kanalchalar bushlig‘iga sekretor yo‘l bilan o‘tkazilishi.
Koptokchalardagi filtratsiya. Buyraklarda siydik hosil bo‘lishi buyrak koptokchalarida qon plazmasidagi suv va pastmolekulali moddalarni qanalcha bo‘shlig‘iga sizib o‘tishidan iborat. Suyuqlik qon tomirlar bo‘shlig‘idan koptokchalar bo‘shlig‘iga koptokchalar devori orqali sizib o‘tadi. Filtrlovchi membrana uch kavatdan: kapillyarlar endoteliysi, bazal membrana, visseral endoteliy yoki padotsitlardan iborat. Kapillyarlar endoteliysida 50-100 nm diametirli teshikchalar mavjud. Yirik molekulali oqsillar bu teshikchalar sohasida himoya kavatlarini hosil qilib, globulinlar va albuminlarni o‘tkazmaydi. Teshikchalar orqali shakilli elementlar va oqsillarni o‘tishi chegaralangan, ammo qon plazmasida erigan past molekulali moddalar erkin o‘ta oladi.
Koptokchalardagi filtrlanish tezligi erkaklarda 125 ml/min, ayollarda esa 110 ml/min ga teng.
Kanalchalardagi reabsorbsiya. Buyrak koptokchalarida hosil bo‘lgan birlamchi siydik, qanalchalar va yig‘uvchi naychalarda qayta surilishi (reabsorbsiya) jarayoni hisobiga ikkilamchi siydikka aylanadi. Bir necha kunduzda har ikkala buyraklardan oqib o‘tayotgan 1500-1700 l qondan 150-180 l birlamchi siydik hosil bo‘ladi, undan esa 1-1,5 ikkilamchi l siydik hosil bo‘ladi. Qolgan suyuqlik qanalchalarda va yig‘uvchi naychalarda qayta surilib ketadi. Qanalchalardagi reabsorbsiya – bu kanalchalar bo‘shlig‘idagi suv va undagi organizm uchun zarur bo‘lgan moddalarni qon va limfaga qayta surilishidan iborat. Reabsorbsiya mohiyati hayotiy zaruriy moddalarni qonga qaytarish va keragidan ortiqchalarini, yot moddalarni moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan chiqindilarni esa birlamchi siydik tarkibida qoldirishdan iborat. Reabsorbsiya jarayoni nefronni barcha qismlarida sodir bo‘ladi. Proksimal qanalchalarda glyukoza, vitaminlar, oqsillar, mikroelementlar to‘liq qayta suriladi. Genle qovuzlog‘i, distol kanalcha va yiguvchi naylarda suv va elektrolitlar reabsorbsiyalanadi.
Moddalarni kanalchalardagi reabsorbsiyasi aktiv va passiv tashish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Passiv tashish elektrohimik, konsentratsiya yoki osmotik gradient farqi yo‘nalishi bo‘yicha energiya sarfisiz kechadi. Bu yo‘l bilan suv, SO2, xlor, mochevina qayta suriladi.
Aktiv tashish deb konsentratsion va elektrohimik gradientga qarama yo‘nalishda energiya sarfi hisobiga qarshi moddalarni tashilishiga aytiladi. Aktiv tashish o‘z navbatida birlamchi va ikkilamchi aktiv tashish turlariga bo‘linadi. Birlamchi aktiv tashish, elektrohimik gradientga qarama-qarshi, hujayra metobolizmi energiyasi hisobiga kechadi. Bu yo‘l bilan tashilishga Na+ ionini misol qilish mumkin. Na+,K+ATF aza fermenti ishtirokida ATF energiyasidan foydalanib tashiladi. Ikkilamchi aktiv transport, konsentratsion gradientga qarshi energiya sarfisiz tashiladi. Bu yo‘l bilan glyukoza, aminokislotalar o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |