12-MAVZU: AYIRUV TIZIMINING YOSHGA OID FIZIOLOGIYASI VA GIGIENASI
Tayanch tushunchalar: Ichki muxit, ayruv organlari, ekskretor organ, nefron, osmatik bosim, filtratsiya, reabeorbsiya, eniurez, teri kasalliklari, chiniqtirish.
12.1 Ayiruv organlarining axamiyati. Buyraklarning tuzilishi va funksiyalari. Nefron. Birlamchi va ikkilamchi siydikning tarkibi. Siydik xosil bulishi va chikarilishini boshkaruvi. Siydikning tarkibi. Siydik- tanosil organlarining gigienasi.
Ayiruv organlarining axamiyati.
Chiqaruv protsesslari organizmda moddalar almashinuvining oxirgi bosqichidir keyinchalik organizmda foydalanilmaydigan parchalanish mahsulotlari bu protsesslar oqibatida organizmdan chiqarib tashlanadi. Odamda buyraklar, ter bezlari, o‘pka va ichak ayiruv organlaridir.
O’pka chiqaruv organidir, chunki karbonat kislota, suv va ba’zi uchuvchan moddalar, masalan, narkoz vaqtida efir va xloroform bug‘lari, mastlikda alokogol bug‘lari organizmdan o‘pka orqali chiqib ketadi. Ichak ba’zi og‘ir metallarnishg tuzlarini, shuningdek o‘t pigmentlarining o‘zgarish mahsulotlarini organizmdan chiqarib yuboradi.
Ayiruv organlari modda almashinuvining oxirgi mahsulotlarini organizmdan chiqarib yuborish bilan bir qatorda, organizm ichki muhitining tarkibi va xossalarini doim bir darajada saqlash uchun ham ahamiyatli.
Ayiruv organlari — buyraklar, o‘pka, ter bezlari — organizmda vodorod ionlari konsentratsiyasini doim bir darajada saqlashda ham muhim ahamiyatga egadir.
O’pka alveolalari va teri yuzasidan suv bug‘lanishi gavda temperaturasini pasaytiradi, modomiki shunday ekan, ter bezlari va o‘pka termoregulyatsiyada ham qatnashadi.
Ayiruv organlari orasida yog‘ va sut bezlari alohida o‘rin tutadi. Ular ajratadigan moddalar — teri yog‘i va sut — modda almashinuvining oxirgi mahsulotlari bo‘lmay, ma’lum fiziologik ahamiyatga egadir: sut yangi tug‘ilgan bolalarga ovqat bo‘ladi, teri yog‘i esa terini moylab turadi. Ayiruv organlarining asosiy vazifasi organizm ichki muhiti doimiyligini saqlashdan iborat. Chiqaruv a’zolari bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, birining faoliyati buzilishi boshqasini faoliyatiga ta’sir etadi.
Buyraklar insonning asosiy chiqaruv a’zosi hisoblanadi. Buyraklar organizmdan oshiqcha bo‘lgan suv, organik va noorganik moddalarni, moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlarini, organizm uchun yot va zararli moddalarni chiqarib yuboradi.
Nefron va uning qon bilan ta’minlanishi. Nefron buyraklarning morfo-funksional birligi bo‘lib hisoblanadi. Bu yerda siydik hosil bo‘ladi. Insonni har bir buyragida o‘rtacha 1-1,3 mln nefron bo‘ladi. Nefron murakkab tuzilishga ega bo‘lib, bir necha o‘zaro tutashgan qismlardan iborat. U kapillyarlar to‘rini tutgan malpigiy koptokchasidan boshlanadi. Koptokcha tashqi tomondan ikki qavatli Shumlyaskiy-Baumen kapsulasi bilan qoplangan (rasm-atlasdan). Kapsulaning ichki qavati epitelial hujayralardan iborat. Tashqi kavati esa kubsimon epitelial hujayralar bilan qoplangan bazal membranadan iborat.
Tashqi va ichki qavatlar oralig‘ida bo‘shliq bo‘lib, nefronning proksimal qismi bo‘shlig‘iga tutashgan. Nefronning bu segmentini ichidan qoplagan ko‘plab mikrovorsinkalar bor. Proksimal qism burama, so‘ngra to‘g‘ri qimlardan iborat. Proksimal segmentning davomi – Genle qovuzlog‘ining ingichka pastka tushuvchi qismiga tutashgan bo‘lib, epitelial hujayralardan iborat. Pastga tushuvchi qismi buyrakning mag‘iz moddasiga o‘tib 1800 ga burilib, yo‘g‘on yuqoriga ko‘tariluvchi qism sifatida davom etadi. Genle qovuzlog‘ini davomi distal burama naychaga davom etib, buyrakning po‘stloq moddasida yig‘uvchi naychalarga ulanadi. Yig‘uvchi naychalar po‘stloq moddadan mag‘iz moddaga o‘tib, chiqaruv yo‘llariga qo‘shiladi va buyrak jomchalariga ochiladi. Buyrak jomchalari esa siydik yo‘llariga ulashib, siydik pufagida tugallanadi. Inson va sut emizuvchi hayvonlarda joylashgan joyiga, nefronning uzunligi va tuzilishiga, siydik qo‘yiltirish darajasiga qarab bir necha turdagi nefronlar superfitsial, intrakortikal, yukstamedulyar tafovut qilinadi.
Superfitsial nefronlar asosan po‘stloq qismida joylashgan. Yukstamedullyar nefronni qoptokchasi superfitsialnikidan kattaroq, qoptokchasi buyrakning mag‘iz va po‘stloq moddasi chegrasida joylashgan (rasm-). Superfitsial nefronni genle qovuzlog‘i yukstamedullyar nefronnikidan qisqaroq.
Buyraklarni qon bilan ta’minlanishini o‘ziga hos xususiyatlaridan biri shuki, qon nafaqat trofik vazifani balkim siydik hosil qilish uchun xam zarurdir. Qorin aortasidan boshlangan buyrak arteriyasi orqali qon bilan ta’minlanadi. Buyrak arteriyalari mayda tomirlarga tarmoqlanib, arteriolalarni hosil qilib, Shumlyapskisy-Baumen kapsulasiga kiradi va kapillyarlarga maydalanib, malpigiy koptokchasini hosil qiladi. Olib keluvchi arteriola diametri olib ketuvchi arterioladan ikki barobar katta. Bu esa kapillyarlarda yuqori bosimni hosil qiladi (70 mm sim. ust.). Koptokcha tomirlari faqat siydik hosil qilishda ishtirok etadilar. Yukstamedullyar nefronni qon bilan ta’minlanishini o‘ziga xos hususiyati shundan iboratki, olib ketuvchi arteriola kapillyarlar to‘ri hosil qilmay genle qovuzlog‘iga parallel mag‘iz moddaga to‘g‘ri tushib, siydikni osmotik qo‘yilishida ishtirok etadi.
Bir minutda yurakdan otilib chiqqan qonning ¼-1/5 qismi buyraklar orqali o‘tadi. Bu qonni 91-93% buyrakning po‘stloq moddasi orqali qolgan qismi esa mag‘iz moddasi orqali o‘tadi. Koptokchada qon oqishi o‘z-o‘zini boshqarilishi hisobiga arterial bosim (90 dan 190 mm sim ust) o‘zgarsa ham siydik hosil bo‘lishiga ta’sir etmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |